1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə1/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
tn


1.O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining asosiy maqsadi - tarixni o‘qitish orqali o‘quvchilar yurtimiz hududida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni musta-qil tahlil qilishga o‘rganadi, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyat-lari, sabab va oqibatlarini tushunib hamda ochib berish orqali yoshlarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatlarini yuksaltirish ajdodlar an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglashga o‘rgatish asosiy maqsad qilib belgilanadiO‘zbekistonning eng yangi tarixida: O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash omillari, ma’naviy-ruhiy tiklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rni olishi kabi masalalar – bu bosqichdagi O‘zbekiston tarixining mazmunini tashkil etadi.
2.Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib, insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘chog‘laridan biri hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan va ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi, O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan.
3. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari..
Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi– Baqtriya edi. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashganligi ma’lum. Bu davlat haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunonistonlik tabib Ktesiy asarlarida uchraydi. Boshqa yunon salnomachisi Diodot esa Ktesiy ma’lumotlariga asoslangan holda Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan harbiy yurishlari haqida xabar beradi. Nin baqtriyaliklarga qarshi 170 ming piyoda 210 ming otliq askar to‘plab hujum boshlagan. Poytaxt Baqtra (hozirgi Balx) mustaxkam mudofa inshoatlariga ega bo‘lgan. Baqtriya hukmdori Oksiart esa vatan himoyasiga 400 ming kishilik qo‘shin to‘playdi.Katta Xorazm” davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari–hozirgi Qoraqalpog‘iston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. ’’Katta Xorazm’’ davlati to‘g‘risida xorazmshunos olim S.P.Tolstov, yevropalik olim V.Xenn, I.Gershkovich, birinchi o‘zbek arxelog olimi Ya.G`ulomov ham qimmatli ma’lumotlar beradilar. Ular “Avesto” dagi ma’lumotlarga asoslanib, Markaziy Osiyoning katta qismi “Katta Xorazm” xududiga qarashli ekanligini isbotlashdi (“Avesto” da tilga olingan 16 viloyatning 9 tasi Katta Xorazm hududida joylashgan).


Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə