1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


-yilgacha O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə42/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
tn

77.2025-yilgacha O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi.
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Konsepsiya BMTning «Yoshlar-2030» strategiyasida belgilangan «Yoshlar manfaatlarini ko‘zlab, ular bilan ishlash» bosh tamoyiliga asoslanadi. Hujjat bilan Konsepsiyani 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Konsepsiya 2023- yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli «yo‘l xaritalari» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yoshlar ishlari agentligiga vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirish topshirilgan: 2022-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar tegishli «Yo‘l xaritasi» bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Tegishli «yo‘l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish. Konsepsiyada quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan: Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish; Ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash; Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish; Yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan «Besh muhim tashabbus»ni amalga oshirish; Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab quvvatlash;
78. Millatlararo munosabatlar sohasida O’zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasi.
Prezidentimiz “Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Quyidagilar millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish; Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish; Respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish; Respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash; Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta'minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; Millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash; O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e'tibori va imijini oshirish; O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarni, ilg‘or xorijiy tajribani e'tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə