1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»


Inklyuziv ta’limning O’zbekistondagi huquqiy asoslari



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə10/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Inklyuziv majmua

Inklyuziv ta’limning O’zbekistondagi huquqiy asoslari.

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil; 41-modda)

  • «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoyalash to’g’risida»gi Qonun (1991 yil, 19, 27-moddalar)

  • «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun (1997 yil, 22, 23-moddalar)

  • «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun (2008 yil; ta’lim olishdagi teng imkoniyatlar va alohida kafolatlari, 28, 29-moddalar)

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (o’quvchilarni qobiliyat va imkoniyatlariga muvofiq o’qitishga differentsion yondashuv)

  • «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi (2007yil, 4. 2-bandi), «Yoshlar yili» Davlat dasturi.

Natijada
-inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi;
-inklyuziv ta’lim barcha uchun, ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat qilishi mumkin;
- Jamiyatga erta moslashadi, o’z tendoshlari bilan teng xuquqga ega bo’ladi.
- Barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo’ladi.
Inklyuziv ta’limning muammolari.
-O’quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlamaganligi;
-Nogiron bolalarga nisbattan salbiy munosabatda bo’lish;
-Imkoniyati cheklangan bolalarning sog’lom tengdoshlari orasida ko’rinmasligi;
-Ta’lim muassasalarini moslashtirilmaganligi;
-Sinfda o’quvchilar sonining ko’pligi;
-Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi;
-Kadrlar masalasidagi muammolar.
-Jamiyatni va ota-onalarning inklyuziv ta’limnini moxiyatini tushunmaganliklari.
SHunday qilib, inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun zarur:



    • xuquqiy asoslarini takomillashtirish;

    • nogiron bolalarga nisbattan do’stona munosabatni shakllantirish;

    • bolaning rivojlanishida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan korrektsion tadbirlarni erta yoshdan boshlash;

    • umumiy ta’limga jalb qilingan har bir bola uchun tibbiy-psixologik-pedagogik kuzatuvni, ya’ni mutaxassislarning doimiy yordamini tashkil etish;

    • imkoniyatlari cheklangan har bir bolaning sog’lom bolalar bilan birgalikda tarbiya va ta’lim olishining zarur shakllarini ta’minlash;

Bolalar ongida irqchilik, nog’ironlik hamda imkoniyatlar kengligi xususida to’g’ri tushunchalarni shakllantirish inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirishda juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Noto’g’ri tushunchalarning mavjudligi sababli imkoniyati cheklangan bolalar xaqorati va masxaralanishiga duchor bo’lmoqdalar. Bundan ham ayanchlisi shu kabi salbiy munosabatdagi xulk-atvorni ayrim o’qituvchilarning e’tiborsiz koldirayotganligidir. Ta’lim-tarbiya samaradorliginioshirish uchun ham barcha maktablarda hamma bolalar uchun teng huquqli, sevimli, do’stona iliq munosabatdagi muhitni yaratish lozim. Maktabda irkchilikni, nogironlik ustidan kulishni koralanishi va urtasidagi teng huquqlilik tushunchasini shakllantirish kerak. Biz quyida bolalar urtasida teng huquqlikni tushunchalarni shakllantirish bo’yimkoniyati cheklangana tavsiyalar berildi:

  • Pedagoglar barcha sinflarda bolalar o’z hayotlari va his tuyg’ularini muhokama qila oladigan o’zoro qo’llab – kuvvtlovchi va ham jihatlikdagi ijobiy muhitni yaratishga yordam berishlari lozim;

  • O’quvchilar ongiga nogironlik – alohidalik emas, balki kamchilikni majudligi natijasida imkoniyatlar chegaralanganligini tushuntira bilish lozim. Nogiron bolalardan kurkish, jirkanish hislarini yukotishga erishish talab etiladi.

Pedagoglar ayrim holatlarda stereotiplarni qo’llashdan kochishlari va tashabuslari qo’llashdan keyin ham bolalar oldida sharxlamasliklari lozim. Ular bolalarga nima uchun lakab kuyish, masxara qilish, salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishini tushuntirib berishlari va bunga yul kuymasliklari talab etiladi.
Zarur bo’lgan holatlarda imkoniyati cheklangan bolalarda ayrim o’quvchilar tamonidan biliralayotgan salbiy munosabatlarni butun sinf bilan muhokama qilish urinli hisoblanadi. Ijobiy natijaga erishish uchun oxirgacha kurashish lozim.
Har bir muhokama bolalarning yutuklarining uning avvalgi yutuklariga salishtirib, kayd etib, takidlab borish muhimdir. o’quvchilar bilan turli xildagi va psixologik testlar o’tkazishda bolaning irkiga, ijtimoiy kelib chiqishiga, jinsi va nogironlikka oid savollarni bermaslik ayni muddao.
Ukituvchilar ishlarini va ularning yutuklarini barcha sohalarida maktab va maktabdan tashqari ishlarda namoyish qilib borish kerak. Darslarga materiallar tayyorlashda imkoniyati cheklangan bolaning ijod namunalarini ham qo’llash juda samara beradi.
Kitob, plakatlar va dasturlarni qo’llayotib, shunga ishonch hosil qilish kerakki,ular inklyuziv ta’limga mos kelishi kerak. Maktablar ochik bo’lishi, o’quvchilar, ota-onalar va pedagoglar mulokat qila bilishi ker
Imkoniyatlari cheklangan bolalarning, hoh u maxsus maktab, maktabgacha muassasalar bo’lsin, hoh umumta’lim muassasalari qoshidagi sinf yoki guruhlar bo’lsin, hoh uyda ta’lim olish bo’lsin, o’qitishning barcha shakllari, ita’lim sohasiga jalb qilinishi ma’lum jihatdan integratsiya jarayoni hisoblanadi, chunki o’qish davrida va undan keyin ham bu bolalar boshqa bolalar, shu jumladan umumta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan bolalar bilan o’zaro muloqotda bo’ladilar, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga uyg’unlashuvi ta’minlanadi. Biroq, ta’lim olish uchun mos shart-sharoitlarni tanlash har bir bolaning va ota-onasinig huquqi hisoblanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya mutaxassislari zimmasiga bolaning ruhiy-jismoniy holatini o’rganish va tashxis qilish vazifasi yuklangan bo’lib, bolani har tomonlama tekshirish natijasida bolalarni o’qitish va ularga mos keladigan ta’lim sharoitini aniqlashga doir tavsiyalar beriladi. SHunday qilib, o’ziga xos ehtiyojlari bo’lgan bolaning umumta’lim sohasiga samarali jalb qilinishi uchun quyidagilar zarur:

  • bolaning rivojlanishida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan korrektsion tadbirlarni erta yoshdan boshlash

  • umumiy ta’limga jalb qilingan har bir bola uchun tibbiy-psixologik-pedagogik kuzatuvni, ya’ni mutaxassislarning doimiy yordamini tashkil etish;

  • ruhiy-jismoniy rivojlanishi va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, imkoniyatlari cheklangan har bir bolaning sog’lom bolalar bilan birgalikda tarbiya va ta’lim olishining zarur shakllarini tanlashni ta’minlash;

Yuqorida ko’rib chiqilgan inklyuziv ta’lim to’g’risidagi zarur tushuncha va fikrlar integratsiya ta’limini amaliyotga tatbiq qilishda foydali bo’lishi mumkin. Olib borilgan so’rovnomalar tahlili imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
– CHunonchi umumta’lim muassasalari sharoitini imkoniyati cheklangan bolalarga moslashtirib ta’lim va tarbiya berish natijasida bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar shakllanib boradi. Bunday bolalar va o’smirlarning ijtimoiy jamiyatga erta va to’laqonli moslashuvlari ta’minlanadi.
Inklyuziv ta’limni O’zbekiston Respublikasida joriy qilishning yana bir afzallik tomoni shundaki, maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo’lmagan joylarda ham imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimiga to’liq jalb qilinishiga imkoniyat yaratiladi.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo’lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo’shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o’qitish bir muncha samarali va unumli bo’lsa unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar yutadi.
Inklyuziv ta’lim madaniyati
“Salamanka deklaratsiyasi”ga muvofiq har bir o’quvchining tafovut xususiyatlarini qo’llab-quvvatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadlari, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregatsiyaga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Dunyo bo’yicha maktablarda inklyuzivga ko’pincha umumta’lim maktablarida nogironlarni o’zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olishi deb qaraladi.
Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyojlar va sabablar.
Har bir shaxsda mehr olish, etiborda bo’lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruxlantirish va shu kabi ehtiyojlar mavjud. Nogiron odamlar bundan mustasno emas, lekin bulardan tashqari ularning alohida shaxsiy ehtiyojlari mavjud. Ularning xatti harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari kabi jihatlariga asoslangan holda nogironliklari oz bo’lsada o’xshash bo’lgan taqdirda ham ular bir biridan farq qiladi masalan: ikkita nogironligi bir xil bo’lgan bolalarning biri ijobiy, ruxlantiruvchi muhitda yashashi mumkin, ikkinchisi esa salbiy, ko’ngilni qoldiruvchi muhitda yashashi mumkin. Ularning ikkalasi ham nogiron bo’lsada, bu ularga bir xil yordam ko’rsatilishi kerak degani emas. Ularning ehtiyojlari yakkama-yakka holda qondirilishi lozim. Ushbu muammoni muhimligi amaliyotda keng tan olingan.
Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayotga moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir. Ba’zi bir bolalar boshqalardan ko’ra ko’proq yordamga muhtojdir. Boshqalari esa hayotning ma’lum bir paytida yoki butun hayotlari davomida maxsus yordamga muhtojdirlar masalan, maktabda ta’lim olayotgan chog’larida. Bu kabi maxsus qo’shimcha yordam “Maxsus ta’limga borib taqaladi”. Hozirgi kungacha umumiy ta’lim maktab tizimi vakillarining “Bular bizning bolalarimiz emas. Ular maxsus ta’limga qarashli. ” degan gaplarini juda ko’p eshitganmiz. SHu kabi masalalar bugungi kunda nogiron guruhlarga asoslangan klassifikatsiyasini va maxsus ta’limga muhtoj bolalar tushunchasini o’zgartirishga asos bo’lmoqda. Umumta’lim maktablarida nuqson turiga ko’ra sharoit yaratilsa, ko’pchilik maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini oddiy maktabning o’zida ham maxsus dastur, darsliklar va yordamchi texnik vositalarni qo’llashi asosida ta’lim olishini amalga oshirish mumkin.
Maxsus yordamga muhtoj bolalarning asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muhitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, cheklab qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan, ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin.
Imkoniyati cheklangan bolalarnining ta’lim-tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish, ya’ni mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor:
Birinchidan, maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini, nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar.
Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonma-yon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.
Bu ishlarning muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. CHunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-o’quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatishlari talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.
Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyati darajasida faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o’rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy xayotda tenghuquqli ekanligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar.
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregatsion-maxsus, yopiq turdagi muassasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korrektsiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda sog’lom boalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan katta kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to’g’ri kelmaydi. CHunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-huquqlarga ega.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.
Jamiyatda nogironlarga nisbatan yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularga yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim-tarbiya berilishi bunga sabab bo’lishi mumkin. Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi.
Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish.

      • Uqituvchi ko’rishida nuxsoni bo’lgan boladan (agarda u zaif ko’ruvchi bo’lsa) sinf taxtasini ko’rish uchun eng qulay joygi surab uni usha joyga o’tkazishi lozim;

      • Agar ko’rishida nuxsoni bo’lgan bolaning kuzlari yoruglikka sezgir bo’lsa, uni deraza yoniga o’tkazmaslik kerak. SHuning uchun ham bolaning kuzlarini yoruglikdan saklash uchun karton tusikni ishlatish mumkin;

      • Sinfdagi eng axlokiy va olijanob o’quvchilarni aniqlab, ko’rishida nuxsoni bo’lgan bolaga «yul boshlovchi» o’quvchi qilib tayinlansa yuqori natijaga erishish mumkin;

      • Ukituvchi sinf taxtachasiga yozilgan ma’lumotlarni baland ovozda o’qishi talab etiladi;

      • Ko’rishida nuxsoni bo’lgan bola ma’lumotlarni eshitish va taktil sezgilari asosida egalaydilar. SHuning uchun ham ularga buyumlarni ushlab ko’rish imkoniyatini berish kerak;

      • Ukituvchi sinfiy munozaralarda kim gapirayotganligini ko’rishida nuxsoni bo’lgan bola bilishi uchun har bir o’quvchining ismini aytib turishi kerak.

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish

    1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani o’qituvchi va doskaga yakinrok (3 metrdan oshmasligi),sinfdagilarning barchasini ko’ra oladigan joyga o’tkazish ;

    2. Ukituvchi dars jarayonida faqt sinfga o’quvchilarga qarab dars o’tishi, eshitmaydigan o’quvchilarni o’ziga qaratib dars boshlashi; Ukituvchi mavzuni tushintirayotgan paytda kitob yoki boshqa buyumlar bilan yuzini byokitmasligi, doskadagi ma’lumotlar haqida tushuncha berayotagnda esa orka tomoni bilan turib kolmasligi shart. CHunki eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning ko’pchiligi o’quv materiali, tushuntirish, murojaat va h. k. o. larni labdan o’qish asosida qabul qila oladilar;

    3. Inklyuziv sinf xonasi yaxshi yoritilgan bo’lishi kerak. CHunki eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qituvchi va o’quvchilarning yuzini, qo’llarini yoki labini yaxshi ko’rishi kerak;

    4. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani boshqa bolalarning labini ko’ra olishi uchun partalarni shunga muvofik tarzda joylashtirish lozim;

    5. Doimiy ravishda sinfda shovkin kutarmasligi talab etiladi. Inklyuziv sinf xonasi maktabning tayach va sokin tarafida bo’lishi talab etiladi;

    6. O’kituvchi aniq talaffuz va baland ovozda lekin bakirmasdan gapirishi tavsiya etiladi.

Tayanch-harakat a’zolardaida inklyuziv ta’limida muammolari bo’lgan bolalar sinflarni va dars jarayonini moslashtirish.
Yengil darajagi tserebral falaj bolani umumta’lim sinflarda o’qitish uchun ko’p narsa talab etilmaydi. Ammo og’ir darajadagi tserebral falaj bolani umumta’lim tizimida o’qitish sinfni moslashtirish bir oz murakkabroq. Buning uchun sinfni moslashtirish kuydagimkoniyati cheklangana bo’lishi mumkin:

    1. Tserebral falaj bola o’tirganda boshi va gavdasini to’g’ri tutish uchun masus urindiklar;

    2. Bolaning bo’yini kerakli darajada tuta olishi uchun maxsus urindiklar;

    3. Ukituvchi va tengdoshlar bolani tushuna olishlari uchun mulokat taxtalari (masalan, rasm yoki turli razmiy belgilardan tashkil topgan taxtalar);

    4. Bola sinfda harakatlana olishi uchun sinf xonasining devorlariyoniga yordamchi vositalar kuyish;

    5. Sinf xona partalari tserebral falaj bolaning aravachasi uchun moslashtirish;

    6. Agar bolaning nutqida og’ir nuqsonlar bo’lsa mulokatning boshqa shakllardan, masalan rasmlar yoki chizilgan razmiy kartochkalardan foydalanish mumkin. Ular sinf taxtasiga joylashtirilsa, bola o’z fikrini bu vositalar orqali ifoda etadi;

    7. Bolani savollar berishga undang, lekin unga o’z nutqi bilan yoki boshqa vositalar orqali javob berishga fursat bering;

    8. Kompeleks yordam (tibbiyot xodimi logoped, massajist yordami) turini tashkil etish;

    9. Tengdoshlaridan bola bilan o’zaro mulokat qilishlarini surang, chunki bolalar doimo bir birlari bilan mulokat qilish yulini topadilar;

Kul, oyoglarni boshqara olishda kiynalgan bolalar yozishda juda ko’p qiyinchiliklarga uchraydilar. SHuning uchun ularning yozishlarga kushimcha vakt ajratish lozim, yoki ularga ma’lumotning nusxasi berilishi yoki boshqa o’quvchi ularga yozib berishi mumkin.
Engil darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish.
1. Aqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalar diqqatini tarkakligini hisobga olib partada ortiqcha narsalar bo’lmasligi kerak;
2. Aqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalar tez charchab qolishini hisobga olgan holda, ular harakatda bo’lish imkonini beruvchi topshiriqlar berib turish («daftarlarni yig», «doskani tozala» kabi);
3. Har bir darsda jismoniy daqiqa o’tkazishni unutmaslik;
4. Sinfda yetakchilik qobiliyatiga ega bo’lgan o’quvchini aniqlab, «sinf boщqaruvchisi» (imkoniyati cheklangan o’quvchi) etib tayinlash (bu o’quvchidan o’qituvchi aqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bola bilan ishlayotganda ko’proq foydalanadi);
5. Aqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalarni sinfdagi eng a’lochi o’quvchi bilan birga o’tqazish;
6. Darsda asosiy ko’rgazmallikka taynish;
7. Akliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolaga topshiriqlarni qismlarga bo’lib berish;
8. Bolani ragbatlantirishni unutmaslik;
9. Usullarning xilma – xilligidan doimiy ravishda foydalanish;
10. O’yin metodlariga maksimal darajada tayanish;
11. Bola topshiriqni bajarayotganda unga kushimcha yoki amaliy ko’rsatma ham berish;
12. Sinf jamoasigaaqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolaning ham hissasi kushiladigan topshiriqlar berish;
13. Doimiy ravishdaaqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolani nazorat ostiga olish.
Sinf va guruhlarda inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish.
Bolalar ongida irkchilik, nog’ironlik hamda imkoniyatlar kengligi xususida to’g’ri tushunchalarni shakllantirish inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirishda juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Noto’g’ri tushunchalarning mavjudligi sababli imkoniyati cheklangan bolalar xakorati va masxaralanishiga duchor bo’lmoqdalar. Bundan ham ayanchlisi shu kabi salbiy munosabatdagi xulk-atvorni ayrim o’qituvchilarning e’tiborsiz koldirayotganligidir. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun ham barcha maktablarda hamma bolalar uchun teng huquqli, sevimli, do’stona iliq munosabatdagi muhitni yaratish lozim. Pedagoglar barcha sinflarda bolalar o’z hayotlari va his tuyg’ularini muhokama qila oladigan o’zoro qo’llab – kuvvtlovchi va ham jihatlikdagi ijobiy muhitni yaratishga yordam berishlari lozim; o’quvchilar ongiga nogironlik – alohidalik emas, balki kamchilikni majudligi natijasida imkoniyatlar chegaralanganligini tushuntira bilish lozim. Nogiron bolalardan kurkish, jirkanish hislarini yukotishga erishish talab etiladi.
Pedagoglar ayrim holatlarda stereotiplarni qo’llashdan kochishlari va tashabuslari qo’llashdan keyin ham bolalar oldida sharxlamasliklari lozim. Ular bolalarga nima uchun lakab kuyish, masxara qilish, salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishini tushuntirib berishlari va bunga yul kuymasliklari talab etiladi.
Zarur bo’lgan holatlarda imkoniyati cheklangan bolalarda ayrim o’quvchilar tamonidan biliralayotgan salbiy munosabatlarni butun sinf bilan muhokama qilish urinli hisoblanadi. Ijobiy natijaga erishish uchun oxirgacha kurashish lozim.
Har bir muhokama bolalarning yutuklarining uning avvalgi yutuklariga salishtirib, kayd etib, takidlab borish muhimdir. o’quvchilar bilan turli xildagi va psixologik testlar o’tkazishda bolaning irkiga, ijtimoiy kelib chiqishiga, jinsi va nogironlikka oid savollarni bermaslik ayni muddao.
Ukituvchilar ishlarini va ularning yutuklarini barcha sohalarida maktab va maktabdan tashqari ishlarda namoyish qilib borish kerak. Darslarga materiallar tayyorlashda imkoniyati cheklangan bolaning ijod namunalarini ham qo’llash juda samara beradi.
Kitob, plakatlar va dasturlarni qo’llayotib, shunga ishonch hosil qilish kerakki,ular inklyuziv ta’limga mos kelishi kerak. Maktablar ochik bo’lishi, o’quvchilar, ota-onalar va pedagoglar mulokat qila bilishi kerak.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə