Mavzu. Yalpi ichki mahsulot statistikasi



Yüklə 38,96 Kb.
səhifə7/7
tarix28.04.2023
ölçüsü38,96 Kb.
#107446
1   2   3   4   5   6   7
16-mavzu. YALPI ICHKI MAHSULOT STATISTIKASI (1)

4. YAIM va narxlar darajasi


Nominal va real YAIM.
YAIM – pul, vaqt va sifat ko’rinishidagi ko’rsatkich bo’lib sanalgani sababli, uning hajmini hisoblashda narxlar o’zgarishining ta’siri kuchli bo’ladi. YAIM hajmiga uning tarkibiga kiruvchi barcha pirovard tovar va xizmatlarning jismoniy hajmlaridagi hamda narxlaridagi o’zgarishlar ta’sir o’tkazadi. Ammo bizni, narxlar emas, balki, birinchi navbatda, ishlab chiqarilgan va uy xo’jaliklarining iste’moli uchun yo’naltirilgan tovar va xizmatlar miqdori qiziqtiradi.
YAIM qiymatining o’zgarishi, ko’p holatlarda ishlab chiqarish ne’matlarining hajmi hisobiga emas, balki kuchli inflyatsiya hisobiga, sodir bo’lishi mumkin.
Masalan, YAIM qiymatining 4 foizga o’sishi, past darajadagi inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish hajmining 4 foiz o’sishi hisobigami yoki ishlab chiqarish hajmi o’zgarmagan xolda inflyatsiya darajasining 4 foizga o’sishi hisobiga, yoki ikkala omil 2 foizdan o’sishi hisobiga olingani to’g’risidagi savolga to’g’ridan-to’g’ri javob bera olmaymiz.
Bunda asosiy muammo bo’lib pul ko’rsatkichini (vaqt, miqdor) shunday to’g’rilash kerakki, narxlar o’zgarishini emas, balki mahsulot miqdori, yoki fizik hajmining o’zgarishini aniq ko’rsatsin.
Turli mamlakatlar statistika xizmatlarida har bir davr uchun YAIM hajmi o’zgarmas narxlarda hisobga olib boriladi. Ushbu uslub joriy davr ishlab chiqarish hajmini baza qilib tanlab olingan yil narxlarida hisoblashga asoslangan. Masalan,
Xalqaro valyuta jamg’armasining har oyda nashr etiladigan “Xalqaro moliya statistikasi” nomli statistik to’plamlarida Xalqaro valyuta jamg’armasiga a’zo mamlakatlar YAIM hajmining dinamikasini hisoblashda bazaviy yil sifatida 2005 yil tanlangan.
O’zbekiston Respublikasida 2011 yilda ishlab chiqarilgan YAIMning joriy narxlardagi qiymati, ya’ni nominal YAIM 77750,6 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, uning 2005 yil narxlaridagi qiymati esa, ya’ni real YAIM 25951,9 mlrd. so’mni tashkil etgan. 2005 yilda ishlab chiqarilgan YAIM (joriy narxlarda) 15921,4 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, uni 2011 yil narxlariga keltirsak, 47705,8 mlrd. so’mni tashkil qiladi.
Yuqoridagi axborotlardan foydalanib 2005-2011 yillarda YAIMning real o’sish sur’atini hisoblashimiz mumkin. Ushbu davr mobaynida yalpi ishlab chiqarish hajmi (YAIMning real o’sish sur’ati) 63,0 foizga oshgan {(25951,9 : 15921,4) * 100 - 100 = 63,0}. Bu raqam YAIMning nominal o’sish sur’atiga nisbatan (388,3 foiz) ancha past {(77750,6 : 15921,4)*100-100=388,3}.
Shunday qilib, YAIMning real o’sishi o’zgarmas narxlarda, ya’ni bazaviy yil, bizning misolimizda 2005 yil narxlarida, hisoblanadi. Narxlar darajasini o’lchash ikki holat bilan belgilanadi.
Birinchidan, ma’lum vaqt davomida narxlar darajasi qanchaga o’zgarganligini aniqlash muhim masala hisoblanadi. Biz doimo inflyatsiya yoki deflyatsiya
(narxlarning pasayishi) sodir bo’lganligini, agar sodir bo’lgan bo’lsa, uning ko’lami qanday bo’lganligini bilib turishimiz lozim.
Ikkinchidan, YAIM joriy yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymatini, yoki boshqacha aytganda, umumiy ishlab chiqarish hajmining turli komponentalarini yagona asosga keltirib pul ko’rinishdagi qiymatini ifodalagani sababli, keng tarqalgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Turli yillarda ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish hajmlarini faqat pul birligi qiymati o’zgarmagan holda taqqoslash mumkin.
Narxlar darajasi indeks ko’rinishida ifodalanadi. Narxlar indeksi ushbu davrdagi ma’lum tovar va xizmatlar to’plami umumiy narxining, ya’ni “bozor savatchasi”ning, bazaviy yildagi huddi shunday tovar va xizmatlar umumiy narxlariga nisbatini ifodalaydi.
Narxlarindeksi Bozorsavatchasi joriy yildagi narxi 100
Bozorsavatchasi joriy yildagi narxi
Masalan, agar narx indeksi 2 ga teng bo’lsa, bu joriy yilda bazis yiliga nisbatan narxlarning 2 barobar oshganligini yoki inflyatsiya darajasi 200%ga teng bo’lganligini anglatadi. Agar indeks 33%ga yoki 0,33ga teng bo’lsa, narxlar 67%ga pasaygan bo’ladi.
YAIM deflyatorini hisoblash uchun nominal YAIMni real YAIMga bo’lish kerak. YAIM deflyatori iqtisodiyot bo’yicha umuman narxlar darajasi qanchaga o’zgarganligini ifodalaydi.
Yuqoridagi O’zbekiston Respublikasining 2005-2011 yillardagi ko’rsatkichlaridan foydalanib, YAIM deflyatorining hisob-kitoblarini amalga oshiramiz:
77750,6 : 25951,9 = 2,996 yoki 299,6%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 2005-2011 yillar davomida umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha qo’shimcha 199,6%ga oshgan.
O’quvchilarni 2011 yildagi narxlar oldingi, ya’ni 2010 yilga nisbatan qanchaga o’zgarganligi ham qiziqtirishi mumkin. Buning uchun dastlab 2010 yildagi narxlar 2005 yilga nisbatan YAIM deflyatori bo’yicha qanchaga o’zgarganligini aniqlab olish lozim. 2010 yilda nominal YAIM 61793,9 mlrd. so’mni, 2005 yil narxlarida esa 23963,0 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Demak, 2010 yildagi narxlarning 2005 yildagi narxlarga nisbatan qanchaga o’zgarganligini aniqlash uchun 2010 yildagi nominal YAIMni shu yil uchun 2005 yil narxlarida hisoblangan real YAIM hajmiga bo’lamiz:
61793,9 : 23963,0 = 2,579 yoki 257,9%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 2005–2010 yillar davomida umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha qo’shimcha 157,9%ga oshgan.
So’ngra 2011 yil uchun hisoblangan YAIM deflyatorini 2010 yil uchun hisoblangan ko’rsatkichga nisbatini olamiz:
2,996 : 2,579 = 1,162 yoki 116,2%, ya’ni O’zbekiston Respublikasida 2011 yilda 2010 yilga nisbatan umumiy narxlar darajasi YAIM deflyatori bo’yicha 16,2%ga oshgan.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narxlar darajasining o’sishini nafaqat butun iqtisodiyot bo’yicha, balki YAIMning turli elementlari bo’yicha aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqsadlarda statistika idoralari tomonidan iste’mol narxlari indeksi (INI), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi
(SMICHNI), eksport-import mahsulotlari indeksi, kapital mablag’lar (investitsiyalar) narxlari indeksi va boshqa ko’rsatkichlar hisob-kitob qilib boriladi.
Ularning orasida eng keng tarqalgan va mashhur bo’lgani INI hisoblanadi. Chunki INI YAIMning muhim komponentalaridan biri bo’lgan – uy xo’jaliklarining pirovar iste’mol uchun xarid qilgan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalaydi.
YAIM deflyatori va INI orasida uchta shartli farqlanishlar mavjud:

  • YAIM deflyatori mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarga narxlar o’zgarishini ifodalasa, INI uy xo’jaliklari tomonidan xarid qilingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalaydi. Demak, firmalar yoki davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishi INIda inobatga olinmaydi;

  • YAIM deflyatori faqat ushbu mamlakat hududida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga narxlarning o’zgarishini ifodalab, import tovar va xizmatlariga narxlar o’zgarishini, ular YAIM tarkibiga kiritilmaganligi sababli, hisobga olmaydi. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan va O’zbekiston aholisiga sotilgan “Lada” avtomobiliga narxlarning o’zgarishi O’zbekiston YAIM deflyatorida hisobga olinmaydi, chunki ushbu avtomobil Rossiyada ishlab chiqarilgan. Biroq, bu mahsulot O’zbekiston aholisiga sotilganligi sababli, O’zbekiston INIda hisobga olinadi;

  • INI tarkibiga kiritilgan tovar va xizmatlar hisob–kitoblarda o’zgarmas vaznlarda olinadi. YAIM deflyatori esa vaznlardagi o’zgarishlarni hisobga oladi.

Yüklə 38,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə