1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə7/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
tn

12. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi.
12. Podsho Rossiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach, jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylandi. Bunday zo’ravonlik va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng ko’lamda amalga oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni nazarga ilmaslik kabi o’ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga ko’rilgan edi.Turkistonda boshqaruv tizimi butunlay harbiylashtirilgan hokimiyat ixtiyoriga to’laligicha topshirilgan bo’lib, ularning qo’lida cheklanmagan va hyech qanday insoniy huquqlarni tan olmaydigan hokimiyat tizimi shakillantirilgan edi. «Bu joyda bizning umumiy dushmanimiz-musulmonlik va yovvoyilikdir» – deya harbiy vazir Milyutinga maktub yo’llagan general Kaufman 1868 yil 22 yanvarda Toshkent jamoatchiligi vakillari oldida so’zlagan nutqida ruslarni Turkiston aholisining katta og’alari degan fikrni ilgari surdi.1867 yilda harbiy vazir Milyutin Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Vaqtli Nizom loyihasini podsholik vazirlar qo’mitasi taqdim etdi va bu qo’mita tomonidan tasdiqlangan ushbu loyiha qonun sifatida kuchga kiritildi. Bunga ko’ra markaziy fuqarolik va harbiy boshqaruv tizimi to’laligicha general gubernator ko’liga topshirildi. Bu boshqaruv tizimi Turkiston o’lkasi va aholisini har tomonlama mustamlakachilik sirmog’iga solish bilan mashg’ul bo’ldi va ayrim o’zgarishlar bilan 1917 yilga qadar davom etdi. Turkiston general-gubernatorligida joriy qilingan boshqaruv usuli mahalliy aholi ustidan to’la nazorat qilish imkonini bera oladigan tarzda qilib tashkil etilgan edi.
13. XIX asrning ikkinchi yarmida o’lkadagi milliy ozodlik harakatlari.
Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari. O’lkada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib chor Rossiyasining mustamlakachilik, ulug’ davlatchilik, shovinistik siyosati mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlari boshlanishiga asosiy sabab bo’ldi. Tarixiy manbalarda, arxiv hujjatlarida chor Rossiyasi qo’shinlarining O’rta Osiyo hududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik harakatlari boshlanganligi va bu chor hukumatining ag’darilishiga, qolaversa mustaqillikka erishganimizga qadar davom etganligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar asosida O’rta Osiyo xalqlarining chorizmga qarshi olib borgan quyidagi eng yirik va ommaviy tus olgan kurashlarini qayd qilishimiz mumkin: 1837-1846 yillarda Sulton Kenesarin rahbarligidagi, keyinchalik Buxoro amirligining, Shahrisabz bekligidagi harakatlar, 1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar; 1871 yildagi Farg’onada Yetimxon qo’zg’oloni; 1872 yilda Chirchiqdagi isyonlar, 1873-76 yillar Qo’qondagi Po’latxon qo’zg’oloni; 1892 yildagi Toshkent qo’zg’oloni; 1898 yildagi Andijonda Dukchi Eshon qo’zg’oloni; 1899 yildagi Sirdaryo viloyatidagi harakatlar, 1916 yildagi Jizzax qo’zg’oloni va boshqalar.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə