Mavzu: xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari


Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklari



Yüklə 25,9 Kb.
səhifə2/3
tarix02.05.2023
ölçüsü25,9 Kb.
#108072
1   2   3
21 mavzu Халкаро молия институтлари

3. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklari.
iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizimi asosiy markazlari bilan integratsiya qilishdir.2014 yilda Jahon banki tomonidan kreditlashning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimotini ko‘radigan bo‘lsak, jami 40,8 mlrd. AQSh dollari ajratilganbo‘lab 2013 yilga nisbatan 29,5 foizga oshgan, jumladan, 18,6 mlrd.dollar XTTB zayyomlari shaklida, hamda 22,2 mlrd. dollar XRA tomonidan ajratilgan. Shundan yuqori ulushni ya’ni jamiga nisbatan 19,5 foizni moliyaviy va xususiy sektorni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar egallagan. Shuningdek, ulushiga ko‘ra keyingi o‘rinlarni qishloq joylarini rivojlantirish va davlat sektorini boshqarishga ajratilgan kreditlar egallagan.
2014 yilda XTTB tomonidan 38 ta mamlakatda 95 ta yangi operatsiyalar amalga oshirilgan, XRA tomonidan esa, 49 ta mamlakatda 249 ta yangi loyihalar amalga oshirilgan.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi.Jahon bankining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
- rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati;
- iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahat va tahliliy faoliyat;
- amalga oshiriladigan dasturlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi
va tuzilmasini muntazam to‘g‘irlab borish;
- boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasida resurslarni taqsimlashda vositachilik qilish.
Har uch yilda Jahon banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi” nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan mamlakatlar bilan bo‘ladigan xamkorlikda foydalaniladi. Strategiyaga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kambag‘allik muammolarini hal qilish bo‘yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.
O‘zining faoliyati bo‘yicha Jahon banki ma’lum tamoyillarga amal qiladi, jumladan:
- rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga yordam beruvchi samarali kapital qo‘yilmalar uchun resurslar ajratish;
- resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy mulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish;
- bitta ishtirokchi mamlakat doirasida berilgan resurslarni ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi;
- xodimlar faoliyatining boshqa sub’ektlarga, jumladan, mamlakatlar xukumatiga emas balki faqatgina bank manfaatlariga yo‘naltirilganligi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi yirik moliyaviy mablag‘lar manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
U o‘zining moliyaviy resurlarini kambag‘al mamlakatlardagi kambag‘allik darajasini pasaytirish hamda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, shuningdek, xayot sifatini yaxshilashga sarflaydi.Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning faoliyatini quyidagi ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 25,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə