1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning mohiyati



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə8/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
tn

14. Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning mohiyati.
14. O'rta Osiyo istilosidan so'ng Rossiya, Pyotr I vasiyatini bajarib, jahonning eng yirik imperiyalaridan biriga aylandi. Rossiya imperiyasi jahonning qudratli davlatlari Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya imperiyalari qatori katta mustamlakachi davlat bo'lib qoldi.Turkiston ma'muriyati imperiyaning boshqa o'Ikalari boshqaruvidan o'zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turardi. Rossiya hukumatining Turkiston uchun 1865-1916-yillar davomida ishlab chiqqan va amalga tatbiq etilgan o'nta qonun loyihasi (1865, 1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916)ga va uning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o'zgartirishlarda ana shu holat o'z aksini topgan. O'lka boshqaruvi zo'ravonlikka asoslangan va u doimiy usul sifatida saqlanib kelgan. Kaufman hukmronligi davrida Turkistonda general-gubernatorlik boshqaruvi uning jilovlanmagan istibdodi asosida amalga oshirilgan. Maxfiy maslahatchi F. Girs qayd etganidek, general-gubernatorning hokimiyati, qonun bo'yicha ish yuritilishini taqozo etgan bo'lsa-da, amalda, o'zi xohlagancha ish tutdi. General-gubernator o'lka hokimiyatining yagona boshqaruvchisiga aylangan edi. Hokimiyatni bir yo'la markazlashtirish oqibatida barcha ish qonun asosida emas, aksincha, general-gubernatorning ko'rsatmasi asosida amalga oshirildi. Toshkent shahri qo'lga olinganidan (1865) keyin, mustamlaka sharoitidan kelib chiqqan holda, Sirdaryo hududi hamda 1864 va 1865-yillarda bosib olingan yerlar hisobiga, Orenburg general-gubernatoriga bo'ysundirilgan Turkiston viloyati tashkil etildi. Turkiston viloyatini boshqarish uchun 1865-yil 6-avgustda «Muvaqqat nizom» e'lon qilindi. Uning asosiy maqsadi, ruslarning yangi bosib olingan yerlarida, boshqaruvning umumiy asoslarini belgilash orqali, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash boigan. Joylarda butun hokimiyat harbiy boshliqning qo'lida bo'lgan, ma'muriy organlarga esa mahalliy xalq ustidan nazoratni o'rnatish vazifasi yuklatilgan. Imperator tomonidan «Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom» 1886-yil 12-iyunda tasdiqlandi. «Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi nizom» bo'yicha Turkistonning viloyatlarga bo'linishi, harbiy vazir fikricha, aholining etnografik, maishiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini o'rganish asosida emas, balki o'lkani bosib olish jarayoni bilan bog'liq holda amalga oshirildi. Shunday qilib, Turkiston o'lkasida Rossiya hukmronlik qilgan yillarda qonun loyihalari doimo to'ldirilib, o'zgartirilib turildi. Buning siri juda oddiy edi. Chor Rossiyasining qonun loyihalari Turkistonni Rossiya imperiyasining markazlashgan boshqaruvi tizimiga kiritib, uni rus burjuaziyasi va dvoryan-pomeshchiklar mulkiga aylantirishga qaratilgan edi.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə