Mavzu: Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati Reja



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#144486
1   2   3   4   5   6
Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati (3)

Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) (inglizcha: World Trade Organization, fransuzcha: Organisation Mondiale du Commerce, ispancha: Organización Mundial del Comercio) — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi.
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi.
JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 164 mamlakat toʻla huquqli aʼzo, jumladan, qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston ham a'zo hisoblanadi, dunyoning aksariyat 3-5ta davlatlari unga a'zolik uchun ariza bermagan. Bular – Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Eritreya kabi davlatlar. Taxminan 10-15ga yaqin davlatlar kuzatuvchi maqomida, ya'ni tashkilotga a'zo bo‘lish jarayonida turibdi, jumladan, O‘zbekiston ham.va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish harakati boshlanib 1994 yil a’zolik uchun ariza bergan. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir.

  • Jahon Savdo Tashkiloti besh tamoyili

  • Savdoda diskriminatsiyani yo’qligi

  • Savdo to'siqlarini kamaytirish

  • Xalqaro savdoda raqobatbardoshlikni oshirish

  • Kam rivojlangan mamlakatlar uchun xalqaro savdodagi imtiyozlar

  • Savdo shartlarining barqarorligi va prognozliligi


Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə