Mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’larini undirish


Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shar



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə7/13
tarix11.12.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#148335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig\'larini undirish mexanizmi

Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.

Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi:

Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.

Soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydigan yer uchastkalari obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay mazkur obyektlarning joylashgan eri bo‘yicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi.

Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi

Aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;

Aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə