Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja



Yüklə 482,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix30.03.2023
ölçüsü482,56 Kb.
#103647
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
Magnit lentalari.
Ma’lumki, axborot tashuvchi vositalar qatorida magnit 
lentalaridan ham keng foydalaniladi. Magnit lentalari o‘tgan asrda ishlab chiqilgan 
axborot saqlovchi qurilma bo‘lib, magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa egiluvchan 
magnit qatlamli lentalardan iborat. Magnit lentasi, magnit tasma — sirtiga magnit 
qatlami surtilgan yupqa lenta bo‘lib, tovush (nutq, musiqa)ni yozib olish va qayta 
eshittirish uchun foydalaniladi. Magnit lentasining ishchi magnit qatlami temir 


gamma-oksid, xrom (II) oksid va kobalt qo‘shilgan temir gamma-oksidning magnit 
jihatdan qattiq kukunidan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi asosi sifatida 
polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diasetat va triasetat plyonka ishlatiladi.
 
 
Kompakt-kasseta.
Kompakt-kasseta (ingliz tilidan, Compact Cassette), 
audiokasseta (ingliz tilidan, Music Cassette, MC) yoki shunchaki kasseta — 
axborotni magnit lentasida tashuvchi qurilmadir. Birinchi navbatda, tovush, 
nutqlarni, shuningdek, raqamli axborotni yozish va saqlashda keng qo‘llaniladi. 
Yozuvlar kengligi 3,81 mm va qalinligi odatda, 9 dan 27 mkmgacha bo‘ladi, ikki 
(mono) yoki to‘rt (stereo) yo‘lakchalariga ega magnit lentasiga yoziladi va 
saqlanadi. Odatda, kassete lentasi harakat tezligi 4,76 sm/s.ni tashkil etgan. 
Ko‘pgina ikki kassetali qurilmalarda tezlik 9,53 sm/s.ni, diktofonlarda esa 2,38 
sm/s.ni tashkil etadi. 
Dastlabki kompakt-kassetalar 1963-yilda Philips korporatsiyasi tomonidan 
ishlab chiqarilgan. Kompakt-kassetalarning foydalanishda nisbatan arzon va qulay 
va eng ommabop (o‘tgan asr 70-yillaridan 90-yillarining oxirigacha bo‘lgan davr 
mobaynida) audiotashuvchi (axborot yozishda eng ommabop hisoblanadi), biroq 
XXI asrda ular kompakt-disklar (jimladan, CD-R va CD-RW) bilan siqib 
chiqarildi. 



Yüklə 482,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə