Mavzu: Òzbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi. Reja: I kirish



Yüklə 332,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü332,89 Kb.
#149288
  1   2   3
1 BANK — копия



Mavzu: Òzbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi. 
 
Reja:
 
I KIRISH 
 
II ASOSIY QISM 
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va faoliyati asoslari. 
2. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari. 
3. Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari. 
4. Tijorat banklarining funksiyalari. 
III XULOSA 
 
KIRISH 
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash qiyin. Hozirgi 
davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, turlicha operatsiyalarni 
bajaruvchi universal moliyaviy tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. Masalan, 
birinchi darajali toifaga kiruvchi chet el banklari o‘z mijozlariga 300 dan ortiq turli 
xil xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu operatsiyalarning va xizmatlar ning barchasi bir 
vaqt va bir joyda paydo bo‘lmaganligi sababli ham bank ishining „boshlang‘ich“ 
nuqtasini aniqlash aniq tadqiqotlar olib borishni va ular asosida ma’lum bir fi krlarni 
mujassamlashtirishni talab qiladi. Siz banklarning paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha 
ba’zi bir fi krlar to‘g‘risida tushunchaga egasiz. Bank ishi rivojlanishini bankning 
alohida operatsiyalari miqyosida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bank ishining tarixiy 
rivojlanishi quyidagicha borganini ko‘rishimiz mumkin: 
1-chizma
Banklar faoliyatining eng „qadimgi“ operatsiyalaridan biri, pullarni saqlab berish 
operatsiyasi hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul 
qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan obro‘ va ishonchga 
ega bo‘lgan puldor shaxslar, Yevropa mamlakatlarida cherkov muassasalari 
shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari (masalan, Delfi ya, Efes 
ehromlari) bir paytning o‘zida bank muassasalari bo‘lib ham xizmat qilgan. O‘sha 
qadimgi davrlardan boshlab, qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham 
hisoblangan. Banklarning kelib chiqishiga oid mavjud adabiyotlarda banklar paydo 
bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich bosqichi birinchidan pul mablag‘larini saqlab 


berish bo‘lsa, ikkinchidan pul mablag‘larini almashtirib be rishdan iborat ekanligini 
ko‘rishimiz mumkin. 
Pul ayirboshlash bo‘yicha ehtiyoj alohida paydo bo‘lgan. Bunga Yevropani 
yorqin misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda tangalarning yagona tizimi 
mavjud bo‘lmagan. Savdo turli mamlakatlar, shaharlar, hatto alohida shaxslarning 
tangalari orqali olib borilgan. Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega 
bo‘lgan. Tangalar bilan shug‘ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora oladigan 
mutaxassislar o‘z ayirboshlash stollari bilan qizg‘in savdo ke tayotgan joylarda ish 
olib borishgan. Shu bois, „bank“ so‘zi italyancha „banco“ – „ayirboshlovchining 
oldidagi stol“ degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bunga o‘xshash 
operatsiyalar bundan ancha avvalgi davrlarda qadimgi Gretsiya, Rim, Sharqda 
amalga oshirilar edi. 
Pulni saqlash va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi 
shaxslar yig‘ilgan boyliklar – pullar samarasiz, harakatsiz yotmasligi uchun mavjud 
mablag‘larning hech bo‘lmaganda bir qismini bo‘lsa ham vaqtinchalik 
foydalanishga berilsa, sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. Shunday qilib, 
pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz to‘lash shartlari bilan garov asosida 
beriladigan ssuda (kredit) operatsiyalari paydo bo‘lgan. Bunda garov sifatida uylar, 
kemalar, qimmatbaho buyumlar, chorva mollari, qullar qabul qilingan. 
Bir bank, aniqrog‘i, pulni saqlab beruvchi xizmatidan o‘zaro hisob-kitoblar bilan 
bog‘langan bir necha shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgani uchun, asta-sekin 
mijozlarga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish operatsiyalariga ehtiyoj paydo bo‘la 
boshladi. Dastavval ular quyidagicha amalga oshirilar edi. Har bir omonatchi pulni 
saqlab beruvchida uning ismi yozilgan jadval shaklidagi o‘z hisobvaraqsiga ega 
bo‘lgan. Bu jadvalda pullarning harakati (kirim yoki chiqim) aks ettirilar edi. Butun 
operatsiya pulni saqlab beruv chi bankir – omonatchining og‘zaki yoki yozma 
buyrug‘i bilan amalga oshirilar edi. Bunda mos o‘zgarishlar o‘zaro hisob-kitobl arda 
ishtirok etuvchi shaxslar jadvallariga kiritilar edi. Bu eng sodda xizmatlar naqd 
pulsiz hisob-kitoblarning dastlabki shaklla rini tashkil qilgan. 
Yuqoridagi barcha operatsiyalar dastlab alohida mavjud bo‘lgan va keyinchalik 
ular bank deb nomlangan bir xil tashkilotlar chegaralarida birlashganlar. G‘arbiy 
Yevropada oddiy ayirboshlash idoralaridan bank uylariga o‘tish jarayoni XVI–XVII 
asrlarda boshlangan. 
Ko‘pchilik iqtisodchilar bank mohiyatini ssuda (kredit) operatsiyalarida ko‘rishga 
moyildirlar. 
Shuni hisobga olish kerakki, har bir davlatda bank faoliyatining qonuniy tarifl ari 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunday qil ib, bank ishining asrlik an’analariga ega 
bo‘lgan Angliyada 1979yilda banklar to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Unda 
„bank“ atamasining ta’rifi ga alohida e’tibor berilgan. Britaniyalik qonun 
chiqaruvchilar bank ta’rifi ni ancha soddalashtirganlar, ya’ni ular bank deganda 
Angliya Davlat Banki bank deb tan olgan har qanday kompaniya tushunilishi 
mumkinligini qayd etganlar. O‘z navbatida Angliya Davlat Banki jahon tajribasi 
nuqtayi nazaridan umum tan olingan bank xususiyatlariga ega bo‘lgan mezonlarni 
o‘rnatgan. Xususan, bank maqomiga da’vo qiluvchi kompa niya omonatlar qabul 
qilayotgani, kreditlar berayotgani, eksport-import moliya operatsiyalarini amalga 


oshirayotganligi, valuta ayirboshlayotganligi, investitsion xizmat ko‘rsatayotganligi 
va moliya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlar berayotganligini isbot qil 
ishlari ham kerak. 
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-pul 
munosabatlarining o‘sib, takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va 
ko‘rsatadigan xizmatlari ko‘lamining kengayib borishiga, jamiyat a’zolarining pulga 
bo‘lgan talabining oshib borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik 
shaxslarning manfaatlarini muvofi qlikda olib borish, davlat va jamiyat a’zolarining 
pul mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy jihatdan 
o‘sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida banklar o‘rtasida bajariladigan 
funksiya va operatsiyalar ko‘lami taqsimlana borgan, ya’ni davlat nomidan, davlat 
manfaatlarini himoya qilgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi banklar va alohida jamiyat 
a’zolari bilan ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo‘nalishni ham o‘zida 
mujassamlashtirgan banklar (oxirgisiga sobiq sovetlar davridagi Davlat bankini 
kiritish mumkin) shakllana borgan. 
Hozirgi davrda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki pog‘onali bank 
tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog‘ini o‘z 
ichiga oladi. 

Yüklə 332,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə