1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə4/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
tn

8. IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi . VIII asr oxiri – IX asr boshlarida Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo’ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo’lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turishi, uzluksiz davom etgan o’zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hududlaridagi hali xalifalikka bo’ysundirilmagan chegaradosh elyurtlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulari Qarluqlar va O’g’uzlar davlatidir. Somoniylar davlati. IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o’z nomiaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi. Ko’p o’tmay akauka Nasr va Ismoil o’rtasida tojtaxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888 yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi. X-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi .
9. Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda.
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə