1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə6/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
tn

11. XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol.
11. Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o’zaro kurashlari qudratli saltanatning bo’linishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. XV asrning 90-yillaridayoq Movarounnahrning markaziy viloyatlariga o’zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli temuriylar davlati tobora zaiflashib borayotgan edi. Bu davrda Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo’linib ketgan edi. Shunday bir shart-sharoitda Muhammad Shayboniyxon butun Turkistonda markazlashgan qudratli hokimiyat o’rnatish g’oyasi bilan tarix sahnasiga chiqdi. Muhammad Shayboniyxon (1451–1510) Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog’ sultonning o’g’li edi. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo’ygan. U Abulxayrxon vafotidan so’ng Dashti Qipchoqning asosiy hududida o’z hukmronligini o’rnatish maqsadida harbiy yurishlarini olib borib, nihoyat, 1487-1488 yillarda O’tror, Sayram, Yassa (Turkiston) Sig’noq shaharlarini bosib oldi. Shayboniyxon juda katta hududni qo’lga kiritib, Xorazmga ham tahdid sola boshladi. Buxoro amirligi. Ma’lumki, 1747-1756 yillarda taxtga Abulfayzxon vorislari qo’g’irchoq xonlar sifatida taxtga o’tqazilgan. Davlat hokimiyati amalda Muhammad Rahim asos solgan mang’itlar sulolasi qo’liga o’tdi. Xiva xonligi. 1505 yilda Temuriylar tasarrufida bo’lgan Xorazm hududi ham Shayboniyxon tomonidan bosib olindi. Shayboniyxon vafoti (1510 yil)dan keyin Xorazm Eron safaviylari qo’l ostiga o’tgan. Xorazmda Eron Shohi IsmoilShoh hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmda IsmoilShoh hukmronligiga qarshi harakat boshlangan. Abulg’ozixonning «SHajarai turk» asarida yozilishicha, Vazir shahrida yashovchi Umar Shayx degan keksa qozisi eroniy qizil boshlilarga qarshi kurashni tashkil qilib, unga o’zi boshchilik qilgan. Xorazmliklar ikki yil deganda eroniylarn i o’z yurtlaridan haydab chiqardilar. Qo’qon xonligi. Shayboniyxon hukmronligi o’rnatilgach Movorounnahrning barcha hududlari, shu jumladan Farg’ona vodiysini o’z avlodlariga taqsimlab berdi. Xususan, Axsini Jonibek sulton, Andijonnni esa Mahmud sultonga berdi. XVI asrda o’rta Osiyoda ikki mustaqil feodal xonlik Buhoro va Xiva xonliklari tashkil topdi. Ammo har ikkala honlik o’zaro urushlar olib bordi.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə