Mavzu: Òzbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi. Reja: I kirish



Yüklə 332,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü332,89 Kb.
#149288
1   2   3
1 BANK — копия

2-chizma
Markaziy Bank bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini 
ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko‘pchilik moliya institutlari, banklarning 
faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar 
oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo 
bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank, 
avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog‘ona – tijorat 
banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga 
aralashish Markaziy bank majburiyatiga kirmaydi. Markaziy bank tijorat banklarin 
ing me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga qobiliyatliligi va likvidliligi 
ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi ke rak. 


Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib, tijorat 
banklari pog‘onasiga yetkaziladi. 
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul massasi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi va infl atsiya, ishsizlikning past darajasini 
ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bunda Markaziy bank 
emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va 
ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari tijorat banklari 
o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi. 
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi – bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat 
ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in hisoblangan mustaqil tijorat banklarining tarmog‘idir. 
Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit 
operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank 
xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar. 
Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 
Shvetsiyada Davlat banki 40 ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat qiladi, xolos, 
AQSHda 13 mingga yaqin tijorat banklari mavjud bo‘lsa, Shveysariyada har 10 
ming aholiga bittadan moliya muassasasi to‘g‘ri keladi. Rossiyada 1995yil boshiga 
kelib, Rossiya Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish 
litsenziyasiga ega bo‘lgan 2486 ta tijorat banki qayd qilingan. 
Bank tizimining rivojlanish tarixiga chuqur urg‘u bermasdan, O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tashkil qilingan va takomillashib 
borayotgan bank tizimi to‘g‘risida to‘xtalsak maqsadga muvofi q bo‘lar edi. 
1991-yilning 1-sentabrida Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun 
dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning 
respublikamizga ham kirib keli shiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham 
respublikamizdagi bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank 
tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi. 
Mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekistondagi bank muassasalari sobiq Ittifoq 
bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq Ittifoq bank 
tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi 
banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR Qurilish banki va SSSR Tashqi savdo bankini 
va Davlat Mehnat omonat-jamg‘arma kassalarini o‘z ichiga olardi. Sobiq Ittifoq 
bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 
emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish, xo‘jaliklarga hisob-kitob 
operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya 
funksiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish 
funksiyalarini bajarishga monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va 
nazorat organiga aylantirgan edi. 
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni boshqarishda 
shaklan yuzaki xarakterga ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari harakatini ham 
boshqarish, ham nazorat qi lish davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Bular 
o‘z navbatida bank tizimining tor doirada rivojlanishiga olib keldi. 
Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko‘rsatgan respublika banklari 
tor doirada pul resurslari harakatini boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat 
qilish sobiq Ittifoq Davlat banki qo‘lida edi. 


Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor 
iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‘yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank 
tizimining qator kamchiliklari ro‘yobga chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub 
o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi. 
1987-yilda bank tizimini qaytadan tashkil etish boshlandi. Bu jarayonda bank 
tizimining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, banklarn ing rolini oshirish, iqtisodiy 
tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi 
iqtisodiy dastaklarga aylantirish ko‘zda tutilgandi. 
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi Davlat bankining yangi 
tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat edi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
– 
ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emis-sion bank va 
bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari; 
– 
ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini 
moliyalashga o‘tkazish; 
– 
iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan 
kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar. 
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‘zining kredit 
tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit 
berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan 
banklarga topshirdi. Ya’ni bankning emission faoliyatini kreditlash faoliyati bilan 
birga olib borish funksiyasiga chek qo‘yildi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar 
faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-kredit siyosatini olib 
boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida 
vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: Sanoat qurilish banki, Kommunal 
qurilish va sotsial taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat 
banki, Jamg‘arma banki tashkil qilinib, xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi aloqalar 
tobora yaqinlashdi, ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida ma’lum darajada 
boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida 
juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy 
munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq ifoda qilolmasdi, shuning uchun ham bank 
tizimini yanada takomillashtirish obyektiv zaruratga aylandi. 
1988-yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimi tashkil etila boshlandi. Lekin bu 
davrda, markazlashtirilgan rejalashda Markaziy bankning roli hali ham yuqori, 
sohalarning deyarli hamma qismi davlat tasarrufi da edi. 
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi 
Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasida ikki bosq ichli bank tizimini tashkil etish 
g‘oyasi yuzaga keldi. Bu qonunga asosan Davlat boshqaruv organlari respublika 
Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak edi. U faqat Respublika Oliy 
majlisiga hisobot berishi kerak. Bu qonunni amalga tadbiq etish, asosan, 
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi. 
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini 
tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat qilib qo‘yildi: 


– 
Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli musta qil tijo-rat va xususiy 
banklarni o‘zida mujassamlashtirgan ikki bosqich li bank tizimini vujudga keltirish, 
respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini 
ochish uchun qulay sharoit yaratish; 
– 
barqaror pul muomalasini ta’minlash; 
– 
kredit va naqd pul massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash; 
– 
O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kir itish uchun 
zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar, hamda imkoniyatlarni yaratish va 
boshqalar. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi 
bosqichi, milliy valutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog‘onali 
bank tizimining poydevori qurilgan 1991-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z 
ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yara tish bo‘yicha 
olib boriladigan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi“ Qonuni asosida amalga 
oshirildi. Mazkur Qonun bozor munosabatlariga o‘tish davri vazifalariga mos keluv 
chi bank muassasalari shakllanishining huquqiy asoslarini belgilab berdi. 
Ushbu Qonunga muvofi q, sobiq Ittifoq Davlat bankining respublika muassasasi 
asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga respublikada pul 
muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov 
tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarini kred 
itlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil qi lingan 
ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi. 
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valuta 
muomalaga kiritilgan va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 
1994–1996-yillarni o‘z ichiga oladi. 1994-yilda Milliy valuta so‘mning muomalaga 
kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining asosiy 
bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik 
kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga 
qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha 
choratadbirlar belgilandi. 
Ixtisoslashgan 
tijorat 
banklari 
faoliyatini 
rivojlantirishda 
Vazirlar 
Mahkamasining „Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini 
barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 1994-yil 18-martdagi 
Qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini 
yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‘or usullarini respublika bank amal iyotiga 
qo‘llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‘yicha yo‘lyo‘riqlar belgilab 
berildi. 1994-yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va 
ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi. 
1996-yilda Respublika Prezidentining „Bank auditi tizimini rivojlantirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya 
hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va 
jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan „Artur Andersen“, „Deloyt end 
tush“, „Key Pi Em Ji-(KPMG)“, „Ernest end Yang“, „Kupers end Laybrand“ kabilar 


yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini 
rivojlantirishning yana bir xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy 
asoslarini mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida 
„O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“gi va „Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi. 
1995-yil 21-dekabrda banklar faoliyatini huquqiy va me’yoriy tartibga solish 
qoidalarini belgilovchi „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“ 
va 1996-yil 25-aprelda „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunlarning qabul 
qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam 
qonuniy poydevor yaratdi. 
Bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997– 2000-yillarni o‘z ichiga 
olib, unda banklarni xususiylashtirish va aksiyadorlik-tijorat banklarida 
boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda 
tutiladi. 
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997yil 24-apreldagi 
„Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida“gi Farmonining qabul qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur 
Farmonga ko‘ra, nizom jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam 
bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar belgilangan edi. 
Natijada so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin ko‘payib, bank 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib 
hisobl aganda 20 taga yetdi. Hozirgi paytda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 
tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi. 
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ 
boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga 
oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-
oktabrdagi „Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Mazkur Farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank 
kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuyini belgilab berdi. 
Ushbu Farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda 
har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos keluvchi 
zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali 
mexanizmi yaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi 
„Bank tizim ini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Qaroriga asosan bank 
tizimining barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda 
banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini 
rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991–2000-yillar mobaynida 
yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalq aro andozalarga yaqinlashtirish 
maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining 
boshlanishi bank tiz imi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichida amalga oshirildi. Bu 
bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi „Bank ti 
zimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 
Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi „Bank tizimini isloh 


qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Qarori qabul qilinishi bilan 
boshlandi. 
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib 
belgilandi: 
– 
bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari 
mustaqilligini oshirish; 
– 
bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlan-tirish; 
– 
bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchi-larning 
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish; 
– 
banklarning iqtisodiyotning aniq sektorida ishlayotgan kor-xonalarni, 
xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes subyektlarini 
kreditlash jarayonini kengaytirish; 
– 
banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish; 
– 
banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik muno-sabatlarini 
shakllantirish; 
– 
aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish; 
– 
xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlik-ni 
kengaytirish, valuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar 
belgilandi. 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshchiligida 37 tijorat bank larini (1-ilovaga qarang) o‘z ichiga 
oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib, bozor 
islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va faoliyati asoslari 
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pulkredit siyosatini, emissiya 
jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa 
hisoblanadi. 1995yil 21-dekabrda „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida“ gi Qonuni qabul qilindi. Markaziy bank ning maqomi va maqsadlari 
ushbu Qonunning 1-moddasida belgilangan: 
„O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat 
mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan 
mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga 
oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi 
yozilgan muhrga ega“. 
Qonunning 3-moddasida „Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning 
barqarorligini ta’minlashdan iborat“, deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini 
ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valuta bozorlarida ayirboshlash kursining 
barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy 
siyosatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim 
ekanligini belgilaydi. 
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari 
faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab 
chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan 
mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash 
ko‘rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kred it hajmlarini va foiz 


stavkalarini belgilash yo‘li bilan tartibga sol ish, valuta-kredit siyosatini amalga 
oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va 
valuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-
sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat 
Qonunning 6-moddasida „Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul 
qilishda mustaqildir“, deb tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki Raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. 
Qonunning 2-moddasiga muvofi q O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol 
uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini 
samarali o‘tkazish imkoniyatini beradi. 
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va ta’sirida bo‘lmagan turli 
omillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadiga erishishini 
murakkablashtirishi mumkin. Shunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
aynan Markaziy bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini, 
birinchi galda pulning qadrsizlanish sur’atini va valuta kursini belgilashni idora 
qiladi. 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir 
qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan 
shug‘ullanish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish 
taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida 
bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik 
shaxslarni baravar ko‘rishi lozim. 
3. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari 
Milliy valutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
– 
monetar siyosatni va valutani boshqarish siyosatini shakllan-tirish, qabul 
qilish hamda amalga oshirish; 
– 
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizi-mini yaratish; 
– 
banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish; 
– 
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta zaxirasini saqlash va uni 
boshqarish; 
– 
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa ijro-sini 
uyushtirish. 
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
iqtisodiyotni pul-kredit vositasida boshqarishi, pul-kredit siyosatini amalga 
oshiruvchi sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishi va „O‘zbekiston 


Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 23-moddasiga muvofi q key 
ingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun qolganda bu haqda Oliy Majlisga 
axborot berishi lozim. Markaziy bank pul taklifi hajmini o‘zgartirib, ishlab 
chiqarishning umumiy hajmiga, bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining 
o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi
hajmining oshirilishi iste’mol va sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga, binobarin, 
bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pulning yuqori sur’atlarda 
qadrsizlanishini sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib Markaziy bank 
muomaladagi pul miqdorini cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda 
unga bo‘lgan talab kamayadi, pul bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgaradi, pulning 
qadrsizlanishi kamayadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis tomonidan 
tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul qilinadi. Bu dastur 
iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o‘stirish 
sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valuta siyoatini amalga 
oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurl igiga 
sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim 
makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadr sizlanishi, milliy ishlab chiqarishning 
umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas 
bog‘langan. Pul muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi chizmadan 
ko‘rish mumkin. 
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa 
usullardan foydalanib, pul massasini boshqarib bo rishi mumkin. 
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofi 
qlashtirish va infl atsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat 
banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga 
oshiradi. Minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda 
majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat 
bankining yig‘ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita 
banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidligini 
ta’minlash omili bo‘lishi mumkin. Majburiy zaxira me’yori hozirgi kunda 
O‘zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank tomonidan zaxira miqdori 
ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin, u omonatlarning 
hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya 
qilinishi uchun javobgardir. „Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy 
zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomda belgilangan majburiy 
zaxiralarni deponentlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat 
ko‘rsatayotgan barcha banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy 
bankda naqd pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda 
depozitga o‘tkaziladi. Majburiy rezerv talablarining me’yorlari yoki tarkibi 
belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda kamida bir oylik 
muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi me’yorlarni 
banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy rezervlar 


bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-
kitob qilishda chet el valutasidagi mablag‘lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit 
va jamg‘arma sertifi katlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan 
mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni deponentlash bank vakillik 
hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Majburiy 
zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi. Bank 
majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to‘g‘risidagi 28-
modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan 
yetishmayotgan mablag‘ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy ta’minlashning 
ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi. 
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat 
banklaridan veksellarni sotib oladi. Misol uchun, mol sotib oluvchi korxonaning 
yetkazib berilgan mollari ning haqini to‘lash uchun mablag‘i yetarli bo‘lmasa, u 
tovar uchun to‘lovni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘g‘risida 
veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan 
vaqtda u vekselni tijorat bankiga sotish huquqiga ega. Tijorat banki vekselni sotib 
olganda, unda ko‘rsatilgan summa dan kam summaga sotib oladi. Zarur bo‘lganda 
tijorat banki vekselni Markaziy bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda 
Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum foiz-hisob stavkasini ushlab qoladi. 
Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankn ing hisob stavkasiga 
tayanadilar. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‘rnatadigan hisob 
stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob 
stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori bo‘ladi. 
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati bu to‘g‘ridan 
to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olgan 
holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi 
quyidagi usullarda olib boriladi: 
– 
tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan 
kreditlash; 
– 
tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olish yo‘li 
bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi; 
– 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli. 
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan hollarda ular 
Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan 
foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va 
kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Remoliyalashtirish 
siyosatini olib bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi 
aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatga kreditlar berishi 
mumkin: 
– 
oltin, chet el valutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari 
va boshqa boyliklar; 
– 
davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolat-langan boshqa 
qarz vositalari. 


Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul 
bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan 
ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar 
to‘lanishiga banklar asosida kreditlar berishi mumkin. 
Bank faoliyatida tavakkalchilikning iqtisodiy asoslangan chegaralardan chiqib 
ketmasligi bank sistemasi barqaror ishlashining muhim shartidir. Tavakkalchilik 
doiralarini cheklab qo‘yish Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun rioya 
etilishi majb uriy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni belgilab qo‘yish orqali amalga 
oshiriladi. Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisod iy me’yorlarni, 
shu jumladan: 
– 
kapitalning yetarlilik koeffi tsiyentini; 
– 
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guru-higa 
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; 
– 
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini; 
– 
likvidlilik koeffi tsiyentlari va boshqalarni belgilaydi. 
Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin 
e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari banklarga oid qonun hujjatlarini, belgilab 
qo‘yilgan iqtisodiy me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav 
kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizigacha jarima undirish yoxud ayrim 
operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga 
ega. 
Hisob-kitoblarni va o‘tkazish operatsiyalarini bajarish. O‘zbekiston Respublikasi 
hududida hisob-kitoblar naqd pulli va naqd pulsiz tarzda amalga oshiriladi. Jami pul 
aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz to‘lovlarga to‘g‘ri keladi. Bunda pulning 
harakati kredit muassasalaridagi hisobvaraqlariga pul o‘tkazish va o‘zaro talablarni 
hisobga olish jarayonida sodir bo‘ladi. Mahsulot sotish ishlarini bajarish, xizmat 
ko‘rsatish yo‘li bilan mablag‘ topish, milliy daromadni taqsimlash va qayta 
taqsimlash, bankdan qarz olish va uni qaytarish, aholiga pul daromadlarini to‘lash 
va ulardan foydalanish kabi xo‘jalik munosabatlarining sohalari vositasida naqd 
pulsiz pul oboroti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari amal qilayotgan 
bank muassasalari orqali o‘tadi. O‘zaro hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar uchun 
majburiy bo‘lgan qoidalar asosida olib boriladi. Ushbu qoidalarning bir tarzda 
qo‘llanishi butun respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi. 
Banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilish- 
dan asosiy maqsad „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi 
Qonunning 50-moddasiga muvofi q bank tiz imini barqaror tutib turish, omonatchi 
va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. 
Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bank faoliyatiga 
ruxsatnoma (litsenziya) berishdir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
maxsus komissiyasi bu faoliyat bilan shug‘ullanishga da’vogarlarning birlamchi 
hujjatlarini ko‘rib chiqadi, pul bozorida ularning muomalaga tayyorligini, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga javob ber ishini tahlil qiladi va 
qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda bank faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma 
beradi. 


Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank 
muassasalarining rivojlanishini har tomonlama hisobga olib, kuzatib boradi. 
Kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy 
me’yorlarni, shuningdek, kreditlash hajmi va limitlarini belgilaydi. Qonunda kredit 
tashkilotlarning hamma turlari uchun yagona mazmunga ega bo‘lg an iqtisodiy 
me’yorlar guruhining bajarilishi nazarda tutiladi. Kapit alning yetarliligi, 
aktivlarning sifati, foydaliligi va likvidligiga qar ab tijorat banklarining moliyaviy 
ahvoli baholanadi, nochor bank lar aniqlanadi. 
Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisobkitoblarda zaxiradagi aktiv 
va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit 
siyosatida valuta mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina 
qolmay, balki dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan 
mamlakatimizning oltin-valuta zaxira lari qiymatini saqlab turish imkoniyatini 
yaratadi. Boshqa mo liya muassasalari, korxonalar va jismoniy shaxslar ham xorijiy 
valutaga ega bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga 
qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi 
asosiy depozitariy bo‘lib qolishi mumkin. 
Hukumat maslahatchisi – xazina vakili vazifasi. Bu vazifa „O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 44-moddasida 
mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat 
bankiri sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisobvaraqlarini yuritadi, 
ana shu hisobvaraqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga 
oshiradi: davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga 
bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish 
tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki 
xorijiy valutada operatsiyalar bajaradi. 
45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz ajratish 
masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari 
to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fi skal (xazina) vakili 
vazifasiga muvofi q hukumat hisobvaraqlarini yuritar ekan (47-modda), 
hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet 
kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli 
qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisobvaraqlarni 
yuritadi, davlat qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishda 
qatnashadi. 
Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor 
tarmoqlarini bevosita kreditlamasa-da, u tijorat banklarining kredit zaxiralariga 
bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning 
uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
operatsiyalaridan, shu jumladan, valuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda 
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalardan, kredit, kimoshdi 
savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin, 
chet el valutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari, davlatning 
qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy 


bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid 
qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan 
tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan 
muddatda kredit berishi mumkin. 
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi banklarni qayta 
moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‘g‘risida“gi Qonunning 30-moddasiga asosan amalga oshiriladi. 
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy 
mijozlaridir. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankidagi o‘z hisobvaraqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va 
undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham Markaziy bankka murojaat qiladilar. 
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash huquqiga ega, ya’ni u emissiya 
markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki 
chakana savdoda mahsulot haqini to‘lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil 
uzishda mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun naqd pul zarur. 
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash. Muomaladagi pul 
miqdori hajmini boshqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb 
qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan 
koeffi tsiyentlarini belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, 
uning pul miqdori o‘sish sur’ati va tu zilmasiga, shuningdek, pulning qadrsizlanish 
darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga bog‘liq. 
Ko‘rib chi qilayotgan Qonunning 28-moddasiga muvofi q majburiy zaxira lar 
alohida hisobvarag‘ida naqd pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi. 
Zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli 
muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham 
mumkin. Tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish 
borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda mo liyaviy sanksiyalar (53-modda) 
belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan 
pulni qonunda belgil angan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar 
solish huquqi berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini 
olib borish „Banklar va bank faol iyati to‘g‘risida“gi Qonunga asoslanadi. Bu 
Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga 
oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli 
qog‘ozlar va xorijiy valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul 
mablag‘larini jalb etish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolatlar berish va 
hokazolar tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi. 
Odatda, O‘zbekistonda banklar aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etiladi. 
Aksiyadorlar bankning ustav fondiga qo‘shgan hissalariga qarab, bankning 
majburiyatlariga javobgardirlar. Aksiyadorlar bank faoliyatini boshlash bosqichida 
bankdan bank ta’sis qilinganda qo‘shgan hissalarini qaytarilishini talab qilish huquq 


iga ega emaslar (ba’zi hollar bundan mustasno). Bu holat bank barqarorligini, 
ishonchliligini tartibga solishda yordam beradi. 
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat organlarining mablag‘lari, 
jamoa, birlashmalar va fondlarining mablag‘lari, garov va kreditga olingan 
mablag‘lardan foydalanish mumkin emas. 
Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksiyador jamiyat tuzilishiga o‘xshashdir. 
Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Bu 
yig‘ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari 
ishtirok etadilar. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqishga qo‘yilgan 
masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi 
ishtirok etishi lozim. 
Bankning boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo‘shimcha 
tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazor at qi lish mas’uliyati ham yuklatilgan. 
Direktorlar kengashi a’zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat bankining 
nizomi bilan belgilanadi. 
Bank Kengashi bank faoliyatining asosiy yo‘nalishini, kred it siyosati va bankning 
boshqa rejalarini ko‘rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini tasdiqlash, 
sho‘balarni ochish yoki yopish masalalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar bilan 
shug‘ullanadi. 
Bank boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. U aksiyadorlarning 
umumiy yig‘ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir. Bank boshqaruvi 
boshqaruv raisi, rais o‘rinbosari va boshqa xodimlardan tarkib topgan. U o‘z 
faoliyatini Nizom va yo‘riqlarga asoslangan holda amalga oshiradi. 
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi – bankning 
boshqaruv organlari hisoblanadi. 
Bank kengashi omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank 
faoliyatini, shu jumladan: 
– 
kreditlash va mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘riligini nazorat qilish; 
– 
bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish; 
– 
bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish; 
– 
bank siyosatini ishlab chiqish; 
– 
qonun hujjatlariga rioya qilishni ta’minlash va boshqa vazi-falarni amalga 
oshiradi. 
Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. 
Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi 
a’zosi bo‘lishlari mumkin. 
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank 
boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisob beradi. 
4. Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari 
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular 
faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi. 
1. 
Tijorat banklarining kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan 
resurslarga tayanib ishlash tamoyili. 


2. 
Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat 
ko‘rsatishi. 
3. 
Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi. 
4. 
Banklar faoliyatining tijorat tavsifi . 
5. 
Mijozlar manfaatini himoya qilish. 
6. 
Banklarning daromadliligi va ular faoliyatining universallashuvi. 
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kred it resurslarini tashkil 
qilish va ishlash tamoyili bank faoliyati ning poydevori hisoblanib, uning depozit va 
omonatlarni jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish 
bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan 
jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb 
etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos 
yaratadi. 
Tijorat bankining ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud 
bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank 
vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirishi, boshqalarga kredit 
xizmatini ko‘rsatishi va vakillik hisobvarag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd 
pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud 
mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va 
kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb 
qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda 
avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. 
Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu 
mablag‘larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari 
bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshira olishi birmuncha muammolar bilan 
bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Bank aktivida tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan ssudalar miqdorining 
ko‘payishi, bankning resurslari hajmida o‘z mablag‘lari hissasining oshirilishini 
taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy 
normativlarni aniqlashda bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo‘lishini 
inobatga olish lozim. 
Bank qonun doirasida o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi mumkin, 
lekin uning aktiv operatsiyalari hajmini ma’muriy taqiqlov usullari bilan chegaralash 
mumkin emas. 
Ma’muriy cheklovlar bir martalik va favqulodli hollarda qo‘llanilishi mumkin. Bu 
cheklovlarni doimiy tarzda qo‘llash bank ning tijorat asoslarining buzilishiga olib 
keladi. Shunga ko‘ra, banklar faoliyatini tartibga solish uchun iqtisodiy 
me’yorlardan keng foydalaniladi. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar 
doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining 
poydevori hisoblanib, uning depozitlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, 
passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhiti yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. 
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili 
banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan 


unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarining 
likvidl igini oshirishga yordam beradi. 
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir.
Bu tamoyilga asosan bank o‘zining va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil 
foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit 
siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi 
va o‘zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat 
turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati 
to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond 
va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaq il foydalanishlari mumkin. 
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aksiyadorlarning 
umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofi q taqsimlanadi. Aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi bankning har xil turdagi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, 
aksiyalarga to‘g‘ri keluv chi divident summasini belgilaydi. 
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va molmulki bilan javob 
beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning javobgarligini o‘z zimmasiga 
oladi. 
Uchinchi tamoyil asosida tijorat banki va mijoz munosabatlari yotadi, ya’ni bank 
bozor mezonlaridan, daromad, tavakkalchilik va likvidlik darajalaridan kelib 
chiqqan holda ssuda beradi. 
Tijorat banki faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining 
tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat obyekti vaqtincha bo‘sh turgan pul 
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsa-da, 
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi. 
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga asoslangani 
uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak. 
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji 
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi. 
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri 
hisoblanadi. Bank har doim tavakkalchilik bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank 
faoliyatida tavakkalchilik darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, 
bankning daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili 
shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan tavakkal 
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan tavakkal qilishi 
mumkin emas. Qisqacha qilib aytganda, bank faoliyati „hamma narsa mijoz uchun“ 
degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun 
to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi. 
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. 
Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishl ariga va roziliklariga 
asoslangan holda amalga oshirilishi loziml igi tufayli bank mijozlar manfaatini 
ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak. 
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar 
va operatsiyalarning universallashuvi va diversifi katsiyasi bo‘lib, banklar 


faoliyatining turli tarmoq va sohalarini qamrab olishini kam tavakkalchilik asosida 
yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’i nazar ularning faoliyati 
yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. 
Oldingi paragrafda ta’kidlanganidek banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi 
yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar safi ga kirish 
aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar 
banklarning aksiyalarini sotib olishlari va aksiyador bo‘lishlari mumkin. 
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu 
turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi 
mumkin. 
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hisobidan tashkil 
qilingan banklar hisoblanadi. 
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus banklarga 
bo‘linadi. 
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlarni amalga 
oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat 
ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga 
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, Ipoteka-Zamin 
banklarini kiritish mumkin. 
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklari: xalqaro, respublika, mintaqaviy, 
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin. 
Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo‘jalik, savdo 
va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta’siri o‘sib 
bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh 
pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo‘jalik 
faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini kuzatib 
borishi mumkin. 
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab 
chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida qayta taqsimlanadi. 
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan 
talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni 
ta’minlashi mumkin. 
5. Tijorat banklarining funksiyalari 
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib 
keladi. Shu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
– 
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga 
aylantirish; 
– 
korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; 
– 
iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; 
– 
moliya-valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; 
– 
iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va 
boshqalar. 


XULOSA 
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish 
funksiyasini bajara turib bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. 
Jamg‘aruvchi (bo‘sh mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani 
va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladi. 
Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond 
iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi. 
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish, ularni kapitalga aylantirish 
funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad 
qarz mablag‘lariga bo‘lgan ta lab va taklif asosida shakllanadi. 
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish 
borasida bank faoliyatida tavakkalchilik va noaniqlikning oldini olishga sharoit 
yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida 
muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish xavfi darajasi 
oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib ololmas lik muammolari yuzaga keladi. 
Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-
birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talab 
ning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari 
mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari 
bo‘yicha keng diversifi katsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik xavfi
darajasini kamaytirishi mumkin. 
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik 
jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat banki mo liya bozoriga kredit resurslariga 
talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni 
maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani 
shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni 
shakllantirishda tijorat banklari depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga 
yuqori foizlardan tashqari, bank kred itlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. 
Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat banki faoliyati 
haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankning moliyaviy 
ahvoliga baho bera olishi mumkin. 
Tijorat banklari faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli 
subyektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank 
moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z 
nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishga beradi. Bank krediti hisobidan 
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar 
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. 
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit 
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro 
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun 
mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish bo‘yicha 
Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin. 


Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan 
mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh 
yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi 
lozim. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy 
etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar 
banklarga omonatlarni jalb qi lish orqali amalga oshiriladi. 
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil subyektlararo to‘lov operatsiyalarini 
amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar birgina 
Davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarning bunday tizimida 
to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat banki ti 
zimini shakllantirish hisob-kitob tizimining ajralishiga olib keladi va banklar o‘z 
zimmalariga oladigan javobgarlik daraja sini oshiradi. MFO hisobvaraqlaridan 
foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning 
korresp ondent schotlarga o‘tishi ham javobgarlik darajasi ning ko‘payishiga olib 
keldi. Bunday sharoitda tijorat banklari, mi jozlar hisob-kitoblari bo‘yicha 
to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uldir. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklari 
iqtisodiyotning to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi. 
Iqtisodiyot to‘lovlarini amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali 
mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarining o‘rni kengaymoqda. Undan 
tashqari tijorat banklari moliya- valuta bozorida faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni qimmatli 
qog‘ozlar chiqarishi va ularni joylashtirishi, sotib olishi, mijozlarga har xil 
axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin. 
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni 
bajaradi: 
– 
passiv operatsiyalar; 
– 
aktiv operatsiyalar; 
– 
bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; 
– 
bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ope-ratsiyalari va 
boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar. 



Yüklə 332,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə