1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»


Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə9/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Inklyuziv majmua

Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari:
–imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologo-pedagogik, korrektsion sharoitlarni yaratish;
-umumta’lim dasturlari va korrektsion ishlarni amalga oshirish;
– o’quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
– jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom
bolalarning ehtiyojlarini qondirish;
- ijtimoiy xayotga erta moslashtirish;
– imkoniyati cheklangan bolalar oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish;
– jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan do’stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Inklyuziv ta’limning qoidalari:

    1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug’iga bog’liq emas.

    2. Har bir inson o’ylash va xis qilish qobiliyatiga ega.

    3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega.

    4. Har bir kishi bir-biriga muhtoj.

    5. SHaxsning to’liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi.

    6. Hamma kishilar o’z tengdoshlarini qo’llab-quvvatlashga muhtoj.

    7. Hamma ta’lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki nimanidir qila olishidir.

    8. Inklyuziv ta’lim amalga oshirayotgan umumta’lim maktabdagi sinflarda integratsiya qilingan o’quvchilar soni 2–3 nafardan oshirilmaydi hamda o’quvchilarning umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi

Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyojlar
Har bir shaxsda mehr olish, etiborda bo’lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruxlantirish va shu kabi ehtiyojlar mavjud.
Nogiron odamlar bundan mustasno emas, lekin bulardan tashqari ularning alohida shaxsiy ehtiyojlari mavjud.
Ularning xatti harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari kabi jihatlariga asoslangan holda nogironliklari o’xshash bo’lgan taqdirda ham ular bir biridan farq qiladi
Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayotga moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir.
Imkoniyati cheklangan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin.
Imkoniyati cheklangan bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonma-yon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə