Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish


Voleybol mashg‘ulotlarida xavfsizlik va yurish-turish qoidalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə6/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

Voleybol mashg‘ulotlarida xavfsizlik va yurish-turish qoidalari
O‘yin boshlanishidan avval 15 — 20 daqiqa chigil yoziladi. Dastlabki mashqlar bajarilmasa, tana a’zolari zo‘riqishi mumkin.
Dastlabki mashqqa asta lo‘killab yugurish (6 daqiqa), qo‘l, tana va oyoqlar uchun umumiy mashqlar, juft bo‘lib bajariladigan mashqlar, oyoqdan oyoqqa sakrash, oyoqlarni chalishtirib yurish mashqlari va shu kabilar kiradi. Shuningdek, belni o‘ngga, chapga egish, aylantirish, to‘p otish, oshirishni ishora qilish mashqi, hujum zarbasi, to‘sish va shunga o‘xshashlar kiradi. Shundan so‘ng voleybol uchun maxsus mashqlar (to‘p bilan) bajariladi.
Tanada og‘riq, titroq, noxush holat va boshqalar paydo bo‘lganda o‘yin to‘xtatiladi. O‘yinga ortiqcha berilib ketish ham charchoqqa sabab bo‘ladi.
Ko‘zoynak taqib o‘ynaydigan o‘yinchi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uni rezinka bilan bosh orqasidan mahkamlab oladi.
Ko‘zoynak egiluvchan va sinmaydigan oynali bo‘lgani ma’qul. Mashg‘ulot zalda o‘tkazilganda pol quruq bo‘lishi lozim5.
Agar mashg‘ulot tashqarida o‘tkaziladigan bo‘lsa-yu, maydon ho‘l bo‘lsa, u qurigunicha kutiladi yoki qum sepiladi. Ho‘l va sirpanchiq maydonda mashq qilish taqiqlanadi, chunki o‘yinchi jarohatlanishi mumkin. Maydon qurigunicha voleybolchilar maxsus mashqlar bajarib turganlari ma’qul (to‘pni sherikka oshirish, devorga urish, yuqoriga otish). „To‘p sardorga“ o‘yinini o‘ynasa ham bo‘ladi.
O‘yin chog‘ida taqinchoqlar taqish man qilinadi, ular turli jarohatga sabab bo‘lishi mumkin.
Havo sovuq paytda mashq kiyimlari (raqamli) bilan o‘ynashga ruxsat etiladi.
Voleybol o‘yini texnikasi
Voleybol o‘yini hujum va himoya texnikasidan tashkil topgan. Hujum va himoya ham, o‘z navbatida, turish, siljish hamda to‘pni egallash texnikasiga ajratiladi.
O‘yin vaqtida voleybolchi doimiy ravishda maydon bo‘ylab siljib yuradi. Bu siljishlardan maqsad to‘pni qabul qilish uchun eng qulay joyni tanlash va boshqa texnik usullarni bajarishdir.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə