1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə3/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
tn

6. Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji.
IV asrlarga kelib ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida boʻlgan xalqlar oʻz mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Markaziy Osiyoda oʻz mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi. Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlanganligini kuzatish mumkin. Dehqonchilikning va chorvachilikning paydo boʻlishi, xunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining takomillashishi mehnat unmdorligining oshishiga olib keldi.Ayni paytda urugʻ jamoasi xududiy qoʻshni jamoasiga aylana bordi.Aholi joylashgan yerlarni, dehqonchilik bilan mashgʻul vaholarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab boʻldi.Masalan miloddan avvalgi 4- ming yillikda Mesopotamiyada, mil. avvalga 3-ming yillik boshlarida Misrda ilk davlatlar paydo boʻldi.
7. Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashganlar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi.
Shiroq (yunon manbalarida Sirak) (mil. av. 6-asr) Turon xalqlarining axomaniylar podshosi Doro I (qarang Doro) bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. shahrining hayoti haqida manbalarda juda oz maʼlumotlar saqlanib qolgan. Mil.av. 6-asr boshlarida Eron shohi Doro I qoʻshini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notigʻi Poliyen (mil. 2-asr) ning 8 kitobdan iborat „Harbiy hiylalar“(„Strategmalar“) asarida ilk marta Shiroq jasorati tilga olingan.Poliyenning yozishicha, sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors qoʻshinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon qilgan. Rejaga koʻra, Shiroq oʻz qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi Doro I lashkariga qarshi turgan. Spitamen (yun. Spitamenes, sugʻdcha Spitamana) (mil. av. 328) Sutdiyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (qarang Spitamen qoʻzyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishicha, Spitamenning onasi sugʻd, otasi sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. S. yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. S. dastlab Doro III ning, soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng, yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 yil davomida mardona qarshilik koʻrsatgan. Manguberdi ibn Muhammad) (1198-1231) Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshoh-ning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindis-ton hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215), biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə