1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə1/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Inklyuziv majmua




1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari.
Reja:
1. Inklyuziv ta’lim kursiga kirish.
2.«Inklyuziv ta’lim»ni joriy qilishning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Integratsilashgan ta’lim va inklyuziv ta’lim o’rtasidagi farqlar.
4. Inklyuziv ta’lim kursining predmeti va maqsadi, vazifalari.
Tayanch so’zlar: alohida yordamga muhtoj bolalar, korrektsion ta’lim, maxsus ta’lim, Segregatsiya, inklyuziv ta’lim.


Adabiyotlar:
1. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun.
2.”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
3.Ture Yonson ”Inklyuziv ta’lim”-“Opereyshen Mersiy” Toshkent-2003 yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.
4.”Maktablr hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” -2002 yil.
5.”Dakarskie ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Frantsiyada chop etilgan.
6. “Alohida yordamga muxtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy - nazariy konferentsiya materiallari. Toshkent-“Uzinkomtsentr”-2002 yil.
7.”Halqaro forum materiallari”-Toshkent - Respublika bolalarni ijtimoiy adaptatsiyalash - 2005 yil.
8.”Ta’lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent-2005 yil.
1. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ta’lim tizimi va mazmunini demokratlashtirish davlatimizning ustuvor siyosati XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuq dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishdan iborat. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’limning quyi bosqichidan boshlab, oliy ta’lim tizimigacha yosh avlod ta’lim-tarbiyasini sifat jihatidan qayta ko’rib o’qitishni yangilashga muvaffaq bo’lindi. CHunonchi. ona-Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning o’quvi, salohiyati, iste’dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog’liqdir. SHuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi darajasiga ko’tarildi.
Ta’lim mazmunini xalqimizning milliy qadriyatlari, tarixiy obidalari xususidagi ma’lumotlar bilan boyitish, ilg’or pedagogik texnologiya va axborotlarni kiritish kabi bir qator chora-tadbirlarnn bosqichma-bosqich amalga oshirish davr talabi ekanligi davlatimiz tomonidan aniq belgilandi. O’tgan qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizning barcha jabhalarida ta’lim islohotlari izchil va tezlik bilan amalga oshirilib, ko’plab ijobiy natijalarga erishildi. Bu o’rinda jamiyatimizning bir qismi bo’lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim-tarbiya olishi uchun qulayliklar yaratish davlatimizning alohida e’tiborida bo’lib kelmoqda. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning 23-moddasiga binoan psixik va jismoniy muammolari bo’lgan bolalar va o’smirlarni ta’lim olishi va sog’ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida maxsus ta’lim muassasalari tashkil qilingan.
Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlar ta’limi, ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar) bo’yicha korrektsion ta’lim tashkil etilgan. Maxsus ta’lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, maxsus ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiya, axborot vositalarini qo’llash, o’quv-metodik asoslarini yaratish, dastur va darsliklar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Qonunchilik tomonidan ma’lum toifadagi bolalar uchun o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishda imtiyozlar belgilangan. SHuningdek xalqaro miqyosda ta’lim islohotini demokratlashtirish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish natijasida jamiyatning dunyoharashi o’zgarib, har xil toifadagi kishilar orasida yangicha yondashuv, o’zaro hurmat, ijobiy munosabat shakllandi. Maxsus ta’lim sohasining rivojlanishini qayta ko’rib chiqish siyosati amalga oshirila boshlandi. Ko’plab mamlakatlar «Segregatsiya» ta’limidan voz kechib, imkoniyati cheklangan bolalarga integratsion ta’limni tadbiq qilishni lozim topdi. Bizning mamlakatimizda asosiy e’tibor imkoniyati cheklangan bolalarni tabaqalashtirilgan maxsus ta’lim muassasalarida o’qitishga qaratilgan bo’lib, ushbu ta’lim tizimi rivojlangan. Keyingi 10-15 yil davomida O’zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimiga kiritish integratsiya na inklyuziv usulida o’qitish, tarbiyalash masalasi ham amalga oshirib kelinmoqda. Integratsiya va inklyuziv ta’lim strategiyasi ilimga jalb qilinmagan bolalarni umumta’lim muassasalari ga to’laqonli maxsus yoki inklyuziv ta’lim tizimiga integratsiya qilish, korrektsion ta’lim muassasasi bolalarning turar joyidan uzoqligi sababli o’zi yashab turgan hududlaridagi ta’lim muassasalariga kiritib o’qitishdan iborat.
Shuni ta’kidlash joizki, inklyuziv ta’lim sharoitida bola sog’lom tengdoshlari orasida bo’lib, oilasidan ajralmagan holda ta’lim-tarbiya olishga muyassar bo’ladi. Hozirgi kunda jahon miqyosida keng targ’ibot qilinayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi, ya’ni rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash masalasi O’zbekistonda ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Respublikada inklyuziv ta’lim siyosatini keng joriy kdpishga qaratilgan chora-tadbirlar, xalqaro va milliy ish tajribalarini o’rganish davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorlik loyihalari, jumladan: Xalqaro UNESCO, UNICEF, Osiyo Taraqqiyot Banki, Osiyo mintaqasi Yaponiyada joylashgan UNESCOHHHr madaniy markazi (ACCU), US AID, «MERCY PROJEKT», «OPERATION «MERCY» nodavlat tashkilotlari, «Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi» (RBIMM), «Sen volg'iz emassan», «Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab- quvvatlash fondi» (ITKKF), Xalq ta’limn vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining pedagogika yo’nalishidagi institutlari, xalq ta’lim xodimlarini malakasini oshirish, qayta tayyorlash va milliy nodavlat jamoa tashkilotlarinnng hamkorlik loyihalari asosida respublika va xalqaro seminar, konferentsiya, forumlarni o’tkazish, targ’ibot-tashviqot ishlari asosida amalga oshirib kelinmoqda.
Tajriba shuni ko’rsatdiki, «Inklyuziv ta’lim»ni joriy qilishning o’ziga xos xususiyatlarini, ya’ni mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanishini, milliy qadriyatlarimizni e’tiborga olishimizni taqozo etadi. Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilishning maqsad, vazifalari, ta’limni tashkil etish usullarini ommaga tushuntirishda hali qator muammolar ham mavjud. 2006- 2009 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar markazining davlat granti asosida Maxsus ta’lim bo’limining mutaxassislari tomonidan:
umumta’lim standart talablari va modernizatsiya qilingan dasturlar asosida ko’zi ojiz bolalar maktablarining boshlang’ich sinflariga moslashtirish bo’yicha 9 ta fandan tavsiyalar va 5 ta fandan korrektsion davlat talablari yaratildi. Zaif ko’ruvchi bolalar maktablarida ta’lim jarayoni umumta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi;

  • eshitishida muammosi bo’lgan (kar) va zaif eshituvchi bolalar maktabining boshlang’ich sinflari uchun 8 ta fandan, 4 ta korrektsion fandan davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlari yaratildi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar 6-sinfdan boshlab umumiy ta’lim dasturlari va Davlat ta’lim standartlari asosida o’qitiladi. O’quvchilarning eshitish qobiliyati darajasi yosh va psixo-jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda umumiy ta’limning modernizatsiya qilingan va takomillashtirilgan DTS va dasturlarini moslashtirish asosida 14 ta o’quv fanidan korrektsion davlat ta’lim talablari va dasturlari yaratildi;

Yordamchi maktab o’quvchilarining rivojlanish darajasi, individual xususiyatini e’tiborga olgan holda, ular uchun korrektsion ta’lim davlat talablari tabaqalashgan tarzda (engil, o’rta, og’ir darajadagilar uchun) ishlab chiqilmoqda. Yengil darjadagi aqli zaif bolalar uchun 2004 yilda 13 ta o’quv fanidan 30 nomda korrektsion ta’lim davlat talablari va o’quv dasturlarining loyihalari ishlab chiqildi;
O’quvchilarning bilish faoliyatidagi nuqsonlarini va jismoniy faoliyatidagi yetishmovchiliklarini, xulq - atvoridagi buzilishlarini korrektsiyalashga qaratilgan davolash gimnastikasi, ritmika, logopediya, ijtimoiy hayotga yo’naltirish mashg’ulotlari uchun o’quv dasturlari ishlab chiqildi;

г
Jismoniy va ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni korrektsion uslubda o’qitish va tarbiyalash maxsus ta’limning asosiy vazifasidir. Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, maktab-internatlarning moddiy - texnik bazasining mustahkamlanishiga va imkoniyati cheklangan o’quvchilardagi mavjud kamchiliklarni tuzatish, ularning ta’lim olishi, davolanishi hamda kasbga yo’naltirish ishlariga davlatimiz tomonidan katta mablag’lar ajratilmoqda. Bu toifadagi bolalar va o’smirlarni ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, maxsus ta’lim jarayonida yangi innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarni kiritish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasini to’g’ri tashkil etish, ulardagi nuqsonlarni ilk yoshidan aniqlash va korrektsiyalash (bartaraf etish), ijtimoiy jamiyatga to’laqonli moslashtirish ta’lim tizimining muhim va ajralmas qismidir.
Imkoniyati cheklangan bolalarga kasb-hunar o’rgatish, kasbiy mahoratini rivojlantirishga yetarli sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, o’z o’rnini topib jamiyatni to’laqonli a’zosi bo’lishiga gumanistiq yondashuvni amalga oshirishga davlatimiz tomonidan jiddiy e’tibor berilmokda. Qolaversa, ushbu masala bugungi kunning dolzarb muammosidir. Ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida o’quv Dasturlari, ta’lim standartlari va talablari qayta ko’rib chiqilib, ular asosida darslik va o’quv qo’llanmalarning yangi avlodi yaratilmoqda, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar joriy qilinmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ixtisoslashgan (maxsus) ta’lim muassasalarida bolalarni o’qitish jarayoniga moddiy, texnikaviy yordam ko’rsatish, sog’ligini tiklash maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ixtisoslashgan maktab-internatlarni kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash jarayoniga chet el investitsiyalari va homiylar mablag’lari keng jalb etildi. Jumladan «MERCY PROJEKT» xalqaro nodavlat xayriya tashkilotining mehr loyihasi 1997 yildan boshlab 2008 yilga qadar tibbiyot sohasining mutaxassislari, ToshPTIning ko’z kasalliklari shifokorlari va Xalq ta’limi vazirligi RTM maxsus ta’lim defektologlari bilan hamkorlikda respublikadagi barcha ko’zi ojizlar maktab- internatlari bolalarini ko’z kasalliklarini aniqlash va jarroxlik yo’li bilan davolash ishlarida samarali natijalarga erishildi. «Katarakta» loyihasi davomida 500 dan ziyod bolalar ko’rish baxtiga muyassar bo’ldilar. Bu tashkilot Brayl’ usulidagi darslik va badiiy adabiyotlarni chop etishda, texnik vositalar bilan ta’minlashda ham hamkorlik qilib keldi.
SHuningdek UNISEF, UNESCO, «MERCY PROJEKT», «OPERATION MERCY» tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar assotsiatsiyasi, «Lukoyl Opereyting Kompani» tashkilotlari orqali mablag’larni maxsus ta’lim muassasalariga yo’naltirish natijasida darsliklar, o’quv qo’llanmalar, badiiy adabiyotlar, texnika vositalari, axborot vositalari bilan ta’minlanishi yuqori darajaga ko’tarildi.
Maxsus ta’lim muassasalarini ta’lim-tarbiya jarayoni umum va maxsus korrektsion ta’lim talablari asosida o’quv reja, korrektsion dastur va darsliklar asosida amalga oshiriladi. Dars jarayonida har bir bolaning individual xususiyati, qobiliyati va imkoniyati e’tiborga olinadi. (yuqorida qayd etilgan nuqson turi bo’yicha tashkil etilgan o’quv muassasalarida mutaxassis defektologlar (logoped, tiflopedagog, surdopedagog, oligofrenopedagog) faoliyat ko’rsatadi. Ta’limning maqsad va vazifasiga ko’ra bolalar, o’smirlarga umumiy ta’lim bo’yicha bilim berish bilan bir qatorda ularda mavjud bo’lgan nuqsonlarni bartaraf etishga oid korrektsion fanlardan mashg’ulotlar o’tkaziladi. Masalan: ko’zi ojiz bolalar uchun «Predmet tassavurini va ko’ruv idrokini rivojlantirish», «Mayda qo’l motorikasi va teri tuyushni rivojlantirish», «mo’ljal olish va harakatlanish», «Ijtimoiy-maishiy yo’naltirish», «Davolash gnmnastikasi», «Ritmika», «Logopediya» o’tkaziladi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabi uchun «eshitish qobiliyatini rivojlantirish», «ijtimoiy mehnat», «labdan o’qitish», «nutq o’stirish», «davolovchi gimnastika» kabi korrektsion fanlar, tayanch - harakatida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun «davolovchi gimnastika», «logopediya», «ritmika» kabi mashg’ulotlar, mutaxasislar tomonidan alohida jihozlangan xonalarda maxsus dasturlar asosida individual va guruhlarda o’tkaziladi. Yordamchi maktab o’quvchilari uchun «mehnat nutq o’stirish», «logopediya», «davolovchi gimnastikasi» va «mehnat» korrektsion fanlari o’tiladi. Ularni o’qitish va korrektsiyalash uchun zarur bo’lgan yordamchi vositalar, ko’rgazma qurollari qo’llaniladi. Maxsus darslik o’quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash masalasi XTV, Respublika ta’lim markazi tomonidan shakllantirilgan tajribali soha mutaxassislari: amaliyotchi metodist, olimlar ishtirokidagi mualliflar guruhi tomonidan yaratiladi.
Maxsus maktablarni davlat tilida darsliklar bilan ta’minlash masalasi mustaqillikka erishganimizdan so’ng bir muncha faollashdi. «Ijtimoiy himoya yili» Davlat dasturi asosida 2007 yilda 59 nomdagi darsliklar, «Yoshlar yili»da rejalashtirilgan 36 nomdagi darsliklar nashr etilib, joylarga yetkazildi. Hozirgi kungacha maxsus maktablar uchun 200 dan ziyod nomdagi darsliklar nashr etildi. Darsliklarni yaratishda xalqaro xayriya nodavlat tashkilotlardan «MERCY PROJEKT» homiyligida ko’zi ojiz bolalar maktablari uchun 10 nomdagi darslik va qo’shimcha badiiy adabiyotlar davlat tilida Brayl’ usuliga o’girib chop etildi.
SHuningdek maxsus maktablar uchun 100 dan ziyod nomdagi metodik qo’llanma, tavsiya va dasturlar chop etildi. «Ijtimoiy himoya yili» Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar maxsus ta’lim sohasini moddiy-texnikaviy bazasini takomillashtirish, maktablarni rekonstruktsiya qilish, defektolog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, davlat ta’lim standartlari talabi va SanPiN1 normalari asosida darsliklarni yaratishda samarali ishlar olib borishga asos soldi. Maxsus maktablarning darsliklar bilan ta’minlanish holati quyidagi jadvalda ko’rsatildi. Maxsus ta’limning uzluksiz tizimining rivoji mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashga bog’liq. Bu borada defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga davlatimiz tomonidan jiddiy e’tibor berilmoqda.
Maxsus ta’limning ijobiy tomonlari shundaki:

  • ta’lim muassasalarida kompleks tibbiy-pedagogik yordam ko’rsatilib, ular to’liq davlat ta’minotida bo’ladilar;

  • defektolog pedagoglar bolalarning maxsus ehtiyojlarini to’liq qondirish maqsadida korrektsion-rivojlantiruvchi ishlarni amalga oshiradilar;

  • o’quvchilar, tarbiyalanuvchilar maxsus o’quv dasturi, darslik o’quv-metodik va texnik vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar;

sinflarda o’quvchilar soni 12-16 nafardan oshmaydi va in­dividual yondashuvni to’liq amalga oshirish imkoni mavjud;

  • darsdan oldin va darsdan keyin tevarak-atrofda yo’naltirish, nutqiy muloqotni shakllantirish, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kabi maxsus ko’nikmalarni shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan;

Maxsus ta’lim va tarbiyaning korrektsion-pedagogik ish sifati yuqori darajada bo’lsada, biroq aynan alohida ehtiyojli bolalarning sog’lom muhitda ta’lim-tarbiya olmayotganliklari sababli ijtimoiy hayotimizga moslashishlarida ayrim muammolar paydo bo’ladi. SHu bois imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning yoshi-segregatsion ta’lim tizimida o’qitilishi ko’plab salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi jahon hamjamiyati tomonidan ham tan olinib, inklyuziv ta’lim siyosati qo’llab- quvvatlanmoqda. Bu o’rinda L.S.Vigotskiyning fikricha: «Maxsus maktablarimiz afzallik jihatlari bilan bir qatorda ayrim kamchiliklari bilan ham ajralib turadi, u o’z tarbiyachisini tor doiradagi maktab jamoasi bilan chegaralab: kar, ko’r yoki aqli zaif bolaning asosiy e’tiborini o’zida mavjud bo’lgan kamchiligiga qaratib, barcha sharoitni shu nuqsoniga moslashtirib qo’yadi. Bo’larning barchasi bolaning haqiqiy hayotga kirib kelishiga to’sqinlik qiladi. Maxsus maktab bolani chegaralangan dunyodan chiqarish o’rniga odatda shunday ko’nikmalarni rivojlantiradiki, oqibatda uning separatizmligi ko’chayib, bola o’z dunyosiga yanada chuqurroq sho’ng’ib ketadi».
SHuning uchun rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani tarbiyalash vazifasini L.S. Vigotskiy bolani hayotga integratsiya qilib uning nuqsonini o’zga yo’l bilan kompensatsiyasini tashkil qilish lozim, deb hisoblagan. Bu o’rinda u, kompensatsiyani biologik emas, balki ijtimoiy aspekt deb tushungan, chunki rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bola bilan ishlash jarayonida tarbiyachi biologik jihatlari (faktorlari) bilan emas, uning ijtimoiy oqibatlari bilan ro’baru keladi. Sog’lom bolani imkoniyati cheklangan bola bilan uyg’unlashtirilishi maxsus ta’limni keng doirada qayta qurishning boshlang’ich nuqtasi bo’lib xizmat qilishi kerak.
Uzoq yillar davomida maxsus ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatuvchi turli millat olimlari va amaliyotchilari rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalarni umumta’lim maktablarida emas, aksincha, maxsus maktablarda o’qitish yaxshi deb kelganlar. XX asrning 60-yillarigacha bunday bolalar uchun maxsus maktablar tizimi rivojlanib kelgan. Ayrim mamlakatlarda 12-15 turdagi tabaqal ashtirilgan maktablar tashkillashtirilib kelingan. Masalan, Bel’giyada, Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Rossiya va Qirg’iziston davlatlarida 8 turdagi, Niderlandiyada esa 15 turdagi maxsus maktablar mavjud.
O’zbekistonda ta’lim islohotlarining ustuvor yo’nalishi barcha sog’lom bolalar qatori imkoniyati cheklangan bolalar ta’limiga demokratii yondashuv asosida tarbiyalash, ta’lim berish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga optimal darajada sharoit yaratish, kasbiy maxoratini rivojlantirish, shuningdek iqtidorini ruyobga chiqarishdan iborat. Vigotskiyning muhit va shaxsning uyg’unligi to’g’risidagi ta’limotiga ko’ra, ijtimoiy muhit imkoniyati cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Turli xil davlatlar integratsiyaga o’tishda ko’p bahs-munozara yuritib, maxsus pedagogikada integratsiyani qo’llash foydali deb bilmoqda (Saulle M.R. 1996). O’zbekistonda ham maxsus ta’lim integratsiyaning rivojlanishini o’ziga xos xususiyati mavjud.
AQSHda va Janubiy Yevropa mamlakatlarida integratsiyani rivojlanishi va bu jarayonni boshqarish uchun qonuniy normativ baza yaratilgan. Keyingi yillarda O’zbekistonda ham integratsiya va inklyuziv ta’limni joriy qilish bo’yicha qator chora-tadbirlar ko’rilmoqda.
Respublikada umumta’lim maktablari va inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan bolalarga korrektsion yordam berish ularning alohida ehtiyojlarini qondirish, rag’batlantirish va kompensator imkoniyatlarini rivojlantirish, shuningdek ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalari bo’yicha ilmiy va metodologik tadkiqotlar olib borishga ehtiyoj mavjud. Vaholanki, har bir bolaning ta’lim olish huqiqiga ega ekanligi «SHaxs huquqlari Deklaratsiyasi» va «Ta’lim hamma uchun» Umumjahon Deklaratsiyasida (Tailand, 1990)2 tasdiqlangan.
Maxsus maktab o’quvchilari, o’qituvchilari, ota-onalar orasida olib borilgan so’rovnomalarning tahlili imkoniyati cheklangan bolalarning muayyan qismi o’z tengdoshlari bilan birga umumta’lim maktablarida o’qish istagini bildirayotganlarini ko’rsatmoqda (xalqaro ekspert Noel’ Xibbertning 2008 yildagi «Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun asosiy ta’lim» loyihasini amalga oshirish bo’yicha hisoboti).
Tajriba shuni ko’rsatdiki, har qanday ta’lim tizimida bolalarning bir qismi ta’limdan chetda qolib ketadi, chunki bunday bolalarning individual ta’limini qondirishga umumta’lim tizimi tayyor emas. SHu sababli xalqaro miqyosda bolalarning umumiy sonidan 15 foizi maktabga jalb qilinmasdan qolish yoki umumta’lim tizimidan chetda qolish hollarini kuzatish mumkin. Bunga sabab maxsus maktablarning o’quvchilar turar joyidan ancha uzoqda bo’lganidir. SHuni esda tutish kerakki, bunda bolalar emas, aksincha tizim inqirozga uchraydi.
Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga nisbatan maxsus segregatsion ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va nogironlarni kamsitishlarga yo’l qo’ymaslik g’oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e’tiborning yanada yaxshilanishiga olib keldi. Maxsus ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muassasalarida qondirib bo’lmaydi, degan taxminlar asosiga qurilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida o’qitilishi ularning maktabni tugatgach, ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. SHuningdek ularni o’z oilasidan uzoqda bo’lishga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida ham ko’plab qiyinchiliklarga duch keladilar.
Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida o’qitish, tarbiyalash masalalariga katta e’tibor qaratilmokda.
SHuningdek jahon miqyosida qo’llanib, targ’ibot-tashviqot qilinib kelinayotgan integratsiya va inklyuziv ta’lim O’zbekistonda ham xalqaro tashkilotlarning hamkorlik loyihalari asosida bosqichma-bosqich amalga tatbiq etilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim muassasalarida o’qitish va ular uchun qulay sharoitlar yaratish masalasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Bola huquqlarini kafolati to’g’risida»gi Qonunning 29-moddasida alohida qayd etilgan.
Tajriba shuni ko’rsatdiki, mamlakatimizda inklyuziv ta’limni joriy qilishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishini, milliy qadriyatlarimizni e’tiborga olgan holda hamda tarixiy shakllangan maxsus ta’lim tizimidan voz kechmasdan, qishartirmasdan, aksincha umumta’lim bilan uzviy bog’lanib hamkorlikda inklyuziv integratsiya ta’limiga bosqichma-bosqich o’tib borishning milliy modulini yaratish maqsadga muvofiqdir. Kelajakda maxsus ta’lim muassasalari umumta’lim muassasalari uchun korrektsion fanlar uslublari bo’yicha maslahat beruvchi markaz vazifasini bajarishi lozim. Maxsus ta’lim pedagoglari va defektologlari umumta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitish bo’yicha umumta’lim fan o’qituvchisiga zaruriyat tug’ilganda korrektsion ta’lim metodikasidan maslahat beruvchi resurs pedagog vazifasini o’taydi. Bunday yordamlar maxsus ta’lim muassasalarining tibbiyot xodimlari, psixologlari tomonidan ham ko’rsatiladi.
Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni inklyuziv ta’limga jalb etishning huquqiy asosini mustahkamlash bilan bir qatorda ko’plab ilmiy- amaliy tajriblar olib borilmoqda.
3. Respublikamizda olib borilayotga barcha islohotlarning maqsadi davlatimz kelajagiga mustaxkam poydevor qurishdan iborat. Bu poydevor sog’lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. SHuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta’lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy me’yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta’lim-tarbiyasini ham qamrab olgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi.
Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. SHuningdek, ularning o’z oilasidan uzoqda bo’lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.
Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to’g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan» atamalari ko’pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. SHunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasidda juda katta farq bor.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo’yilgan birinchi qadamdir.
Integratsiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud:
A) Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo’lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.
B) Funktsional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi funktsional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
V) Ijtimoiy integratsiya. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi o’zaro aloqani qo’llab – quvvatlaydi.
G) Jamiyatga integratsiya qilish kabilar.
Integratsilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan tomonlari mavjud:
Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish imkoniyati bo’lmaydi.
Umumta’lim maktab pedagogi maxsus metodikani bilmaganligi sababli imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. Umumta’lim maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bo’lmaydi.
Sinfda o’quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning barchasiga ko’p vaqt ajrata olmaydi.
Umumta’lim maktablarda o’quvchilarda maxsus malaka va ko’nikmalarni shakllantirish uchun mutaxassislar bo’lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin.
Umumta’lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo’lmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimi integratsilashgan ta’lim tizimidan o’zinig mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va harakat dasturi bilan farqlanadi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə