Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja



Yüklə 482,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix30.03.2023
ölçüsü482,56 Kb.
#103647
1   2   3   4   5   6   7   8
 
Kompakt-disk
(«CD», «Shape CD», «CD-ROM», «KD PZU»)lar — optik 
axborot tashuvchi disk shaklidagi, markazida teshikchali, axborotlar lazer 
yordamida o‘qiladigan qurilmalardir. Kompakt-disklar boshidanoq audioni raqamli 
o‘qishga moslashtirilgan (Audio-CD), biroq hozirgi vaqtda katta hajmli 
axborotlarni saqlash qurilmasi sifatida qo‘llaniladi (CD-ROM). Audio-kompakt-
diski formati bo‘yicha ma’lumotlar uchun kompakt-disklardan farq qiladi va CD-
pleyerlarda o‘qiladi. 
CD disklar — bu kompakt disk so‘zlarining bosh harflaridan olib, 
nomlangan disklar bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, disk 
ko‘rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga 
ega bo‘lib, ma’lumot qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o‘qiladi. DVD-
disklar — bu dijital video disk so‘zlarining bosh harfidan iborat qisqartma bilan 
nomlangan disklar hisoblanadi. Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo‘lib, CD 
disklarga nisbatan 7 barobar ko‘p axborot sig‘dirishi mumkin. Har ikkala turdagi 
disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o‘qish va saqlash xususiyatiga ega 


bo‘lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega. Hozirgi davrda 
ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW 
ko‘rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o‘chirish va 
qayta yozish mumkin. 
Optik disklarga yozish jarayoni lazer yordamida amalga oshirilganligi 
sababli yozuvlar zichligi magnitli usulda yozuvlarni amalga oshirishdan ham 
yuqori darajada bo‘ladi. Optik diskning axborot sig‘imi (disk diametri 130 mm. 
bo‘lganida) 1 Gbayt va (disk diametri 300 mm. bo‘lganida) 2–4 Gbaytni tashkil 
etishga mo‘ljallangan. O‘tgan asr 90-yillarining oxirida yangi, hujjatlarni saqlash 
uchun yanada istiqbolli, raqamli-universal DVD-ROM turidagi DVD (Digital 
Versatile Disk), DVD-RAM, katta sig‘imli (17 Gbayt) DVD-R videodisklari paydo 
bo‘ldi. Optik, magnitooptik va raqamli kompakt-disklar texnologiyasi bo‘yicha 3 
asosiy turda qo‘llaniladi: 
1. Axborot o‘chirilmaydigan disklar (CD-ROM). CD-ROM odatda raqamli, 
ovozli dasturlar hamda dasturiy ta’minotni saqlash va uzatish uchun 
qo‘llaniladigan 
650 
Mbayt 
sig‘imga 
ega 
bo‘lgan. 
2. Bir marta yozish va ko‘p martalik o‘qishga mo‘ljallangan, biroq o‘chirish 
imkonini bermaydigan disklar (CD-R; CD-WORM — Write-Once, Read-Many — 
bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish mumkin). Ulardan elektron arxivlar va bank 
ma’lumotlarini saqlashda foydalaniladi. 
3. Ko‘p marta qayta yozish/o‘chirish imkonini beruvchi reversiv optik 
disklar (CD-RW; CD-E). Bunday disklarni ishlab chiqish texnologiyasi murakkab 
bo‘lganligi bois, ularning narxi ancha yuqori. Hozirgi davrda raqamli usulda 
yozilgan optik (lazerli) disklar hujjatli axborotlarni saqlashda eng ishonchli vosita 
hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, axborotni saqlashda nanotexnologiyalardan 
foydalanib, yanada ixcham axborotni saqlash, uzatish qurilmalarini yaratish ustida 
ishlar olib borilmoqda. Nanotexnologiyalar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan 
jahon olimlari kelajakda shunday qurilmalar ishlab chiqilib, ular minglab lazer 
disklari o‘rnini bosishi mumkinligi haqida xabar bermoqdalar. 


Tabiiyki, sahifalarimizda insoniyat tarixida yaratilgan barcha axborot 
tashuvchi vositalar (masalan, CD-R, Blue Ray, magnit barabanlari va boshqalar) 
haqida so‘z yuritishning imkoni yo‘q, bu juda ko‘p vaqtni talab etgan bo‘lardi. 
Sohaga qiziquvchilar uchun mazkur qurilmalar haqida ixtisoslashgan darslik va 
o‘quv qo‘llanmalarida barcha ma’lumotlar bayon etilgan, shuningdek, «Aloqa 
tarixi muzeyi»ga tashrif buyurib, ulardan namunalar va zarur ma’lumotlar bilan 
tanishish mumkin. 

Yüklə 482,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə