Mavzu: Yer osti suv resurslaridan samarali foydalanish


Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi



Yüklə 118,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü118,11 Kb.
#151150
1   2   3   4
Mavzu Yer osti suv resurslaridan samarali foydalanish

 
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi.
Tabiatdagi suvlar, jumladan yer osti suvlari nihoyatda erituvchanlik 
xususiyatiga egadir. Yomg‟ir yerga tushguncha chang va gazlar bilan aralashib tarkibini o'zgartiradi. Oqar suvlarning bir qismi 
yer qatlamlar ostiga shimila boshlaydi va har xil tarkibli jinslardan o'tib, ularni qisman eritib, o‟z tarkibini ham o'zgartiradi. Yer 
osti suvi tarkibiga qatlamlar tarkibi, ularning chuqurligi, yotish holati va boshqa omillar ham ta‟sir ko'rsatadi. 
Yer qatlamlari orasidagi suvlar tarkibida erigan moddalarning miqdori juda xilma-xildir. Tabiatdagi hamma yer osti 
suvlari minerallanishi jihatidan to'rtta katta guruhga bo'linadi:
1. Chuchuk suv umumiy minerallanish 1 g/l gacha;
2. Sho'rroq - 1 g/l dan 10 g/l gacha;
3. Sho'r - 10 g/l dan 50 g/l gacha;
4. O'ta sho'r -juda ko'p minerallashgan suv, umumiy minerallanishi 50 g/l dan ko'p (200- 300 g/l).
Yuqorida ko'rsatilgan guruhlar yer osti suvlarining minerallanishi bir me‟yorda bo'lmasligini ko'rsatadi. 1 l yer osti 
suvida 1 g tuz bo'lsa ichish uchun yaroqli hisoblanadi. 
Yer osti suvlarida har xil moddalar birikmasidan iborat ximiyaviy elementlar bo'ladi. Ximiyaviy element va 
birikmalardan ko'proq CaSO
4
, HCO
3
Na, Sa, Mg ba‟zan NH
4
, Fe va Mn uchraydi. Gazlardan esa, erigan holatda SO
2
kamdan-kam 
N
2
S bo'ladi. 
Mineral suvlar. Yer ostidagi va qavatlaridagi mineral va gazga to'yingan suvlar, odatda shifobaxsh hisoblanadi. Lekin yer 
osti mineral suvlarining hammasi ham shifobaxsh bo'lmaydi. Mineral suvlar tarkibida davolanish uchun zarur bo'lgan mineral 
elementlar bir xil miqdorda bo'lmay, ba‟zilarida ko'proq ba‟zilarida kamroq bo'ladi. Mineral suvlar tarkibida temir, mish'yak, 
radiy, brom, yod va bir oz gaz bo'ladi. Mineral suvlar tarkibiga qarabgina emas, balki, haroratiga qarab ham xilma-xil bo'ladi.
Mineral suvlar, asosan, yosh tog‟lar va vulqonli o'lkalarda ko'p uchraydi. Mineral suvlar tektonik harakat natijasida vujudga 
kelgan yer yoriqlari bilan va u yerdagi moddalarning o'zgarishi, aralashishi va bosimi bilan bog‟liqdir. Yosh tog‟li o'lkalarda, masalan, 
Kavkaz, Pomir tog‟larida, Kamchatka va Kuril orollarida, O'zbekistonimizda ham mineral suvlar ko'p. Hozirgi vaqtda bunday mineral 
suvlardan tibbiyotda va sanoatda keng foydalanilmoqda. Tog‟ jinslari orasidan asta-sekin o'tib boradigan suv sekin harakatlanishiga 
qaramay, sezilarli geologik ish bajaradi, yer osti suvlarining erituvchanlik xossasi orqali bo'ladigan ximiyaviy ishi ayniqsa sezilarlidir. 

Yüklə 118,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə