Tarbiya va uning turlari
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar
Atamalar
Tarbiya aniq maqsadga yonaltirilgan tasir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, manaviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bolgan hissiyotlarga ega bolishini taminlash yolida koriladigan chora-tadbirlar yigindisi.
Tarbiya metodlari - pedagog-oqituvchilarning oquvchilarga tasir korsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdidrish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yollaridir.
Orgatish bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida oquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Inson ongi uning idroki, aqli orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida manaviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti togrisidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish)qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yonaltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bolib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni ozlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. A
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir
Axloq (lot. «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioyaqilinishi zarur bolgan tartib, odob, ozaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
Nafosat tarbiyasi (estеtik tarbiya: lot. «estezio» - «go’zallikni his etaman» ma'nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va meqnat munosabatlari hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgantish, ularning estеtik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |