Mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’larini undirish


hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə8/13
tarix11.12.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#148335
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig\'larini undirish mexanizmi

hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;

hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Soliq solish obyekti

Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:

1) jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;

2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;

3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;

4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;

6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;

7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari va ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari mustasno.

Soliq bazasi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə