Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar Atamalar Tarbiya



Yüklə 59 Kb.
səhifə1/4
tarix18.01.2023
ölçüsü59 Kb.
#98732
  1   2   3   4
Tarbiya va uning turlari atama


Tarbiya va uning turlari
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar
Atamalar
Tarbiya – aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan hissiyotlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora-tadbirlar yig’indisi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o’qituvchilarning o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdidrish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo’llaridir.
O’rgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida o’quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Inson ongi – uning idroki, aqli orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti tog’risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish)qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. A
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir
Axloq (lot. «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioyaqilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
Nafosat tarbiyasi (estеtik tarbiya: lot. «estezio» - «go’zallikni his etaman» ma'nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va meqnat munosabatlari hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgantish, ularning estеtik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi.

Yüklə 59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə