1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»


-mavzu: Inklyuziv ta’limni davlatimizda,xorijiy davlatlarda nazariy va amaliy jihatdan qo’llab-quvvatlashi



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə21/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Inklyuziv majmua

12-mavzu: Inklyuziv ta’limni davlatimizda,xorijiy davlatlarda nazariy va amaliy jihatdan qo’llab-quvvatlashi.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish masalalari.
2. O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy qilishda amali qadamlar.
3. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni qo’llab–quvvatlash va amaliyotga joriy qilish borasidagi huquqiy–me’yoriy xujjatlar.
4. Maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etishda qo’llab-quvvatlash masalalari.
Tayanch so’zlar: reabilitatsiya, «OPERATION MERCY», Integratsiya mashg’ulotlari


Adabiyotlar:
1. “Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom”- XTV 234-sonli buyrug’i- 2005 yil 19 sentyabr’.
2.Ture Yonson-”Inklyuziv ta’lim”, “Opereyshen Mersiy” - Toshkent-2003 yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.
3. Roy Mark Konki ”Inklyuziv sinflarda o’quvchilar ehtiyojlarini anglash va bu ehtiyojlarni qondirish” Toshkent-YuNESKO-2004yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.
4.”Maktablr hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” tomonidan chop etilgan -2002 yil.
5.”Dakarskie ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Frantsiyada chop etilgan.
6.”Ta’lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent-2005 yil.
Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri xisoblanadi. Inklyuziv ta’limning asosiy kismi–bolalarga bilimi olish uchun dustona munosabat va ukishga imkon beruvchi muxitni yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning xayotga ilk yoshdan ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yukori samaralarga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni kondirishga mos bo’lgan siyosatni ishlab chikish inklyuziv ta’limni qo’llab–quvvatlashning asosidir.
Inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
Jamyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish
Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanmasa, bolalarda o’ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib boradi.
Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish.
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do’stona munosabat va o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo’lishlari lozim. Bundan tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko’ra, dars jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o’quv qurollarini o’zgartirish kerak bo’ladi. Bunday o’zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.
Ilk yoshdan aralashuv.
Qisqa qilib aytganda bolaning hayotiga ertaroq, e’tibor berilsa, natijasi bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko’rsatadi.
Ijobiy namuna bo’la oladigan insonlar obrazini yaratish.
Bolada o’ziga ishonch va o’zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko’p maxsus ehtiyojli bolalar o’sib, ulhayayotgan bir paytda o’zlariga o’xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarning uchratmaydilar va katta bo’lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. SHuning uchun ham maxsus ehtiyojli kattalar maxsus ehtiyojli bolalarning at’limida doimiy ishtirok etishlari kerak. CHunki katta yoshdagi maxsus ehtiyojli insonlar ota-onalargan farzandiga ta’lim berish muhimligini tushintirish mumkin. Buning uchun esa maxsus ehtiyojli kattalarni maktablarga taklif etish kerak. SHunda ular o’zlarining hayotda erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv ta’limni targ’ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.
Mos siyosatni ishlab chiqishga ko’maklashish.
Inklyuziv ta’lim tizimini qo’llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o’ynaydi. Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo’llab quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig samarasini va rivojini ta’minlaydi.
Nogironlarni umumta’lim tizimida o’qitish masalalariga e’tibor berish Respublikamizda 1996 yilda O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi va YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda respublika seminari o’tkazilishi bilan islohotlar amalga oshirila boshladi. SHu davrdan boshlab olimlar, maxsus ta’lim tizimidagi rahbar xodimlari, pedagoglar, umumta’lim mussasalarining rahbarlari va nodavlat jamoa tashkilotlarining nogironlar ta’limi ehtiyojini qondirishga qaratilgan munosabatlari o’zgara boshladi.
Respublika Ta’lim Markazining maxsus ta’lim bo’limi hodimlari imkoniyati cheklangan bolalarni integratsiyalashgan ta’lim jarayonida ta’lim olish strategiyasini keng joriy qilish maqsadida YuNESKO tashkiloti bilan 1996 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. O’zbekistonda integratsiyalashgan inklyuziv ta’lim tizimini amaliyotga tadbiq qilish maqsadida YuNESKO xalqaro tashkiloti loyihasi asosida bir necha Respublika seminar-treninglari va xalqaro konferentsiyalar o’tkazishga muyassar bo’lindi. Konferentsiyalarda ko’tarilgan dolzarb muammolar, masalalar, tavsiyalar va ishtirokchilarning ma’ruzalari xalqaro to’plamda chop etildi va ommaga tarqatildi. Hozirgi kunda Respublikamizda inklyuziv ta’lim kontseptsiyasini joriy qilishda asosiy dasturamal bo’lib kelmoqda.
2). 1998 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Buxoro shahrida yirik Konferentsiya o’tkazildi. Konferentsiyaning maqsadi alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llash, reabilitatsiya qilish, ta’limga jalb qilish, moddiy, texnikaviy yordamlarni tashkil qilish va ularni to’laqonli jamiyatga moslashtirishga oid turli tashkiliy uslubiy ishlarni amalga oshirishda Markaziy Osiyoda ko’p tarmoqli aloqalar o’rnatish edi.
Ushbu Konferentsiyada BMT, YuNISEF, VOZ tashkilotlarining ekspertlari shuningdek, Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston Respublikasi hamda O’zbekiston Respublikasidagi turli xil davlat va nodavlat tashkilotlar, ma’muriy organlarning mutasaddi xodimlari ishtirok etdilar. Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy qo’llash va barcha qatori teng huquqli sharoitda ta’lim olishi va biron bir bola ta’limdan chetda qolmasligiga jiddiy muhokama etildi va rezolyutsiyalar qabul qilindi. Ushbu halqaro konferentsiyada O’zbekiston Republikasi XTV va uning tasarrufidagi turli ma’muriy tashkilot vakillari ham ishtirok etib, o’z tajribalari bilan fikr almashdilar va respublikada ushbu muammoni hal qilish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. SHu bois O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarni to’laqonli maxsus ta’limga jalb qilish va integratsiya usulida ta’lim olish 2001-2002 yillarda birmuncha faollashdi. Bunga asos Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, YuNESKO, YuNISEF, “Opereyshen Mersi”, “Mersi projekt” nodavlat xalqaro tashkilotlar va O’zbekistonda faoliyat ko’rsatuvchi milliy tashkilotlar, jumladan “UMR”, “Ziyo”, “Imkon”, “Hayot”, “Umidvorlik”, “Yorug’lik”, “Muruvvat”(Samarqand), “Mezon”, “Mehrigiyo”, “SHANS”, “Nihol”, “Korrektsion pedagogik Reabilitatsiya markazi” kabilar bilan hamkorlikdagi loyihalar bo’yicha amalga oshirib kelingan ishlar, chora – tadbirlardir.
2000 yil O’zbekistonda inklyuziv ta’limning ilk asosi sifatida Respublika ta’lim markazi maxsus ta’lim bo’limi tomonidan “O’zbekiston respublikasida alohida yordamga muhtoj bolalar ochiq ta’lim tizimining rivojlantirish chora-tadbir rejasi” ishlab chiqildi. Bu reja dasturda alohida yordamga muxtoj bolalarni umumta’lim tizimga kiritishning quyidagi tashkiliy asoslari yoritib berildi:
ommaviy axborot orqali jamiyat ongini inklyuziv ta’limga tayyorlash;
Respublikadagi alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqida axborot banki yaratish;
-barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun umumta’lim va yakka tartibda oilalarda o’qitilishi bo’yicha turli xil o’quv metodik adabiyotlar, didaktik vositalar ishlab chiqish va ta’minlash masalalari qayd qilingan.
Ayniqsa, 2001 yil 21-23 noyabr’ kunlari Toshken shahrida o’tkazilgan “Alohida yordamga muxtoj bolalarni ma’naviy va estetik tarbiyalash” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada turli xorijiy mamlakatlar, Qozog’iston, Rossiya, SNG davlatlariing ekepertlari qatnashib, o’z fikr - muloxazalari bilan o’rtoqlashadilar. Konferentsiyada qatnashgan shaxar va viloyat xalq ta’limi boshqarma vakillari, aholini ijtimoiy muxofaza qilish, sog’liqni saqlash vazirliklari, mutaxassislar, Oliy ta’lim professor o’qituvchilari, malaka oshirish institutlari xodimlari, nodavlat jamoat tashkilotlari, nogiron bolalari bo’lgan ota-onalar, matbuot va axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar qatnashib, hozirgi kunda vujudga kelayotgan muammolar ustida to’xtalib, bahs-munozara yuritdilar. Bu konferentsiyada imkoniyati cheklangan bolalarning qobiliyatlari, mehnat natijalari, san’at, sportda erishgan yutuqlari va mahoratlari namoyish etildi. Uning tahlili shuni ko’rsatdiki alohida yordamga muxtoj bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishi ularni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi yana bir bor ekspertlar tomonidan qayd etildi.
Inklyuziv ta’lim kontseptsiyasini O’zbekistonda joriy qilish va undagi muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-axborot vositalari orqali targ’ibot-tashviqot ishlari bir muncha faollashdi.
Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001 yilda “Inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan Respublika Ta’lim Markazi maxsus ta’lim bo’limi qoshida “Inklyuziv ta’lim resurs markazi” tashkil etildi. “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
-ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil etishga ko’maklashish;
-inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash;
-joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;
-imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash, maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil etish, maslahatlar berish;
-imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida inklyuziv sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integratsiya asosida olib borish kabilar.
2002 yilning 31 may kuni “Ta’lim hamma uchun Dakar Dekloratsiyasi”ning mohiyatini O’zbekistonda tadbiq etish yuzasidan Xalq Ta’limi Vazirligi, YuNESKO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim hamma uchun” mavzusida halqaro forum tashkil etildi. Forumda xalqaro YuNESKO tashkilotining eksperti janob Kotibxon ishtirok etib forum qatinashchilariga “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasini ishlab chiqish mavzusida seminar tashkil etdi.
Natijada 2003 yil “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi. “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000 yilgi Dakar shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat rejasini ro’yobga chiqarish bo’yicha yaqin davrlar (2001-2015- yillar)ga mo’ljallangan tadbirlar belgilanib, u Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda umumiy o’rta ta’lim maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarish siyosati” deb nom olgan VI bandining IX yo’nalishi Maxsus ta’limga yo’naltirilgan bo’lib, unda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim-tarbiya, maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv ta’lim jarayonining o’quv-uslubiy tomonini takomillashtirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, inklyuziv ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd etilgan.
Bu ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida 2003 yilda Inklyuziv ta’lim bo’yicha o’tkazilgan respublika seminarida xorijiy davlatlar ekspertlari, mutaxassislar, olimlar, Xalq ta’limi vazirligi, joylardigi viloyat Xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlarining ta’limga mas’ul vakillari, Tashxis markaz raxbarlari, umumiy va maxsus ta’lim pedagog raxbarlari, jamoat tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.
Seminarga YuNESKOning eksperti Vakayto Unversiteti professori Devid Mitchel (Yangi Zellandiya) kordinatorlik qilgan. Devid Mitchel “Inklyuziv ta’limning tashkil etishning asl, mohiyati, umumta’lim tizimida alohida sinflar yoki guruhlar tashkil etish bilan chegaralanib qolmay balki ularni me’yorida rivojlangan bolalar kabi ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir”. SHuningdek inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishda xalqaro ish tajribalari bilan fikr almashdi.
2005 yilning 19 sentyabr’ kuni XTVning 234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad, vazifalari belgilab berilgan. Unda qayd qilinishicha, imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar quyidagi tartibda inklyuziv ta’limga qamrab olinadi:
-ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;
-harakat muvozanati buzilgan;
- o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va o’smirlar;
-nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar;
-zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar;
-zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin)kar bo’lgan bolalar;
-ko’zi ojiz (Brayl yozuvi va o’qishni egallagan) bolalar va o’smirlar;
-kar (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishna egallagan) bolalar va o’smirlar.
«Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»ning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o’quv tarbiya jarayonini tashkil etishning quyidagi masalalari qayd etilgan:
4.1.Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona munosabat ruhi shakllanadi.
4.2. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davtlat Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun korrektsion dasturlar ham inobatga olinadi, maxsus korrektsion ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jixozlangan korrektsiya xonasi, maxsus infrastruktura).
4.3. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayorlov guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa boshqa sinflarad 45 daqiqadan darslar olib boriladi;
4.4. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning bilimlari ularning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.
4.5. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi.
4.6. Korrektsion ta’lim o’quvchilarning ehtiyojlariga ko’ra tabaqalashtirilga holda tashkil etiladi.
4.7.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabiga o’quvchilar ota-onalarning arizasi hamda “Tibbiy-psixologo-pedagogik komissiya”lari xulosalari asosida qabul qilinadi va ta’lim muasasalari rahbarlarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
4.8.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi sinflarida integratsiya qilingan o’quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda o’quvchilar umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi.
SHuningdek, mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi, xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan.
“Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smrlar uchun inklyuziv ta’lim muvaqqt Nizom” asosida Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining quyidagi huquqiy-ijtimoiy asoslari yaratildi:
-bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda yoshi, jinsi irqi, millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Konstitutsiyasining moddasiga asosan barcha bolalar umumta’lim jarayoniga kiritish va ijtimoiy hayotga moslashtirish lozimligi belgilangan;
-har bir bola o’zining qiziqishi qobiliyati, va ehtiyojiga ko’ra mos ravishda bilim olishi huquqiga ega;
-ta’lim dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o’ziga xoslik va ehtiyojlarning turli-tumanligini nazarda tutish;
-har bir bola tengdoshlar qatori bilim olish huquqiga ega bo’lishi;
-bolani ta’limga emas, balki ta’limni bolani ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi;
-bolan muhtojlgi va imkoniyatini e’tiborga olgan holda ta’lim metodologiyasini, o’quv rejalarni ixcham bo’lishini qo’llab-quvvatlash hamda baholash;
-inklyuziv ta’lim muammoni bolada emas, tizimda ekanligini aniqlaydi, bolaga qulay shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi;
-bolani shaxsiy ehtiyojiga qarab korrektsion-pedagogik va ijtimoiy yordamni tashkil qiladi va hokazo.
Yuqorida keltirilgan inklyuziv ta’limnig huquqiy asoslarga tayangan holda bu ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish maqsadida 2005 yilning 14-15 dekabr’ kunlari Toshkent shahrida “Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusida yirik xalqaro Konferentsiya o’tkizildi. Ushbu konferentsiyada xalqaro tashkilotlarning O’zbekistondagi vakolatxonalarining vakilliri ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. YuNISEF tashkiloti vakili Reza Xosseyn, YuNESKO tashkiloti vakili Bari Layn, “Mersi Projekt” , “Opereyshn Mersi”, Kosta Rika davlatlari xalqaro vakillari shular jumlasidandir.
“Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferentsiyada quyidagi vazifalar hal etildi:
-“Ta’lim hamma uchun” umummilliy dasturining mohiyatini targ’ibot qilish;
-Respublikada imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limini tashkil etish bo’yicha me’yoriy metodik hujjatlarni ishlab chiqish;
-imkoniyati cheklangan bolalarni erta tashxis qilishning zamonaviy uslublarni muhokama qilish;
-psixologo-tibbiy-pedagogik komissiya, Tashxis markazlari, psixologik xizmat faoliyati samaradorligini oshirish;
-sog’liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy muxofaza vazarligi tashkilotlarining imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash hisobga olish, davolash, ijtimoiy himoyalash borasidagi faoliyatini jonlantirish;
-imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish, ularni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish;
-inklyuziv ta’lim jarayonida uchraydigan to’siqlarni bartaraf etish yo’llari bilan tanishtirish .
Konferentsida nafaqat Respublikamizning soha vakillari, balki qardosh Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya davlatlar vakillari ham ishtirok etib, o’z davlatlarida inklyuziv ta’lim tizimi modaellari, bu sohada qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan konferentsiya ishtirokchilarini tanishtirishga muvaffaq bo’ldilar.
“Ta’lim hamma uchun” milliy harakat reja dasturini amalga oshirish bo’yicha erishilgan yutuqlar va muammolar konferentsiya kun tartibida quyidagi mavzular bo’yicha guruhlarda ishtirokchilar tomonidan muhokama etildi:
-“Nuqsonlarni ilk tashxis qilish va korrektsion pedagogik yordam ko’rsatish-alohida yordamga muxtoj bolalar integratsiyasining muhim omili sifatida”.
-“O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalar integratsiyasining milliy modeli”
-“Imkoniyati cheklangan bolalar oilalarining ijtimoiy reabilitatsiyasi” va shu kabi.
Bugungi kunga qadar Respublikamizda o’tkizilgan seminar treninglarda 500dan ortiq ishtirokchilar inklyuziv ta’lim tizimining mazmun mohiyati, uni joriy qilish bosqichlari xususida mukammal ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini yanada takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning yechimlarini davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
-korrektsion ta’lim strukturasini sifat jixatdan yangilash;
-respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich to’liq integratsiyasiga amal qilish;


13-Mavzu. Inklyuziv ta’lim bo’yicha Respublikada olib borilgan va olib borilayotgan faoliyat
Reja:

  1. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni tatbiq qilishning milliy modelini ishlab.

  2. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim jarayoniga uyg’unlashtirishning turli tadbirlari.

  3. Xulosa.

Tayanch so’zlar: Diagramma, UNESCO, UNICEF. Inklyuziv dastur, Kontseptsiya.
O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni tatbiq qilishning milliy modelini ishlab chiqish maqsadida olib borilgan ishlar bo’yicha, «Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab - quvvatlash fondi» va XTV bilan hamkorlik loyihalari, inklyuziv ta’limni joriy etishda Davlat, nodavlat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar; UNESCO, UNICEF, Osiyo Taraqqiyot Banki, USAID va boshqalar hamkorlik qilib kelmoqda.
Grant Yaponiyaning qashshoqlikni bartaraf etish fondi tomonidan taqdim etilgan va Osiyo taraqqiyot Banki tomonidan o’zlashtirilgan. Ushbu loyiha bo’yicha o’zlashtirish organi Xalq ta’limi vazirligi etib tayinlangan.
Loyiha «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi» hamda 1994 yilda UNESCO tomonidan Salamankada o’tkazilgan inklyuziv ta’lim bo’yicha xalqaro konferentsiyada qabul qilingan va 2000 ynlda Dakarda o’tkazilgan Ta’lim bo’yicha xalqaro Forumda tasdiqlangan dastur doirasida o’zlashtirildi.
Ushbu grant loyihasi Respublikaning Toshkent shahri, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan b ta maxsus ta’lim maktab-internatlari va 12 ta umumta’lim maktablarida amalga oshirildi. Maktablarning ruyxati O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 11 sentyabrdagi 238-sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan.





Maqsadi:

  • Inklyuziv dastur bo’yicha tanlab olingan imkoniyati cheklangan o’quvchilarning inklyuziv dasturlari asosida ijtimoiy muhitga va umumta’lim maktablarga integratsiya qilish;

  • O’quvchilar uchun inklyuziv ta’lim bo’yicha trening modullarini, imkoniyati cheklangan o’quvchilar uchun o’quv-metodik materiallarini ishlab chiqish va ushbu modullarni milliy ta’lim dasturiga kiritish.

Komionentlari:

  1. Inklyuziv ta’lim doirasidagi o’quvchilarga yo’naltirilgan ijtimoiy tayyorgarlik;

  2. Loyiha doirasidagi maktablarda ta’mirlash ishlarini amlga oshirish va maktablarni kerakli jihozlar bilan ta’minlash;

  3. O’quvchilarga umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni kiritish xaqidagi o’quv treninglari;

  4. Loyihani boshqarish, monitoring va baholash, loyihaning asosiy maqsadi to’g’risidagi informtsion kompaniya.

Amalga oshirilgan tadbirlar:

  1. loyiha doirasidagi Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan 18 ta maxsus ta’lim maktablarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

  2. Loyiha doirasidagi maktablarga mebel’ jihozlarini harid qilish; maxsus va hamkorlikdagi maktablarning sharoitini yaxshilash, binoning zarur joylarini imkoniyati cheklangan bolalarga moslashtirish maqsadida mazkur ishlar olib borilmoqda.

  3. Loyiha doirasidagi maktablar mehnat darslari uchun jihozlar va boshqa zarur bo’lgan o’quv jihozlarn bilan ta’minlandilar.

  4. Maktablarga belgilangan miedorda komp’yuter jihozlari . maxsus o’quv jihozlarn (brayl, audiometr, logopedik sinflar va xokazo) bilan ta’minlash ishlari boshlangan.

  5. Xalqaro konsul’tantlar tomonidan lonixada ishtirok etgan maktab o’qituvchilariga umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni kiritish o’quv dasturlari va modullari ishlab chiqilgan. Hozirda o’quv dasturlari ommaviy qo’llanilishi uchun Halq ta’limi vazirligi tomonidan o’rganilmoqda.

  6. inklyuziv ta’lim o’quvchilari uchun maktab ust kiyimi, oyoq kiyimi va boiqa zarur narsalar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

  7. loyihaning asosiy maqsadi to’g’risidagi informatsion kampaniya amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi ommaviy axborotva internet orqali yoritish plakatlar, banerlar, hujjatli videoroliklar, loyiha sayti tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda8

  • Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi tasarrufidagi inklyuziv ta’lim resurs markazi Koalitsiya «Dostupnost’» a’zolari

  • Navoiy viloyatidagi imkoniyati cheklangan bolalar markazi «Umr»

  • Nogironlarga yordam ko’rsatish markazi «Hayot». Samarqand

  • NNO «Istiqbolli Avlod». Jizzax

  • Qashqadaryo viloyatidagi ijtimoiy tashabbuslarni qo’llash markazi «Umid»

  • Termiz shahridagi «Imkon» imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalarini qo’llash markazi

  • Farg’ona viloyati Qo’qon shahridagi «Ziyo» alohida ehtiyojli bolalarni ijtimoiy qo’llash markazi

  • Belgilangan viloyatlarning hokimiyatlari O’zbekistondagi SHveytsariya elchixonasi


2006 yilda tashkil qilingan Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab- quvvatlash fondi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo’llash, inklyuziv ta’limni O’zbekistonda joriy qilish maqsadida 2007 yilda Xalq; ta’limi vazirligi, Respublika Inklyuziv ta’lim resurs markazi bilan hamkorlikda maktabgacha umumta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida inklyuziv ta’limni tatbiq qilish maqsadida O’zbekistonda uzluksiz inklyuziv ta’limni milliy modeli ishlab chiqildi.


Inklyuziv ta’lim loyihasini joriy qilish maqsadida quyidagi vazifalar belgilandi; Termiz, Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand va Farg’ona viloyatining Qo’qon shahridagi belgilangan maktab va maktabgacha ta’lim muassasasilarning inshootlarini tayyorlash:
-Inklyuziv ta’lim boshqaruvini ishlab chiqish;

  • Har bir shaharda ota-onalar guruhini tuzish;

  • Seminar-treninglarni o’tkazish bo’yicha o’quv va tarqatma materiallarni tayyorlash;

Ota-onalar uchun ko’rgazmali qurollar, metodik qo’llanma va tavsiyalarni tayyorlash;
Tashkilotchi guruhlar uchun seminar, treninglar o’tkazish;

  • Olingan natijalarni monitoringini o’tkazish va h-k.

«Inklyuziv ta’limni uzluksiz milliy modeli-kontseptsiyasi» loyihasini yaratishda RTM, XTV Respublika Ta’lim markazi tasarrufidagi Inklyuziv ta’lim resurs markazining mutaxassislari, ishchi guruh a’zolari, Toshkent davlat pedagogika universitetining professori, pedagogika fanlari doktori JI.P Muminova, A.Avloniy nomidagi XTXMOKTMIning maxsus ta’lim kafedrasi mudiri U.Yu. Fayzieva, RTM bosh mutaxassisi HJ. Kalbaeva va ITKDF ijrochi direktori B. Umarxonov, nogironlarga yordam berish «Hayot» jamoatchilik markazi raxbari M. Asanovalardan iborat ishchi guruhi tomonidan «Inklyuziv ta’lim kontseptsiyasi» loyihasi ishlab chiqilib, XTVga ko’rib chiqish va tegishli ma’muriy organlar bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun topshirildi.
Ushbu hujjatning vazifasi integratsiyalashgan (inklyuziv) ta’limning tabiati, moxiyati, rivojlanishining dolzarbligi, davlat tomonidan boshqarilish mexanizmlari to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlarga tayangan holda ta’lim siyosatining maqsadi, printsip va ustuvor yo’nalishlarini belgilash hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslarni teng huquqli ta’lim olishini ta’minlashdir.
Kontseptsiyaning kirish qismida imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim tizimi holatining tahliln berilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishini ta’minlashning huquqiy asoslari ko’rib chiqilgan.
Birinchi bo’limda sifatli inklyuziv ta’limning davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash mexanizimi huquqiy va tashkiliy nuqtai nazardan inklyuziv ta’limni rivojlantirish vazifalari va yo’llari ko’rib chiqilgan.
Ikkinchi bo’limda inklyuziv va integratsiya ta’lim sifatlarini oshirish uchun choralar tahlil qilindi, imkoniyati cheklangan bolalarning umumiy ta’limi metodologiyasi va metodikasi mazmunini ishlab chiqish, bolalar bilim ko’nikma va malakalarini boholash me’zonlarini belgilash nazarda tutilgan.
Uchinchi bo’limda inklyuziv (integratsiyalashgan) ta’lim sohasi xodimlariiing kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirish uchun shart sharoitlar yaratish, pedagogika oliy o’quv yurtlari, xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida malakali xodimlarni tayyorlash malakasini oshirish, virtual kutubxonalar yaratish, inklyuziv ta’lim muammolarini aniqlash bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazish kabi chmora- tadbirlar belgilangan.
To’rtinchi bo’limda inklyuziv (integratsiyalashgan) ta’lim tizimini rivojlantirishni boshqarish vazifalari va mexanizmlari aniziganadi. Bu buimda xalq ta’limi boshqaruvining barcha pog’onalarida maxsus bo’limlar, inklyuziv ta’limni muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish, inklyuziv ta’lim bo’yicha ilg’or tajribani o’rganish, ommalashtirish va h.k.lar nazarda tutilgan.
Beshinchi bo’limda inklyuziv ta’limni joriy qilishda mavjud bo’lgan ayrim muammolar, inklyuziv ta’limni barqarorligini ta’minlash uchun uning infrastrukturasini rivojlantirish, moslashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish, inklyuziv ta’limga jamoatchilikning ijobiy munosabatlarini shakllantirish kabi chora tadbirlar ko’rib chiqilgan. SHuningdek imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim jarayoniga uyg’unlashtirishning turli tadbirlari tavsiya etilgan9.
Kontseptsiyada belgilangan chora-tadbirlar asosida umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida va maktabgacha ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim tizimida bolalarga ta’lim-tarbiya berishning;

  • tashkiliy, uslubiy, moddiy bazasini yaratish;

  • ota-onalar bolalar ishtirokidagi inklyuziv ta’lim tizimi­ni boshqaruvi maqsadli guruhlarini tashkil etish;

  • tarqatma materiallarni ko’rgazmali qurollar, qo’llanma va tavsiyalarni ota-onalar va bolalar uchun tayyorlash;

  • guruhdar uchun seminar-treninglar o’tkazish;

  • bajarilgan ishlar natijalari bo’yicha belgilangan viloyatlarda monitoring o’tkazish kabi ishlar amalga oshirildi.

Birinchi bosqichda inklyuziv ta’lim kontseptsiyasini tatbiq qilish jarayonida 2004 yillardan boshlab imkoniyati cheklan­gan bolalarni umumta’limning uzluksiz ta’lim tizimiga jalb qiluvchi viloyatlardagi nodavlat jamoa tashkilotlari ishtirok etishdi. Ushbu tajriba eksperimental-tayaich punktlarda jumladan Navoiy shahridagi №26 bog’cha-maktab, Samarqand shahridagi №60 maktabgacha ta’lim muassasasi, Viloyat bolalar va o’smirlar ijodiyoti markazi tasarrufidagi «Nafosat» maktabi, Jizzax shahridagi №33 «Nargiz» maktabgacha ta’lim muassasasi, №22 o’rta maktab, «Turnacha» nomli №17 maktabgacha ta’lim muassasasi, Termiz shahridagi №16 maktabgacha ta’lim muassasasi, №1 o’rta maktab, Qo’qon shahridagi «Solnыshko» nomli №11 maktabgacha ta’lim muassasasi, №5 maktablarda o’tkazildi.
Yuqorida sanab o’tilgan muassasalarda dastlab birinchi bosqichda inklyuziv ta’limni tashkil qilish maqsadida pedagog, maktab ma’muriyati, psixolog, tarbiyachilar bilan suhbatlar o’tkazildi, ularning fikrlari, tavsiyalari umumlashtirildi, ilmiy izlanishlar olib borildi.
Ikkinchi bosqichda ITKK (FOPSI) fondi yuqorida qayd etilgan jamoat tashkilotlari va XTVning muttasadi tashkilotlarining mutaxassislari ishtirokida pedagoglar va boshqaruvchi ya’ni koordinatorlarning malakasini oshirish bo’yicha muntazam ravishda seminar-treninglar o’tkazilib borildi. Ushbu seminarlar doirasida tayanch-eksperimental maktabgacha ta’lim muassasa maktablarning pedagoglari seminar ishtirokchilari uchun, imkoniyati cheklangan bolalarning individual qobiliyatlari, xususiyatlarini e’tiborga olib yaratilgan metodik tavsiya qo’llanmalar va indikatorlarning taxminiy ro’yxatini baholashga taallukli ko’rsatmalar berildi. Inklyuziv ta’lim loyihasi bo’yicha o’tkazilgan seminar-treninglarda 2007—2008 yillar mobaynida 1500 nafar ishtirokchi va 150 nafar imkoniyati cheklangan bolalar qatnashdilar. Inklyuziv ta’limi tizimida imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitish, tarbiyalash bo’yicha 18 kishidan iborat maslahatchilar guruhi tayyorlandi. 2007 yil may oyida Buxoro shahrida respublika «Special Olympics» o’yinlarida 400 nafar imkoniyati cheklangan bolalar respublikaning barcha viloyatlaridan va Afg’oniston, Pol’sha, Turtsiya, Qozog’iston mamlakatlarining vakillari ishtirokida «Inklyuziv ta’lim» mavzusida Markaziy Osiyo forumi o’tkazildi. Bu forumda O’zbekistonning barcha viloyatlaridan 100 nafar delegatlar qatnashdi, jumladan Qozog’iston, Rossiya va Yevrosoyuz vakillari iiggirok etishdi. Ushbu tadbirda inklyuziv ta’limning turli mideli takdim qilinib, Markaziy Osiyoda inklyuziv ta’limni rivojlantirishning istiqboli muhokama etildi. Forumda XTVning ma’muriy mutasaddi vakillari va maxsus ta’lim soha mutaxassislari faol ishtirok etishga muyassar bo’ldi.
Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi XTVning maktablar boshqarmasining boshlig’i Yu. Asadov, Respublika inklyuziv ta’lim resurs markazining koordinatori tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy qilishning optimal yo’llari va istiqbollari» mavzusidagi ma’ruzasi forum ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilinib ijobiy baholandi va «Puti i perspektivы razvitiya inklyuzivnogo obrazovaniya v O’zbekistone» mavzusidagi ma’ruzasi «Uchitel’ O’zbekistona» gazetasida chop etildi. Forumda inklyuziv ta’lim muammolari, g’oyalarini amaliyotga tatbiq qilishning elektron-internet ma’lumotlari bilan kutubxonalarni boyitish masalalari ko’rib chiqildi. Ushbu masalalar bo’yicha Rossiyaning ROOI «Perspektiva» korrektsion pedagogika instituti, inklyuziv ta’lim resurs markazi RTM tomonidan o’quv-uslubiy materiallarni yaratish va inklyuziv ta’lim ijrochilariga, kutubxonalarga taqdim etishni o’z zimmalariga olishdi.
Inklyuziv ta’limning uzluksiz milliy modeli - kontseptsiyasini yaratuvchilar tomonidan quyidagi uslubiy qo’llanmalar yaratilib inklyuziv ta’limni tashkil etgan muassasalarga tarqatildi.

  1. JI. R. Muminova «Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar nutqini logopedik ko’rikdan o’tkazish metodikasi».

  2. L. R. Muminova «Korrektsionno-pedagogicheskaya rabota s det’mi s narusheniyami intellekta, narusheniyami rechi, zaderjkoy psixicheskogo razvitiya. «Toshkent 2009Y. ITKD Fondi

  3. R. SHomaxmudova «Korrektsionno-pedagogicheskaya rabota s det’mi, stradayuuimi detskim tserebral’nom paralichom (DTSP) doshkol’nogo vozrasta».

  4. R. SHomaxmudova «Tayanch-harakati a’zolari falajlangan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion pedagogik ishlar» Toshkent, 2009. ITKK Fondi

  5. U. Yu. Fayzieva «Inklyuzivnoe obrazovanie detey s sensornыmi narusheniyami v obщeobrazovatel’nыx uchrejdeniyax» rus va uzbek tilida Toshkent, 2009. ITQK Fondi

  1. X. J. Kolbaeva «Inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan korrektsion - pedagogik inshlarni tashkil etish dasturi va metodik tavsiyalar» Toshkent, 2009. ITKQ Fondi

Respublikamizda imkoniyati cheklangan shaxslar bolalarni ishga joylash, nogironlarni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, ularni muammolarini hal qilish, imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limi strategiyasinp qo’llab- quvatlash masalalari bo’yicha davlat va jamoat tashkilotlari, matbuot-axborot vositalari orqali keng qamrovli targ’ibot - tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu muammolar bilan Xalq ta’lim vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvatlash fondi, Respublika inklyuziv ta’lim resurs markazi va bir qator jamoat tashkilotlari jumladan, Samarqand shahridagi «Hayot markazi», Termiz shahridagi «Imkon». Navoiy shahridagi «Umr», Farg’ona viloyati Qo’qon shahridagi «Ziyo», Qashqadaryo viloyatidagi «Umid» va boshqa bir qator markazlar hamkorligida 2007-2009 yillarda viloyatlarda targ’ibot-tashviqot ishlari, seminar-treninglar o’tkazilib kelindi. «Nogironlar» mavzusida videolavhalar, teleko’rsatuvlar targ’ibot qilindi.
O’zbekistondagi jahon banki vakolatxonasi yordamida nogironlarni iqtisodiy mustaqilligi muammosini hal qilishning eng yaxshi g’oyalari bo’yicha jurnalistlar konkursi o’tkazildi. SHveytsariya elchixonasi yordamida koalitsiya «Dostupnos’» guruhi tomonidan 2008 yil Termiz, Qarshi, Navoiy shaharlarida pedagoglar. ota-onalar uchun imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan do’stona munosabatni o’quv jarayonida tashkillashtirish maqsadida koalitsiya «Dostupnost’» guruhlari tomonidan seminarlar, treninglar muntazam ravishda amalga oshirib kelindi.
ITKD fondi inklyuziv ta’lim loyihasi asosida pilot muassasalarga O’zbekistondagi Yaponiya elchixonasi tomonidan beg’araz yordamlar ko’rsatildi. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga kiritish uchun qulay bo’lgan infrastrukturalarni maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o’quv binolarini imkoniyati cheklangan bolalar uchun moslashuvi va qulayligi, ya’ni qurilishdagi mezon va talablarga javob beruvchi maktabgacha ta’lim, maktab, oliy va o’rta maxsus muassasalar binolarida (pandus, lift, xojatxonalariga kirish, partalar va stollar orasidagi masofalarni bola uchun qulayligi, yo’lakchalar va boshqalarni e’tiborga olgan holda qurilishi O’zbekiston Respublikasining Qonuni 1991 yil 18 noyabr’ 422 XI1 8 modda bilan tasdiqlangan).
ITKK fondi ushbu hujjatga asoslanib, mahaliy hokimiyatlar bilan kelishgan holda tayanch (pilot) muassasalar va inshootlarni yaxshilash maqsadida homiylarni jalb qilib inklyuziv maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirdi. Qurilish va ta’mirlash ishlari uchun katta miqdorda mablag’ ajratilgan bo’lib, bu ishlar 2008 yilning avgust oyida tugallandi.
Uchinchi bosqichda ota-onalar va maqsadli hamjamoalar bilan ish olib borildi. Hamjamoalar bilan ishlashga yetarli darajada tajribasi bo’lgan nodavlat jamoa tashkilotlari, koalitsiya «Dostupnost’» guruhi, umumta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan bolalar bilan joylarda turli xil tadbirlar o’tkazishdi. Ushbu tadbirlarga hududdagi matbuot, axborot xodimlari ham jalb qilindi. Inklyuziv ta’lim bo’yicha o’tkazilgan tadbirlarda XTV, RTM. va resurs markazning mutaxassislari ishtirok etib, ular tomonidan uslubiy, amaliy yordam ko’rsatib kelishdi, yuqorida ko’rsatilgan tashkilot va jamoalar hamkorligida 1500 dan ziyod fuqarolar 300 tadan ziyod ota-onalar, imkoniyati cheklangan bolalarini ham qo’shgan holda 2007 yilning sentyabr’ oyidan 2008 yilning may oyigacha seminarlar o’tkazib kelindi. Seminarda umumta’lim maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining 1038 xodim va raxbarlari, pedagoglar, tarbiyachilar, psixologlar, defektologlar qatnashdi. 2008 o’quv yilining yakunida olingan natijalar asosida monitoring o’tkazildi. Ushbu monitoringga quyidagi ma’lumotlar kiritildi;

  • emotsional holatining darajasi;

  • ijtimoiy intizomining darajasi;

  • imkoniyati cheklangan bolalarning bilim darajasi.

Qiyoslash uchun biz 2007 yilning boshidagi va 2008 yilning oxiridagi ko’rsatkichlarni qayd etdik.
Loyihaning boshida 47 ta imkoniyati cheklangan bolalar jalb qilindi. O’quv yili davomida maktabgacha va umumta’lim maktablariga jalb qilingan imkoniyati cheklangan bolalar dinamikasi ijobiy natija berdi. yuqorida ko’rsatilishi bo’yicha umumta’limga jalb qilingan imkoniyati cheklangan bolalar dinamikasini kuzatish uchun loyiha 3 ta bosqichga bo’lindi. Bolalarni ta’limga jalb qilishning boshi 2007 yil sentyabrda, o’rtasi 2008 yil yanvarda va o’quv yilining yakuni 2008 yil may oyida o’tkazildi.





Jadvaldan ko’rib turibdiki, agar u kun yilining boshida 47 bola bo’lsa, yilning oxirida bolalar soni 101 taga yetgan. Bundan ma’lum bo’ldiki, loyihaga kiritilmagan imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari, loyihaga kirgan bolalarni kuzatish davomida, ularning o’qishidagi va rivojlanishidagi ijobiy natijalarni ko’rib, ular ham o’z bolalarini shu maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga olib kelish istagini bildirishdi. Quyida shaharlar miqyosidagi umumta’limga kiritilgan imkoniyati cheklangan bolalar diagrammasi ko’rsatilgan.



Bizning fikrimizcha, umumta’limga jalb qilingan imkoniyati cheklangan bolalar dinamikasini ijobiy natija berganligining sababi, ota-onalarning oldingi tasavvurlarini o’zgarishidir, ularning o’z bolalari va boshqa imkoniyati cheklangan bolalardagi ijobiy o’zgarishlarni ko’rishidir.
Qarshi shahar va Qashqadaryo viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’limga jalb qilish dinamikasining pastligi, joylardagi hamkorlarni faqat umumta’limga jalb qilingan bolalarga e’tibor berib, umumta’limga jalb qilinmagan imkoniyati cheklangan bolalarga e’tibor bermaganligidir.
CHunonchi barcha oltita shaharlardagi eksperimental muassasalardagi ko’rsatkich dinamikasining ijobiyligi, bu bolalarni umumta’limga jalb qilinishidadir. Ko’pchilik ota-onalarning aytishicha, o’z farzandini umumta’limga jalb qilishlarining sababi, boshqa imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha va maktab umumta’lim muassasalariga kirib ijobiy natijalarga erishganligini ko’rganligidir. Ularni xayratda qoldirgan narsa, atrofdagi bolalarni imkoniyati cheklangan bolalarga bo’lgan munosabati, ular ustidan kulmasdan va aksincha yordam berishligidir. SHunisi quvonarliki, umumta’limda o’qigan imkoniyati cheklangan bolalar o’z tengdoshlari bilan do’stlashishga, o’zlarining taassurotlari bilan o’rtoqlashishga, fikrlashga, xursand bo’lish, rasm solish, paqsga tushish, o’qish, o’z fikrini bayon qilish, ranglarni farqlash va boshqa harakatlarga o’rgandilar. U ota-onalar umumta’limda ta’lim olayotgan aloqada ehtiyojli bolalarni ko’rib loyihaga jalb etilmagan bolalarni uzoqda yashashiga qaramasdan, pilot eksperimental muassasalarga olib kela boshladilar.
Monitoring o’tkazish davomida, imkoniyati cheklangan bolalarning ko’zlaridagi loqaydlik muqoldi, ular ancha kirishimli bo’lib qoldilar, o’z his-tuyg’ularini o’rtoqlashishni, quvonishni o’rgandilar so’zlashish o’qish o’z fikrlarini bildirishdi, ranglar va predmetlarni ajratish, rasm chizish, raqs tushishni o’rgandilar.
Imkoniyati cheklangan bolalardagi bu o’zgarishlarni ko’rgan va avval bu sinovga ishonchsizlik bilan qaragan boshqa ota-onalar ham, uzoq masofaga qaramay o’zlarining ushbu loyihaga jalb qilinmagan farzandlarini olib kela boshladilar.
Monitoringning ikkinchi bandi sinovga jalb qilishgan bolalarning o’quv boshi va oxiridagi emotsional holati darajasini aniqlashga qaratildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarga qabul qilinishidan avval imkoniyati cheklagan bolalar ushbu muassasalarga avvalambor, o’zlarining ota-onalari tomonidan tayyorlandilar. Ota-onalarning o’zlari esa shaharlarda NNO tashkil etgan tayyorlov axborot bosqichini o’tadilar. Navbatdagi moslashuv (Adabtatsion) bosqichini bolalar o’z uylarida o’tadilar. Bu bosqich NNO xodimlari, tarbiyachiar o’qituvchilar, psixologlar, defektologlar tomonidan tashkil etildi, psixologik-pedagogik suxbat o’tkazildi. SHunga haramay, muassasaga endi qabul qilingan imkonnyati cheklangan bolalar ancha psixologik qiyinchnliklarini boshlaridan kechirdilar, chunki uzoq vaqt mobaynida jamiyatdan uzilgan holda yashagan bola, ko’pchilik ichiga tushib qolgach, Qiyinchilik bilan moslashar edilar. Buni aniqroq namoyish etish uchun quyidagi diagrammadan foydalanamiz.



Diagrammadan ko’rinib turganideq imkoniyati cheklangan bolalarning ko’pchnligida muassasaga qabul qilinganda emotsional holati quyidagicha edi: uta tortinchokliq yiglokiliq tajovuzkorlik (agressivlik), aniq ifodalangan qo’rqoqlik kayfiyatga bog’liqliq passiv nutq, lug’at hajmining kamligi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar umumiy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bilan ularning moslashuv jarayonida ta’lim muassasalari va NNO xodimlari bilan birgalikda ushbu muassasada ta’lim olayotgan boshqa bolalar kam ishtirok etdilar. Bu bolalar kam avvalroq tayyorlov bosqichini o’tagan edilar. Tayyorlov bosqichi «Mehribonlik» mavzusidagi darslardan iborat bo’ldi. Ularda bolalar, nogiron bolalar to’g’risidagi hikoyalar va hodisalarni tingladilar, so’ng «Nogiron bolalar» mavzusida insho yozdilar. Ikki oy o’tgach, bolalarga yana shu mavzuda insho yozish topshirilganda, shuni qoniqish bilan e’tirof etish lozimki, bironta sog’lom o’quvchi o’zining nogiron sinfdoshi haqida yozmaganligi ayon bo’ldi. O’quv yilining oxiriga kelib, imkoniyati cheklangan bolalarning emotsional holati yaxshilangani, buning natijasida ularning ijtimoiy xulq-atvori ijobiy tomonga o’zgargani qayd etildi.



Xulosa qilib aytish mumkinki, ijtimoiy cheklovda bo’lgan imkoniyati cheklangan bolalar salbiy emotsional muhitda kun kechiradilar va salbiy xulq - atvorga ega bo’ladilar. Imkoniyatlari cheklangan bolalarning emotsional holatini yaxshnlash uchun bunday bola yashab turgan butun hamjamiyatda kompleks tayyorlov ishini olib borish talab qilinadi, chunki har qanday bolaning ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolaning ijtimoiy xulq-atvori u yashayotgan ijtimoiy muhitga bog’liq;.
Natijalar monitoringining keyingi bandi imkoniyati cheklangan bolaning o’quv yili boshida va oxirida namoyon qilgan bilimlari darajasini aniqlashga qaratildi.
Umumta’lim muassasasiga yangi qabul qilingan bolalar oddiy bilimlarga ham ega emas edilar, chunki ular, nafaqat ijtimoiy, balki axborot cheklovida yashar edilar. Ko’pchilik bolalarda bilim olishga intilish ham, iqtidor ham kuzatilmas edi. Ular o’qish, yozish, hisoblashni bilmas, ranglarni ajrata olmas edilar, geometrik shakllarning nomlarini ham bilmas edilar. Bu ko’rsatkichlar quyidagi diagrammada foizlarda keltirildi.



Tarbiyachilar, o’qituvchilar avvalo inklyuziv ta’lim bo’yicha o’qitish metodologiyasini o’zlashtirishga bag’ishlangan treningda qatnashdilar. Imkoniyati cheklangan bolalar umumiy maktabgacha va boshlang’ich maktab muassasasiga qabul qilinganlaridan boshlab, tarbiyachilar va pedogoglar ular bilan qo’shimcha mashg’ulotlar olib bordilar. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham, ularning ota-onalari bilan ham bajarishga oid treningni o’tadilar. Imkoniyati cheklangan bolalar o’quv yilining oxirida erishgan yutuqlarn quyidagi diagrammada aks ettirildi.

14-Mavzu.Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim jaroyonida o’qitishda indivudal dasturlarni tuzish,metodik va didaktik ta’minot yaratish.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə