Mavzu: Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati Reja



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#144486
  1   2   3   4   5   6
Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati (3)


Mavzu: Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati


Reja:
1. Yevropa hamjamiyati va O’zbekiston
2. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va rivojlanishi
3. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxlarini qo`llab quvvatlash mexanizmi
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan manbalar.

Yevropa hamjamiyati va O’zbekiston haqida
Yevropa Ittifoqi dunyo siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida muhim o`ringa еga mintaqa hisoblanib, aholisi 448 million kishini tashkil еtadi. Dunyo yalpi ichki mahsulotining 20 foizidan ko`prog`ini ishlab chiqaradi. Dunyo xalqaro savdosining 40 foizini, еksportining 50 foizi Yevropa Ittifoqiga to`g`ri kеladi. Yevropa Ittifoqi dunyodagi еng yirik oltin-valuta zahirasiga еga. Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsulotining 0,4-0,5 foizi miqdorida rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o`tish davrini boshdan kеchirayotgan davlatlarga yordam ko`rsatishga ajratmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan O`zbеkiston Rеspublikasi mustahkam siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar o`rnatgan. O`zbеkiston Rеspublikasining umumiy tashqi savdo aylanmasining 65 foizi Yevropa Ittifoqi a’zolari bo`lgan davlatlarga to`g`ri kеladi. O`zbеkiston Rеspublikasi Yevropa Ittifoqi bilan TASIS va TRASЕKA dasturlari, qurilish, еnеrgеtika, ta’lim va еkologiya munosabatlari bilan bir qatorda qishloq xo`jaligi sohasida ham aloqalar o`rnatgan.
TASIS (Techical Assissance to Commonwealth of Indepent States) — Yevropa Ittifoqi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlariga Yevropa Ittifoqi Komissiyasi (YEIK)ning grant mablagʻlari hisobidan texnikaviy yordam koʻrsatish dasturi. 1991-yilda ishlab chiqilgan.
TRACECA (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yoʻlagi) - Yevropani Kavkaz orkali Osiyo bilan bogʻlaydigan avtomobil va temir yoʻllari majmui. Asos solingan sanasi va joyi: 1993, Brussel, Belgiya
Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi Sheriklik va Hamkorlik to'g'risidagi Bitim (SHB) 1999-yildan beri amal qiladi. Ushbu bitimning imzolanishi siyosiy o’zaro muloqotlar, samarali boshqaruv, adolat va ichki ishlar, demokratiya va inson huquqlari, savdo, biznes va sarmoyaviy munosabatlar, iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik va texnik yordam bilan bog’liq masalalar bo’yicha o’zaro aloqalarning keng doirasini shakllantirishga zamin yaratadi.
Aloqalar har yili Hamkorlik kengashlarini (vazirlar darajasida) o’tkazish, Hamkorlik qo’mitalarining (yuqori lavozimli amaldorlar darajasida) va uchta kichik qo’mitalarning faoliyati orqali tartibga solinadi:

  • Odil sudlov, Ichki Ishlar, Inson Huquqlari va shu bilan bog'liq masalalar;

  • Rivojlanish bo'yicha hamkorlik;

  • Savdo-iqtisodiy va Investitsiya sohasidagi hamkorlik.

  • Ikkala tomon Parlamentlari muntazam uchrashuvlar ham o'tkazadilar.

2018-yil oxiridan boshlab Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Kengaytirilgan Sheriklik va Hamkorlik to'g'risidagi Bitim (KShHB) bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu Yevropa Ittifoqi va O’zbekistonning o’zaro munosabatlarini mustahkamlash va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, shu jumladan savdo sohasidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlashdagi umumiy manfaatlarni aks ettiradi. 2019-yilgi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha strategiyasi hamkorlikning mintaqaviy asosini ta’minlaydi.
Yevropa Ittifoqi har yili O'zbekistonga birinchi navbatda iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy yordam ko’rsatadi. 2017-yildan boshlab Yevropa Investitsiya Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki o’zaro hamkorlikni tikladilar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar soni va hajmi sezilarli darajada oshdi.
2014-2020 yillar davomida Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga moliyaviy yordami 168 million yevroni tashkil etdi, bu 2007-2013 yillar davriga nisbatan 124 foizga o'sdi. Ko'p Yillik Indikativ Dasturiga muvofiq, 2014-yildan 2020-yilgacha Yevropa Ittifoqi Ozbekiston qishloq joylarini rivojlantirishga ko’maklashdi. Ushbu ko'mak suvni barqaror boshqarish va sug'orish, bog'dorchilik, polizchilik, chorvachilik, kasb-hunar ta’limi va mahalliy ma'muriy islohot bo’yicha loyihalarni o'z ichiga oladi.
Yevropa Komissiyaning ustuvor yo'nalishlariga muvofiq, Yevropa Ittifoqining 2021-2027 yillarga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlari va sohalariga quyidagilar kiradi: Samarali boshqaruv va raqamli transformatsiyalar; Inklyuziv, raqamli va yashil o'sish; ekologik toza qishloq xo'jaligi oziq-ovqat sektorini rivojlantirish.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasini bir tomonlama Umumiy Imtiyozlar Tizimi (GSP) asosida barqaror rivojlanish va yaxshi boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha maxsus tizimning (GSP+) 9-foyda oluvchi mamlakati sifatida qabul qildi. Yevropa Ittifoqi ushbu kelishuv asosida O‘zbekistondan olib kiriladigan tovarlarga imtiyozli bojlarni 2021-yil 10-apreldan qo'llashni boshladi. GSP tomonidan qoplanadigan mahsulotlarning uchdan ikki qismiga bojlarning olib tashlanishi eksportning o'sishi va mamlakatga ko’proq investitsiyalarni jalb qilish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu O'zbekistonning yanada ishonchli va istiqbolli iqtisodiy sherik sifatida mavqeiga hissa qo'shadi. GSP+, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga 27 ta GSP+ konvensiyasining samarali bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilish majburiyatini yuklaydi.
Yevropa Ittifoqi, shuningdek, O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishiga texnik yordam ko'rsatmoqda.

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə