1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»


-mavzu: Inklyuziv ta’lim siyosatining jahon miqyosida nazariy va amaliy qo’llab quvvatlash



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə16/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Inklyuziv majmua

9-mavzu: Inklyuziv ta’lim siyosatining jahon miqyosida nazariy va amaliy qo’llab quvvatlash.
Reja:

  1. Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri sifatida.

  2. Inklyuziv ta’limning asosiy qismi haqida ma’lumot.

  3. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga mos bo’lgan siyosatni ishlab chiqish

Tayanch so’zlar: asab tizimi va his qilish organi, tserebral falajlangan (DTSP), ruhiy rivojlanishi buzilgan va aqli zaif (71,0 foiz), tug’ma anomal (18,5 foiz)
Ma’lumki, umumjahon statistika ma’lumotlarnga ko’ra, Yer yuzi aholisining 9-11 foizini rivojlanishdan orqada qolgan va ularning ruhiy-jismoniy holati bilan bog’liq maxsus ta’limga ehtiyoji bo’lgan kishilar tashkil etadi. UNICEF Xalqaro bolalar jamg’armasi O’zbekiston Respublikasidagi vakolotxonasining sobiq boshlig’i Reza Xossayni Innochentining ma’lumotiga ko’ra. Markaziy-SHarqiy Yevropa mamlakatlari, Boltiq bo’yi davlatlari va mintaqaning 27 davlatida nogiron deb tan olingan bolalar soni 1990 yilda 500 mingta bo’lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 1,5 millionga ko’tarildi, nogiron bolalar soni 3 barobarga o’sgan. O’zbekistonda esa 1996 yilda qayd qilingan va nazorat ostidagi nogiron bolalar soni 70 mingtani tashkil qilgan bo’lsa, 2005 yilga kelib 125 mingtaga yetdi. Bu o’sish, birinchi navbatda, bolalar nogironligi masalasining dolzarbligi va ko’mak izlayotgan onalarning soni ortib borayotgani bilan bog’liq6.
BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan o’z ma’ruzasida quyidagi hayotiy misollarni keltirdi. «Maktabda deyarli o’qimagan, na ishi, na bexatar boshpanasi bo’lmagan maxsus yordamga muhtoj bolani tasavvur qiling.
Onalari dori solingan shishaga yopishtirilgan yorliqni o’qiy olmagani uchun jon taslim kilayotgan bolani yoki yuridik hujjatni o’qiy olmagani uchun meros qolgan yerdan maxrum bo’lgan kishini ko’z oldingizga keltiring. Ta’lim har doim ham qaramlik vasvasa va qashshoqlikdan halos bo’lish uchun kalit hisoblangan. Ta’lim kambag’allikka qarshi kurashadigan samarali qurol. U ko’plab odamlarning hayotini saqlab qoladi va rakobatbardoshligini oshiradi, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotini rag’batlantiradi. Ta’limning uzluksizligi esa yangi global iqtisodiyotning kalitidir. Rivojlanish ijtimoiy taraqqiyot va inson ozodligi uchun u tub ahamiyatga ega. Ammo bugungi kunda dunyo bo’yicha 113 milliondan ortiq bola ta’limdan bebahra qolmoqda. Mana bu bolaning fikriga e’tibor bering: «Mening otim Amerigo. Yoshim I 1 da. Ko’chada yolg’iz yashayman. Qachonlardir otam tashlab ketgan. Onam men bilan yashashni xohlamaydi. Otam juda uzoqda yashaydi. Men uning yoniga borishim mumkin, lekin u ham men bilan yashashni istamaydi. Xullas, mening uyim - ko’cha. Ilgarilari eski-tuski narsalarni yig’ib sotardim. Qandaydir kasallikka chalinganimdan so’ng ko’zim xiralashib, qulog’imning eshitishi ham yomonlashdi. Bir oz vaqt muzqaymoqchi bilan ishladim. Men plyajda muzqaymoq sotar edim, Ammo bu juda mashakqatli ish. Muzqaymoq to’la og’ir yashikni ko’tarib yurishga to’g’ri kelardi. Qulog’imning eshitmasligi esa meni yanada qiyin ahvolga sola boshladi.
Hozir poyabzallarni tozalayaiman. Biroq xech qachon qorin to’ymaydi, keyingi kecha qaerda tunashni bilmayman. Men ham o’z uyimda yashashni, maktabga borishni juda-juda istar edim. Qish kechalari juda sovuq bo’ladi. Sovukdan ko’chada o’lib qolish ham hsch gap emas». Amerigoning ahvoli yagona voqea emas. Butun dunyo bo’yicha minglab bolalar ko’chada yashaydilar. Xavfli joylarda ishlaydilar. Ularni (ayniqsa nuqsonli bo’lsa) har doim kamsitadilar, ko’pincha bu bolalarning oddiygina huquqlari ham yo’k»7.
CHet el va Rossiya Federatsiyasining tajribasini o’rganish jarayonida Rossiyada ijtimoiy muammolari bo’lgan bolalar bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlar ma’lum bo’ldi:
Birinchi o’rinda asab tizimi va his qilish organi (21,7 foiz), shularning orasida eng ko’p uchraydigan tserebral falajlangan (DTSP), ikkinchi o’rinda ruhiy rivojlanishi buzilgan (18, 6 foiz) va aqli zaif (71,0 foiz), tug’ma anomal (18,5 foiz) 3 turdagi | lsalliklar tizimi sabablari bolalar nogironligi asosining ariyb 70 foizini belgilab beradi.
Xalqaro tashkilotlardan biri UNICEF, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan 2005 yil 2 dekabrda Butunjahon nogironlar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirning ham asl maqsadi nogironlarni har qanday diskriminatsiyadan ozod qilish, nogironlar barcha qatori o’z qobiliyat va imkoniyatlarnni ko’rsata bilishi, bilim, malakaga ega ekanligi to’g’risidagi masalaga fuqarolar e’tiborini qaratishdan iborat edi.
MDH Markaziy-SHarqiy Yevropa (MSHE) davlatlarnda 2000 yilning boshlarida maxsus tashkil topgan muassasalar, maktab- internatlarda 317000 nafar imkoniyati cheklangan bolalar yashab kelgan. Ular o’z ota-onalaridan va qarindoshlaridan uzoqqa, maxsus maktab va maktab-iiternatlarga jo’natilgan.
SHuni aytish joizki, bu bolalar ota-onalarining qo’llab- kuvatlashi asosida rivojlangan ta’lim tizimida yashashi mumkin edi. Barcha mintaqalardagi holatni ko’rib chiqish jarayonida bolalar ota-onalari oldida yashab, barcha sog’lom tengdoshlari qatori bir xil maktablarda o’qishni xohlashlarini ta’kidlashdi. O’zbekistondagi UN1CEF tashkilotining sobiq bosh vakili Reza Xossaynining ta’kidlashicha, «Ko’p vaziyatlarda. ya’ni onaning xomiladorlik vaqti, bolaning tug’ilishi va tug’ilishidan keyingi vaqtlarda ularni parvarish qilishga qulay bo’lgan tizim yo’lga qo’yilsa, nogironlikning oldini olish mumkin. Nogiron bolaga ilk yoshidan tashhis qo’yilsa, kerakli bo’lgan parvarishni ta’minlishni ko’p muddatli ta’sir ko’rsatishni biz ham kamaytirgan bo’lar edik».
Ota-onalar o’zlarini ijtimoi y-iqti sodi y yordamga muhtojligini his qilishadi, ko’p mamlakatlarda hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalar muammosi va hayotini hal kiluvchi normativ hujjat, qonunlar mavjud. Masalan, MDX davlatlaridan biri O’zbekistonda ham va «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni (1991) va nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiyasi bo’yicha davlat dasturi mavjud bo’lib, 2008 yilda esa «Bola huquqlarini kafolatlarn to’g’risidagi davlat qonunida imkoniyati cheklangan bolalarni umum ta’lim muassalarida oilasidan ajralmagan holda ta’lim olishi kafolatlangan.
Yunisef vaqilining nogiron bolalarni ta’lim olish uchun qilgan murojaatini keltirmokchpmiz. «Biz maktablarda o’qishni xoqlaymiz. Bizlarga hamma qatori bir xil munosabatda bo’lishlarini istaymiz. Bizlarning orzu-umidlarimizni amalga oshiradigan imkoniyatlarni bizga berishingizni so’raymiz». Aziza, 18 yosh. Tashhisi: DTSP. O’zbekiston.
«Menga uyda bo’lishim yaxshiroq bo’lar edi, chunki oilada men uchun qayg’urishadi va qo’llab-quvvatlashadi». Misha, 13 yosh. Bolgariya, internatda yashaydi.
«Men ko’proq mehr-muxabbatga muhtojman, o’z yaqinlarim bilan ko’proq muloqotda bo’lishni istayman. Internatda yashayman, shu bois ota-onamni kam ko’raman». Yeva, 12 yosh. Latviya, internatda yashaydi.
«Onalarga g’amxo’rlik qiling, shunda bolalar baxtli bo’ladilar».
Imkoniyati cheklangan bolaning onasi Vera, Rossiya.
«Sen odamlar bilan muloqot qila olmay qolsang, o’rtoqlaring seni unutadi». Ralitsa, imkoniyati cheklangan bolaning onasi, Bolgariya.
«Men o’zimni kasal deb hisoblamayman. Aksincha, men yoshman, hayot naqadar go’zal». Valya, 17 yosh, uyda yashaydi, Bolgariya.
«Siz tushunasizmi, nima uchun ular (tayanch-harakat a’zolari falajlangan nogironlar) uylarida o’tirishadi. To’g’ri! CHunki hech qaerda yo’laklar, inshootlarning yo’llari nogironlar aravachasi uchun moslashtirilmagan». Lyuda, 17 yosh, internatda yashaydi, Rossiya.
Bir qator chet mamalakatlarning tajribasini o’rganish jarayonida bizga shu narsa ma’lum bo’ldiki, taxminan 1970 yillardan boshlab nogironlarning ta’lim imkoniyatlarinn kengaytirish maqsadida normativ aktlar paketi ishlab chiqildi na hayotga joriy qilib kelinmoqda. SHunday qonunlarni va boshqa shunga o’xshash hujjatlarni hayotga tatbiq etish, sog’lom bolalar omlan nogiron bolalarni huquq jihatidan barobar ko’rishning kompleks chora-tadbirlarida ifodalanmoqda. Bu imtiyozlar tartibi sog’lom bolalar bilan nogiron bolalarning jamiyatda bir xil imkoniyatlarga ega bo’lishlariga yordam beradi.
Siyosatchilar, sotsiologlar va ijtimoiy tashkilotlar ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj guruhlarga o’rta va oliy o’quv yurtlarida sifatli ta’lim olishlariga keng yo’l ochib berishga oid masalalarni hal etmoqdalar. Ana shunga muvofiq oliy ta’lim talabalari tarkibiga ta’sir qilish tizimini shakllantirish, ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlardan chiqayotgan o’quvchilarnn kirishlariga tayyorgarlik chora-tadbirlarini ko’rish, nogiron bolalar, kam ta’minlangan va qishloq aholisi vakillari bolalariga ta’lim jarayonida yuqori darajali qulay sharoitlarni yaratish haqidagi masalalar ko’rib chiqildi.
AQSH va Yevropa ta’limi tarixi davomida bir qancha rnvojlanish yo’nalishlari ishlab chiqildi:

  • maktab desegregatsiyasi;

-ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • meystriling;

  • integratsiya;

  • inklyuziv ta’lim.


  • Yüklə 4,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə