1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə5/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
tn

10. O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari.
XVI-XIX asrlarda Vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy tarqoqlik xo’jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo’lsalarda fan, madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu bilan ular jahon madaniyati va tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo’shdilar. Biroq XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyo va undagi davlatlar jahon tsivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetlashib, rivojlanish jihatidan ilg’or davlatlardan orqada qoldi .Ma’lumki, XVII-XIX asrlar jahon tarixiga moddiy va madaniy yuksalish davri bo’lib kirdi. Xususan, G’arbiy Yevropadagi bir qator davlatlarda ishlab chiqarish sezilarli darajada o’sdi, zavod-fabrikalar qurilib, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temir yo’llar qurildi, dengiz yo’llari ochildi, mehnat unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko’tarildi. O’rta Osiyo xonliklari ana Shunday ijobiy jarayonlardan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi.Bunday ahvol yuz berishiga bir qancha tashqi va ichki omillar sabab bo’ldi: Obyektiv sabablar:Obyektiv sabablar:1.Buyuk geografik kashfiyotlar, dengiz-suv yo’lining ochilishi, Buyuk Ipak yo’lida savdo-sotiqning to’xtashi;2.Janubiy qo’shni mamlakat Eronda Safaviylar va Xojarlar sulolasi davrida shia mazhabining davlat dini darajasiga aylanashi;3.Eron Shohi NodirShohning Buxoro va Xivaga istilochilik yurishlari;4.1747-yilda tashkil topgan Afg’oniston davlati hukmdorlarining Xurosondan o’tuvchi tranzit karvon yo’lining erkin harakatiga to’sqinlik qilishlari;5.Hindiston boburiylarining ota yurti Turkistonni qaytarib olish ilinji;6.Sharqiy Turkiston masalasi sababli Xitoy bilan savdo-diplomatik aloqalarning yo’lga qo’yilmaganligi;7.Pyotr I davridan boshlab Rossiya tomonidan doimiy siyosiy harbiy tazyiqning kuchayib borishi.Subyektiv sabablar:1.So’nggi uch asr mobaynida shonli o’tmishga ega mamlakatni birlashtirib boshqara oladigan har tomonlama yetuk tarixiy siymo yetishib chiqmadi;2.Xonlar, amirlar, beklar manmanlik, mahalliychilik illatlariga berilib, mamlakat ahvoliga beparvo bo’ldilar, o’z manfaatlarini yurt va xalq manfaatidan ustun qo’ydilar;3.Hukmdorlarning atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tiborsizligi, loqaydligi va g’aflat uyqusiga botishi;4.Ta’lim tizimida dunyoviy fanlarga qaraganda diniy ta’limotning o’rni va salohiyati oshib ketishi;5.Islomparastlik, xurofotga mukkasidan ketishlikning kuchayishi;6.Soliq va majburiyat turlarining haddan ziyod ko’payib ketishi.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə