Mavzu. Yalpi ichki mahsulot statistikasi


Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof investitsiyalar



Yüklə 38,96 Kb.
səhifə4/7
tarix28.04.2023
ölçüsü38,96 Kb.
#107446
1   2   3   4   5   6   7
16-mavzu. YALPI ICHKI MAHSULOT STATISTIKASI (1)

Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof investitsiyalar.Umum qabul qilingan uslubiyotga binoan yalpi xususiy ichki investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda qurilish ishlari; zahiralarning o’zgarishi.
Iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lgan mamlakatlarda ularning ulushi YaIM tarkibida 25-33 foizni tashkil qiladi. Investitsiyalar YAIM va aholi farovonligini o’stirishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi.
2-jadval
O’zbekiston Respublikasi YaIM tarkibida yalpi xususiy ichki investitsiyalar ulushi dinamikasi

Yillar

1990 y.

1996 y.

2000 y.

2011 y.

Ulush, %

32,2

23,0

19,6

25,0

YAIM – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniq hisoblanishini talab qilganligi uchun, uning tarkibiga bu yil ishlab chiqarilgan, ammo sotilmay qolgan mahsulotni ham hisobga olinishi mantiqan to’g’ridir. Aks xolda zahiralarning o’zgarishini hisobga olmasdan hisob-kitoblar amalga oshirilgan taqdirda, joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaytirilib ko’rsatilgan bo’ladi. Odatda, zahiralarning o’zgarishi joriy davr oxiri va boshidagi zahiralar qoldiqlarining farqi sifatida hisob–kitob qilinadi. Shu sababli joriy davrda katta miqdorda ilgari sotilmay qolgan mahsulotlarning sotilgan taqdirda, zahiralarning o’zgarishi manfiy miqdorga teng bo’lishi mumkin.
MHTda investitsiyalar yalpi, ichki va xususiy investitsiyalarga ajratib o’rganiladi. Oxirgi ikki ko’rsatkich xususiy firmalar va kompaniyalarning xarajatlarini ifodalab, ular ko’rilayotgan mamlakat uchun yuridik shaxslar hisoblanishi lozim.
Yalpi ichki xususiy investitsiyalar eski mashina, uskuna va stanoklarni almashtirish uchun ishlab chiqarilgan barcha investitsion tovarlar plyus har qanday iqtisodiyotda sof qo’shimcha kiritilgan kapitalga teng. Demak, yalpi investitsiyalar - ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan kapital o’rnini qoplash hamda kapitalning qo’shimcha oshishiga olib kelgan investitsiyalardir.
Sof ichki xususiy investitsiyalar hajmini aniqlash uchun yalpi xususiy ichki investitsiyalar hajmidan asosiy kapital amortizatsiyasi xarajatlarini, ya’ni ishlab chiqarishdan chiqib ketgan asosiy kapital o’rnini qoplash uchun ishlab chiqarilgan mashina, uskuna va stanoklar hajmini ayirish kerak. Masalan, iqtisodiyotda 1000 birlik investitsion tovarlar ishlab chiqarilib, joriy davrda ishlab chiqarish jarayonida 400 birlik mashina va uskunalar iste’mol qilingan bo’lsa, iqtisodiyotga qo’shilgan qo’shimcha kapila hajmi 600 birlikni tashkil etadi (600 = 100 - 400). Demak, misolimizda yalpi yalpi investitsiyalar 1000 birlikni, sof investitsiyalar
600 birlikni tashkil qilgan. O’z navbatida, yalpi va sof investitsiyalar orasidagi farq
(1000 - 600 = 400) YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital yoki amortizatsiya hajmini ifodalaydi.

Yüklə 38,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə