Mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’larini undirish


Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə11/13
tarix11.12.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#148335
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig\'larini undirish mexanizmi

Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.


Soliq stavkalari
Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):

Respublika hududlari

1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)

Toshkent shahri:

1 zona

1408

2 zona

1194

3 zona

979

4 zona

770

5 zona

550

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

286

Andijon viloyati

352

Buxoro viloyati

286

Jizzax viloyati

286

Qashqadaryo viloyati

286

Navoiy viloyati

286

Namangan viloyati

352

Samarqand viloyati

352

Surxondaryo viloyati

268

Sirdaryo viloyati

226

Toshkent viloyati

297

Farg‘ona viloyati

297

Xorazm viloyati

286

Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.

Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.

Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangn tartib tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangn tartib tatbiq etiladi.


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə