1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»


-Mavzu: Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə12/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Inklyuziv majmua

5-Mavzu: Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari.
Reja:
1.Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida.
2.Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishga xorij tajribasini o’rganish.
3.Inklyuziv ta’limning afzallik jihatlari.


Tayanch so’zlar: Alohida ehtiyojli bolalar, Maxsus ta’lim,
Adabiyotlar:
1.Ture Yonson -”Inklyuziv ta’lim”- Opereyshen Mersiy”, Toshkent-2003 yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.
2. Roy Mark Konki ”Inklyuziv sinflarda o’quvchilar ehtiyojlarini anglash va bu ehtiyojlarni qondirish” Toshkent-YuNESKO-2004yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.
3.”Maktablr hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” tomonidan chop etilgan -2002 yil.
4.”Dakarskie ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Frantsiyada chop etilgan.
5.”Problemы v klyucheniya detey so spetsal’nыmi obrazovatel’nыmi potrebnostyami v obsheobrazovatel’nыy protsese” Materialы respublikanskogo seminara Almatы.- Almatы «Raritet» 2002 yil.
Har bir shaxsda mehr olish, e’tiborda bo’lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruxlantirish kabi ehtiyojlar mavjud. Nogiron odamlar ham bundan mustasno emas, lekin bundan tashqari ularning alohida shaxsiy ehtiyojlari ham mavjud. Xatti- harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va boshqa jihatlariga asoslangan holda nogironliklari o’xshash bo’lgan taqdirda ham ular bir-biridan farq qiladi. Masalan: ikkita nogironligi bir xil bo’lgan bolalarning biri ijobiy, ruxlantiruvchi muhitda yashash mumkin, ikkinchisi esa salbiy, ko’ngilni qoldiruvchi muhitda yashashi mumkin. SHu sababli ularning ikkalasi nogiron bo’lsada, bu ularga bir xil yordam ko’rsatilishi kerak degani emas. Ularning ehtiyojlari yakkama-yakka holda qondirilishi lozim. Ushbu muammoni muhimligi amaliyotda tan olingan.
Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayotga moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir.
Ba’zi bir bolalar boshqalardan ko’ra ko’proq yordamga muhtojdir. Boshqalari esa hayotning ma’lum bir paytida yoki butun hayotlari davomida maxsus yordamga muhtojdirlar3. Masalan, maktabda ta’lim olayotgan chog’larida. Bu kabi maxsus qo’shimcha yordam «Maxsus ta’limga borib taqaladi» Hozirgi kungacha umumiy ta’lim maktab tizimi vakillarining «Bular bizning bolalarimiz emas. Ular maxsus ta’limga qarashli», degan gaplarini juda ko’p eshitganmiz. SHu kabi masalalar bugungi kunda nogiron guruhlarga asoslangan klassifikatsiyali va maxsus ta’limga muhtoj bolalar tushunchasini o’zgartirishga asos bo’lmoqda. Umumta’lim maktablarida nuqson turiga ko’ra sharoit yaratilsa, ko’pchilik maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini oddiy maktabning o’zida ham maxsus dastur, darsliklar va yordamchi texnik vositalarni qo’llash asosida amalga oshirish mumkin.
Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, maxsus yordamga muhtoj bolalarning asosiy muammolarini hal etishga, ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin. Imkoniyati cheklangan bolalarnining ta’lim-tarbiyasida teng teng huquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir, chunki juda ko’plab bolalar turli sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qlishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish, ya’ni mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə