1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


Jadid ma’rifatparvarlari faoliyati



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə9/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
tn

15. Jadid ma’rifatparvarlari faoliyati.
15. Jadid ma`rifatparvarlarining pedagogik qarashlari. Turkistonda chor hukumati mustamlakachiligi siyosati tufayli ro‘y bergan fojiali voqea-xodisalarga qarama-qarshi ravishda ma’rifatparvarlik – jadidchilik harakati dunyoga keldi Ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’naviyaxloqiy g‘oyalar, fikr-muloxazalari o‘sha murakkab tarixiy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi. Ma’rifatparvarlar xalqimizning donishmand farzandlari sifatida mustamlakachilik davrida Turkistonda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, xalqning ma’naviy holati darajasini yaxshi bilganlar. Mustaqillikka erishish uchun xalqning umumiy madaniy saviyasini davr talablari va imkoniyatlari darajasida rivojlantirish, xalqni yangi madaniyat, ma’rifatga chorlash zarurligini chuqur anglab etganlar. Xalqni Evropa mamlakatlari madaniyati, fan-texnika yutuqlari, ilg‘or tajribalari bilan tanishishga tinimsiz ravishda da’vat etganlar. Bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli millat va xalq juda katta ijtimoiy kuchga aylanishini ma’rifatparvarlar birinchilardan bo‘lib tushunib etganlar. “Asta-sekin ma’rifatchilikdan jadidchilik o‘sib chiqdi va u ma’lum darajada siyosiy masalalarni olg‘a sura boshladi. YAngi talim-tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ‘ibot, tashkilotchilik, masalalari asosiy o‘ringa ko‘tarildi. YAngiliklarga asoslangan holda rus va eski maorifdan farq qiluvchi fikr-g‘oyalar oldinga surildi, ular mahalliy matbuot, turli kitoblar orqali keng targ‘ib qilindi. Bu madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi mustaqillikka xalq ongini oshirish, o‘z ahvolini yaxshilashga intilishning ko‘rinishlaridan edi”.Jadidchilikning asosiy mohiyati millatni koloqlik, xurofot botqog‘idan chiqarishga qaratilgan. XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidlik harakatlarining tepasida Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo‘lpon, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Co‘fizoda, Xamza, Sadriddin Ayniy, Tavallo singari xalqimizning o‘nlab fidoiy farzandlari, shoiru adiblari, davlat va siyosat arboblari turgan edilar.Behbudiy o‘z uyida ochilgan “usuli jadid” maktabining butun moddiy xarajatlarini o‘z gardaniga oladi «Padarkush»ning sahnaga qo‘ilishidan kelgan asosiy daromadni Samarqand, Qo‘qon, Namangan, Toshkent, Kattaqo‘rg‘on va boshqa shaharlardagi “usuli jadid” maktablariga hadya qildi, bu maktablar uchun o‘zi «Muntaxabi jo‘g‘rofiya umumiy» («Qisqacha umumiy jo‘g‘rofiya»), «Madxali jo‘xrofiya umro-qiy» («Ahli jo‘g‘rofiyasiga kirish»), «Muxtasari jo‘g‘rofiyai Rusiy» («Rusiyaning qisqacha jo‘g‘rofiyasi»), «Kitobul aftol» («Bolalar maktubi»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyati islom» va «YAngi hisob» darsliklarini yaratdi va o‘z mablag‘iga matbaa ochib, maktab uchun darslik va qo‘llanmalarini tekinga bosib tarqatadi. Samarqanddagi birinchi musulmon kutubxonasi va qiroatxonaning asosiy mablag‘i ham uning hisobidan chiqqan edi.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə