Mavzu: xulosa va hukm



Yüklə 182,97 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü182,97 Kb.
#131602
HUKM VA XULOSA

Mavzu:xulosa va hukm

Hukm – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana Shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo’ladi.

Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo’ladi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir.

Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi.

Oddiy hukm deb, tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi.

Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi.

Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi.

Masalan, «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.

  • Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko’rsatish mumkin. Mantiqiy ega – sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi.
  • Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog’lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog’laydi, natijada hukm hosil bo’ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.
  • Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan, «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi.
  • Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
  • Deduktiv xulosa chiqarish
  • Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
  • Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda Yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy
  • Sillogizmning umumiy qoidalari
  • Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:
  • 1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; Shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosa Yangi bilim bermaydi.
  • II.Ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi yoki asoslaridan biri ayiruvchi hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi.
  • Sof ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi ayiruvchi hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi.

foydalNILGAN ADABIYOTLAR

1.“FALSAFA” QANDAROV BAHODIR MIRZAYEVICH

2”FALSAFA ASOSLARI” MA`RUZALAR MATNI.


Yüklə 182,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə