1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə18/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Inklyuziv majmua

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Madlen
M. Reynxolds 1989 yil maxsus ta’lim muhitini, ya’ni nogiron bolalarni ommaviy maktablarda ta’lim sharoitlarining yaxshilanishi maxsus sinf va maktablarga yuborilayotgan bolalar sonining kamayishiga olib keladi, deb hisoblaydi Hozirda Amerikada maktablarni shunday faoliyat olib borishiga jamiyatning qiziqishn ortib bormokda, chunki bunday maktablarga barcha o’quvchilarni jalb qilish imkoni ortadi, degan fikrni bildirdi.
SHu tariqa inklyuziya - bu ta’lim olishni tashkil qilishnnng shunday asosiki, bunda hamma o’quvchilar tengdoshlari bilan birgalikda o’zlarining yashash joylariga taallukli bo’lgan maktablarda ta’lim oladilar. Inklyuziya tushunchasi zamonaviy ta’lim siyosatiga Madlen Uill xonimning ta’lim siyosatidagi ishlari asosida kiritilgan. Uillning ta’kidlashicha, pedagoglar ko’pchilik nogiron o’quvchilar uchun «pull-out» xizmati samarasiz ekanligini ta’kidlashmokda. «Pull-out» bu shunday xizmatki, sinfda dars olib bo’lgach, o’quvchilarni darsdan chiqib ketishlarini talab etadi. Gap shundaki, ko’pincha maxsus sinflarga turli guruhlardagi o’quvchilar: pedagogik qarovsiz bo’lgan, nogiron, aqli zaif, xulqida qiyinchiligi bo’lgan, diqqati tarqoq va giperaktiv o’quvchilar yuborilar edi. Bundan tashqari tadqiqotchilar maxsus muassasalarga kelgan bolalar xech qachon ommaviy maktablarga qaytib kelmasligidan tashvishlanar edilar.
Inklyuziv ta’limning asoslari shundan iboratki, nogiron
o’qvvchilarni turli ehtiyojlarini qondirishi kerak. SHunga ko’ra bunday maktablarning oldiga kuygan asosiy maqsadi barcha o’quvchilarga to’laqonli ijtimoiy hayotida, jamoa ishlarida va mahalliy jamiyatda faol ishtirok etishida shu jamiyatning bir a’zosi sifatida bir-biriga yordam berishga qaratilgan. Bu tushuncha integratsiya va mentsinglingni taqqoslash bo’yicha keyingi qadamlarini belgilab beradi. Inklyuziv maktablar va sinflarda bolalarning turar joylari bo’yicha o’qitiladi. Bu tamoyillar shuni bildiradiki:

  1. hamma bolalar o’z turar joylaridagi maktablarning ta’lim va ijtimoiy hayotiga kiritilishlari kerak

  1. inklyuziya-bu o’quvchini boshidan ta’limga kiritish;

  2. inklyuziv maktabning vazifasi shundan iboratki, har bir bolaning ehtiyojini qondirish tizimini yaratishdan iborat;

  3. inklyuziv maktablarda nafaqat nogiron bolalarning,

balki boshqa bolalarning ham hayotda o’z o’rinlarini topishlariga,
o’zlarida ishonch hissini uyg’otishlariga, hayotda muvaffaqiyatlarga erishishlariga yordam beriladi.
Inklyuziv maktabning maqsadi hamma o’quvchilarga ijtimoiy hayotda, jamoada va jamiyatda faol ishtirok etishga imkon yaratib berish va jamiyatning bir a’zosi sifatida bir-birlariga yordam berish, shu bilan birga to’laqonli aloqalarni ta’minlashdan iborat. (Ferguson, Meer, Jeanchild et al. 1992). Bu shunday bebaho qat’iy talabki, bunda hamma maktab va jamiyat a’zolari bir-biri bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar nafaqat bir-birlari bilan ta’lim jarayonida o’zaro aloqada bo’ladilar, balki auditoriyalarda zarur qaror qabul qilinadigan jarayonlarda ham bir-birlarini qo’llab-quvvatlaydilar. (Sflisbury, Palombaro, Hollivud, 1993).
Inklyuziv maktablarda ishlayotgan xodimlar, pedagoglar o’z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni oladilar:
-ularga biriktirilgan hamma o’quvchilarni o’qitish;

  • ta’lim berishga oid masalalarni hal etish va ularning mo­nitotringini tuzish;

  • o’ziga xos bo’lgan ta’lim dasturiga muvofiq o’qitishni ta’minlash;

  • kutilayotgan natija bolalar erishayotgan yutuqlardan farq qilsa, dastur qismlarini moslashtirish;

-turli xil auditoriyalarda ishlashni bilish;
o’quvchilarni ta’lim jarayonida qo’llab-quvvatlash.

  • Tadqiqotchilarning qayd etishicha, inklyuziv o’qituvchilarga aylangan pedagoglar «transformatsiya tajribasi»ni boshlaridan kechirganlar. Bu tadrijiy transformatsiyaga:

  1. o’z tengdoshlaridan farq qiluvchi o’quvchilar bilan o’zaro aloqa qilishni;

  2. o’quvchilarga ta’lim berish kerak bo’ladigan malakalarni egallashni;

  3. tengdoshlaridan farq qiluvchi o’quvchilarga nisbatan o’z munosabatlarini o’zgartirmoqchi bo’lgan o’qituvchilar jalb qilinadi.

Inklyuziv ta’lim tizimida ishlab tajriba orttirayotgan o’qituvchilar o’quvchilarni qabul qilishning quyidagi usullarini ishlab chiqdilar:

  1. nogiron o’quvchilarni sinfdagi boshqa o’quvchilar singari qabul qilish;

  2. ularni ta’limga jalb qilish, faqat imkoniyatlariga mos vazifa berish;

  3. o’quvchilarni birgalashib ta’lim olishga va barcha vazifalarni guruh bo’lib hal etishga jalb qilish;




Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə