1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»


-Mavzu: Maxsus ta’limga muhtoj bolalarga integratsiyalashgan ta’lim sharoitida yordam ko’rsatishning g’arbiy evropa tajribasi



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə14/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Inklyuziv majmua

7-Mavzu: Maxsus ta’limga muhtoj bolalarga integratsiyalashgan ta’lim sharoitida yordam ko’rsatishning g’arbiy evropa tajribasi.
Reja:
1).“Bolalar huquqlari to’g’riidagi Konvetsiya”da inklyuziv ta’lim masalalari va maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqlari.
2). Salamanka bayonoti va Ish faoliyati Rejasi-inklyuziv ta’limning me’yoriy asosi sifatida.
3). Dakar Dekloratsiyasi va uning mazmuni.
Tayanch so’zlar: Konventsiya, jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional
Adabiyotlar:
1.Ture Yonson-”Inklyuziv ta’lim” “Opereyshen Mersiy”- Toshkent-2003 yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.
2.”Maktablr hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” tomonidan chop etilgan -2002 yil.
3. “Bolalar huquqlari to’g’risidagi konventsiya”-Toshkent- 1999 yil.
4.“Dakarskie ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Frantsiyada chop etilgan.
5.”Problemы v klyucheniya detey so spetsal’nыmi obrazovatel’nыmi potrebnostyami v obsheobrazovatel’nыy protsese” Materialы respublikanskogo seminara Almatы.- Almatы «Raritet» 2002 yil.
6.”Halqaro forum materiallari”-Toshkent - Respublika bolalarni ijtimoiy adaptatsiyalash - 2005 yil.
7.”Ta’lim hamma uchun ”- Dakar Dekloratsiyasi-2002 yil.
8.”Ta’lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent-2005 yil.
9.R.SHomaxmudovaning “Inklyuzivnoe obrazovanie-Inklyuzivnomu obщestvu” nomli maqolasi -“Uchitel Uzbekistana”, 2001 yil.
Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni me’yorida rivojlangan bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlaydi. BMT tomonidan 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Umumjahon Dsklaratsiyasi»da «Ta’lim olish har bir insonning asosiy va aj ralmas huquqi» ekanligi alohida e’tirof etilgan.
«Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» barcha insonlarning huquq va erkinliklarini kafolatlar ekan, bu deklaratsiyaning barcha bandlari maxsus ehtiyojli insonlarga ham tegishliligi aniqlandi. Nogiron shaxslarning huquqlarini yanada mustahkamlash va kafolatlash maqsadida BMT 1975 yilda «Nogiron shaxslar huquqlari to’g’risida»gi Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur deklaratsiyada ta’kidlanishicha: «Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug’ilishi bilan mavjud bo’ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajasidan qat’iy nazar, fuqaro uz yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga egadirqim, shu bilan birga ular mumkin qadar to’laqonli yaxshi hayot kechirish huquqi ga ham ega» («Nogiron shaxslar huquqlari to’g’risida»gi Deklaratsiya, 3-modda)4.
Xuddi shunday bolalar huquqlarnni muhofaza qilish maqsadida BMT 1989 yilda «Bolalar xuquqlari to’g’risida»gn Konventsiyani qabul qildi. «Bolalar huquqlari to’g’risida»gi Konventsiya bolalar huquqlarini hamma joyda himoyalash maqsadida ishlab chiqilgan inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb butun jahon mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konventsiyani ratifikatsiya qilgan 191 mamlakat ko’ngilli tarzda zimmalariga «Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya» qoidalarini ma’muriy qonunchiliq sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tatbiq etish majburiyatini oldilar.
«Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya» kompleks va ko’p qirrali harakterda bo’lib, bu barcha bolalar uchun inson hukuqlarining fuqaroliq siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari jabhalarni ta’min etadigan yagona konventsiyadir.
Bu Konventsiya qat’iy faoliyat ko’rsatadi. Barcha hukumatlarni hamma bolalarning huquqlarini himoya etish uchun sa’y- harakatlar qabul etishga chaqiradi. SHuningdek bu konventsiya yaxlitdir, chunki unda ta’kidlanishicha, barcha huquq muhim, mushtaraq bir-birlariga bog’liq va tengdir. «Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya» barcha bolalarning huquqlarini himoya qiladi. Mazkur Konventsiyaning 2-moddasida «Bolalar, ularning ota-onalari, boquvchilarining irqlari, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sog’ligi, qanday holatda tug’ilganliklari va boshqa holatlaridan qat’iy nazar kamsitishlarga mahkum etilmasligi kerak», deb qat’iy belgilab qo’yilgan.
Demak bu Konventsiyadagi barcha huquqlar maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun ham tegishli bo’lib, ularga barcha bolalar qatori teng munosabatda bo’lish kafolatlanadi. SHunday ekan, «bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya» maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqini ham kafolatlaydi. Aynan 28- modda «Ta’lim - insonnnng siyosiy huquqi» deb nomlangan bo’lib, unda ishtirokchi-davlatlar barcha bolalarning ilm olish huquqini e’tirof etadilar hamda ana shu huquqni teng imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta-sekin erishish maqsadida, bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni joriy etadilar, deyilgan. Ushbu modda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ta’lim olishlarini, ular uchun ham ta’limning majburiy ekanligini ko’rsatib turibdi. «Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya» maxsus ehtiyojli bolalarning ham barcha huquqlarnni kafolatlar ekan, «Barcha huquqlar - barcha bolalarga» tamoyili e’tirof etilishi ma’lum bo’ldi.
«Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya»ning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim-tarbiyasi xususida qisqa va aniq qilib quyidagicha ta’kidlangan: «Nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita hisoblangan ta’lim olishga har tomonlama yordam berilishi lozim». Bu qoidadan shu narsa ayon bo’ladiki, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyat hayotida to’liq ishtirok etishi, madaniyatga hamohang bo’lib o’sishi, uning boyliklaridan, go’zalligidan bahra olib, jamiyatning rivojiga hissa qo’shishlarining ahamiyati juda kattadir.
Mana shunday imkoniyatlardan foydalanish va joriy etishda maxsus ta’lim muassasalarining ta’lim tizimi va mazmuni talabga javob bermaydi. SHuning uchun ham insonparvarlik puqtai nazaridan jahondagi ko’plab mamlakatlar maxsus- segregatsion ta’lim tizimini inkor eta boshladi.
Buning natijaenda esa 1990 yilda Tailandda o’ta muhim umumjahon Konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferentsiyada «Ta’lim hamma uchun» Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilindi. «Ta’lim hamma uchun» Umumjahon Deklaratsiyasini dunyoning 155 ta davlat hukumatlari va 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlari qabul qildilar. «Ta’lim hamma uchun» Umumjahon Deklaratsiyasi har bir bolaning to’laqonli va mukammal ta’lim olishini kafolatlaydi.
Ushbu Deklaratsiyada quyidagicha bayonot qabul qilingan: «Maktablar bolalarning imkoniyatiga qarab emas, ish sifati va maktab ta’limiga javob berishi bilan harakterlanadi. Ular quyidagilardan iborat:

  • har bir bolaning huquqi ommaviy maktabda ta’lim-tarbiya olishni talab etadi;

  • o’qitishning metod va metodikalari bolaning nuqsoniga qarab tanlanadi:

  • maktabda to’laligicha korrektsion-pedagogik yordam tashkil etiladi;

  • bolalar to’g’risidagi qaror kompleks tarzda qabul qilinadi;

  • bolaning har bir shaxsiy huquqi kafolatlanadi;

  • maktabda integratsiya tamoyiliga o’quv rejaning asosi sifa­tida haraladi;

  • inklyuziv maktablarning moddiy ta’minoti yaxshilanadi.

  • «Ta’lim hamma uchun» Umumjahon Deklaratsiyasi maqsadlarini amalga oshirish va maxsus yordamga muhtoj bola­larning to’laqonli, mukammal ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida 1994 yilning 7-10 iyun’ kunlarida Ispaniya davlatining va UNESCO yordamida Salamanka shahri (Ispaniya)da ikkinchi yirik Umumjahon Konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur Konferentsiya «Salamanka Deklaratsiyasi va alohida yordamga muhtoj bolalar ta’limining kelgusida ijrosini ta’minlash Ramkasi» deb atalib, shu yili «Salamanka bayonoti va ish faoliyati Rejasi» nomi bilan uning ish mazmuni nashr etildi. Bu hujjatda e huquqlaR bo’yicha bayonotlar mazmunlarini yorituvchi fikrlar bayon etilgan. «Salamanka bayonoti va ish faoliyati Rejasi»ning asosiy yetakchi tamoynli shundan iboratki, maktablar barcha bolalarni, ularning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar o’qishga qabul qilishlari lozim. Maz­kur hujjatda ta’kidlanishicha:

«Har bir bola ta’lim olish va o’ziga muvofiq darajada niiimga erishish huquqiga ega:
Ta’lim tizimi va ta’limiy dasturlar turli xil xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga o’nalltirilsin. Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoniyati yaratilsin;

  • Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash oddiy maktalarning ish faoliyati doirasiga kirar ekan, bu jarayon quyidagi maqsadlarga erishishning eng samarali vositasi bo’la oladi:

  • Ajratib qo’yish illatiga qarshi kurashilsin;

  • Do’stona. insonparvar jamoalarni yaratish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni ko’rish;

  • Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish» (Salamanka bayonoti, 2-band);

«Salamanka Bayonoti va Ish faoliyati rejasi»da «Ta’lim hamma uchun» shiori ilgari surildi. «Ta’lim hamma uchun» shiori deganda nogiron bo’lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo’yilgan guruhlardan kelib chiqqan bolalarning ham teng huquqlilik asosida ta’lim olishlari tushuniladi.
Ushbu harakat rejasining asoslanadigan muhim tamoyili quyidagilardan iborat:
«Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko’chmanchi xalqlarga tegishli bo’lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil etgan oilalarning bolalari kiradi» (Harakat Rejasiga kirish. 3-band)5.
«Salamanka Bayonoti va Ish faoliyati Rejasi»da maxsus ehtiyojli bolalarga umumta’lim tizimi sharoitida inklyuziv ta’lim berish lozimligi alohida ta’kidlanib, har bir bolaning boshqalarnikiga o’xshamagan o’z ehtiyojlari mavjudligi, shuningdek har bir bola yashash joyiga yaqin bo’lgan maktabga borish huquqiga egaligi alohida ta’kidlab o’tilgan.
Bunday maktablarning asosiy maqsadi barcha bolalarga samarali ta’lim beribgina qolmay, maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan inklyuziv va iliq munosabatli jamiyat yaratib, diskriminatsion o’zgarishlarga barham berishdir.
«Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasi»ning ishlab chiqilishi jahon miqyosida «Ta’lim hamma uchun» mazmunidagi ta’lim siyosati ilgari surilib, maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida o’qitishning yo’llari belgilab berildi. Ammo bu ta’lim tizimining mazmun-mohiyatini yanada aniqroq va mustahkamroq huquqiy jihatdan asoslash, qat’iy belgilab berish lozim edi. SHuning uchun ham 2000 yilning 26-28 aprel’ kunlari Dakarda ta’lim to’g’risida xalqaro Forum qatnashchilari tomonidan «Dakar harakat dasturi»ni Qabul qilganliklari tahlil etildi. Ular 10 yil oldin qabul qilingan «Ta’lim hamma uchun» Xalqaro Deklaratsiya (Djomt’en - Tailand,1990)ni qayta tasdiqlab, ratifikatsiya qildilar.
«Dakar harakat dasturi» «2000 yilga qadar jahon miqyosida ta’lim hamma uchun amaliy faoliyatining darajasini baholash» maqsadiga asoslanadi. Bu baholashda har bir davlatga o’zining ta’limini barcha bolalar uchun ta’minlanganlik darajasini tahlil qilib chiqish vazifasi topshirildi. Tahlil asosida har bir davlat 6 ta hududiy Konferentsiyalarni o’tkazish davomida 1990-2000 yillarda erishgan yutuqlarini Djomt’enga yetkazib turishi lozim, deb belgilandi.
«Dakar harakat dasturi»ga kirgan barcha davlatlar 2002 yilga qadar «Ta’lim hamma uchun» rejasini mukammal tuzib, 2015 yilga qadar bu ta’lim tizimini amaliyotga to’liq joriy etishlari lozim, deb topildi. Ushbu harakat rejasi tarkibiga kiruvchi davlatlarning barchasi «Har bir insonga va har bir jamiyatga» shiori ostida barcha insonlar va bolalar ta’limini to’laqonli ta’minlash majburiyatini oladilar. Bu harakat dasturida «Ta’lim xavfsiz, sifatli, bolaning sog’ligini himoya qilib, mustahkamlaydigan, hamma uchun birdeq inklyuziv tarzda va barcha zaruriy resurslar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. O’qituvchilar saviyasi va o’quv rejalar «Ta’lim hamma uchun» maqsadlariga javob berishi kerak», deb belgilangan. Uchinchi ming yillik arafasida o’tkazilgan mazkur Dakar Umumjahon konferentsiyasida xalqaro va milliy me’yoriy hujjatlarda
e’tirof etilgan ta’lim olishdagn tenglik amalga tatbiq e’tilayotganligi alohida ta’kidlandi.
Bu Deklaratsiyada quyidagicha bayonot qabul qilindi:
“Har bir inson: bola, o’smir va kattalarning har biri ta’lim
olishlari shart va bu ta’lim uning asosiy o’quv imkoniyatlariga
ega bo’lishi lozim»
Nuqsonli bolalarning o’quv imkoniyatlari asosiy o’rinda turadi. Barcha nuqsonli bolalarning nuqsonlarini erta aniqlab ta’limga jalb qilish imkoniyatini topmoq kerak. SHunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar, xalqaro Forum, Konferentsiyalar asosida maxsus ehtiyojli bolalar jamiyatning to’laqonli va teng huquq a’zosi ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha yondashuv maydonga keldi.
Ushbu ta’lim shakllari inklyuziv va integratsion ta’lim deb ataladi.
«Nogiron shaxslar huquqlari to’g’risidagi Deklaratsiya»ning mazmunidan shu narsani anglash mumkinki, nogiron fuqoralar uchun jamiyat hayotida to’liq ishtirok etish kafolatlanadi. Ammo mazkur Deklaratsiyada nogiron bolalar, ularning ta’lim olish imkoniyatlari va barcha davlatlar tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarning huquqlari batafsil yoritilganligi aniqlandi. Bu xususda R. A. Suleymenova: «Agarda nogiron bolalarning o’z jamoalari va butun jamiyat ijtimoiy hayotiga jalb qilish rad etilsa, ularning imkoniyatlari keskin kamayadi», - deb ta’kidlaydi. Ta’limning uzluksizligi, yangi global iqtisodiyotning kalitidir. Ta’lim rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va inson ozodligi uchun buyuk ahamiyatga ega.
Juda ko’plab davlatlarda maxsus yordamga muhtoj bolalarni kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashtirishni to’laligicha yo’lga qo’yish maqsadida umumta’lim maktablarida ta’lim berish davlat siyosati rejasiga kiritilgan. «Ta’lim tizimi, - deb yozadi L. S. Vigotskiy, - nuqsonli bolani tarbiyalashning asosiy vazifasi boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish va uning hayotga integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki, maxsus yordamga muhtoj bola o’qish jarayonida har tomonlama rivojlansin. L. S. Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni uyg’unlashtiradigan ta’lim tizimini tashkil etish maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimida o’qitishni e’tirof etadi".

INKLYuZIV TA’LIMNING XUQUQIY ASOSLARI

Xalqaro miqyosida

Inson

«Nogiron

«Bolalar

«Ta’lim

Salamanka

«Ta’lim

Huquqlari

huquqlari

Huquqlari

Hamma

Bayonoti

Hamma

Umumjahon

to’g’risidagi

to’g’risida»

uchun»

(1994 yil)

uchun» Dakar

Deklara­

Deklaratsiya

gi Konven­

Umumjahon




Deklara­

tsiyasi (1948

(1975 yil)

tsiya

Deklara­




tsiyasi (2000

yil)




(1989 yil)

tsiyasi (1990




yil)










yil)







1). BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi»gi Konventsiyasi hamma bolalarni, shu qatori maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ham himoya qiladi va qo’llab-quvvatlaydi. Aynan 2, 23, 28, 29 - moddalarda maxsus ehtiyojli bolalari huquqlari belgilangan.


Bolalar huquqlari To’g’risidagi Konventsiyaning 2-moddasi maxsus yordamga muxtoj bolalar uchun asosiy modda hisoblanadi. Unda mazkur Konventsiyadagi har bir modda irqi, dini, millati, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha bolalaga tegishliligi haqida ta’kidlanib, “Barcha huquqlar har bir bola uchun tegishli. Kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko’rish ishtirokchi davlatlar majburiyatlariga kiradi” deb bayon qilingan.
SHuningdek, Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiyaning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limi xususida quyidagicha ta’kidlangan “Nogiron bolani maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uni ijtimoiy hayotga qo’shishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita hisoblanadigan ta’lim olishga har tomonlama yordam berishi lozim. Ishtirokchi davlatlar aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o’zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o’ziga ishonch tug’diradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda yashashlarini ta’minlaydilar”.
Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish ularning haq-huqularni ta’minlaydi. SHuning uchun Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya maxsus ehtiyojli bolalarni huquqlarni ta’minlaydigan asosiy huquqiy me’yoriy hujjatdir.
2). Salamanka bayonoti va ish faoliyati rejasi inklyuziv ta’lim bo’yicha halqaro miqiyosidagi hujjatdir. Ushbu hujjat 1994 yilda YuNESKOning maxsus ehtiyojli shaxslar ta’limini tashkil etishga qaratilgan “Ta’lim hamma uchun” g’oyasini rag’batlantirishga yo’naltirlgan Salamankada tashkil etilgan Konferentsiyada inklyuziv ta’lim kontseptsiyasini rivojlanishi uchun zarur bo’lgan siyosiy, tashkiliy, huquqiy, uslubiy o’zgarishlar ko’rib chiqildi. SHu asosda ta’lim tizimi va mazmuni tubdan qayta ko’rib chiqildi va alohida ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimida ta’lim olishi uchun zarur bo’lgan huquqiy me’yoriy asoslari yaratildi.
Ushbu harakat rejasining asosiy tamoyilliri jumlasiga quyidagilar kiradi: “Maktablar jismoniy aqliy, ijtimoi, emotsional, tilidagi va boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi shart...” (Salamanka Bayonoti, 3-band)
Salamanka Konferentsiyasida inklyuziv ta’limni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan siyosatdagi o’zgarishlar ko’rib chiqildi, hamda qatnashchilar umumta’lim maktablarini maxsus ehtiyojli bolalrga moslashtirish usullarni ishla chiqdilar. Unda ikkita yo’nalish belgilab olindi:
Maorif tizimi va ta’lim dasturlari turli xususiya va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib shu ishga yo’naltirilsin;
Maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoniyati yaratilsin.


8-Mavzu. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga joriy etishda maktabgacha ta’lim rahbariyati va pedagoglarning vazifasi.
Reja:

  1. Inklyuziv sinf o’qituvchisi vazifasi.

  2. Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisining o’rini.

  3. Psixologning faoliyati

  4. Ijtimoiy pedagog - ijtimoiy xodim vazifalari

  5. Nogironlikning ijtimoiy modeli

  6. Nogironlikka tibbiy yondashuv

Tayanch sozlar: Kompeleks yordam, Inklyuziv sinf, resurs oqituvchi, Ijtimoiy pedagog.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumtalim tizimida oqitish o’qituvchilardan ikki karra masuliyat bilan ishlashni talab etadi. SHuning uchun ham oliy pedagogik malumotli va malaka oshirish kurslarini o’tab inklyuziv talim pedagogik kvalifikatsiyasini olgan oqituvchilargina inklyuziv sinf oqituvchisi etib tayinlanishi mumkin.
Inklyuziv sinf oqituvchisi umumiy orta talim muassasa ustavida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda:

  • tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishini korrektsiyalash va meyorga keltirish ishlarini olib boradi;

  • bolalarning faolligini, ta’lim samaradorligini oshiruvchi metodlarni qo’llaydi;

  • diqqat-e’tibor, xotirani, kuzatuvchanliq sinchkovlik va boshqa qobiliyatlarini tarbiyalaydi;

  • o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini, bolalarning bilishga doyir qiziqishlarini va qobiliyatini rivojlantiradi.

Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida o’rin egallaydi. Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda sog’lom va alohida ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni rejalashtirishi hamda shu asosida ish olib borishi kerak. SHuningdek tarbiyachi alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash masalasida ota-onalarga va qonuniy vakillarga metodik yordam ko’rsatadi, kerakli ish hujjatlarini yuritadi.
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi lozim. .

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə