Temuriy malikalarining jamiyatda tutgan o’rni xususida xamrayev G‘. G‘. Jdpu tarix fakulteti katta o‘qituvchiso



Yüklə 48,54 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü48,54 Kb.
#166140
9176-Текст статьи-22097-1-10-20230626



179 
TEMURIY MALIKALARINING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI 
XUSUSIDA
Xamrayev G‘.G‘. 
JDPU Tarix fakulteti katta o‘qituvchiso 
Ne’matqulov.A.T. 
JDPU Tarix fakulteti 1-kurs talabasi

Annotatsiya: 
Ushbu maqolada jahonga mashhur bolgan va e’tirof etilgan 
hamda davlat boshqaruvida o‘z davrining ulkan tajriba egasi hisoblangan 
temuriy malika Bibixonim haqida so‘z boradi. 
Kalit so’zlar: 
Saroy mulkxonim, Chigʻatoy, Qozonxon, Amir Husayn, 
Amir Temur, Bibixonim, Yunusxon, Turkon Xotun. 
Аннотация:
В статье речь идет о тимуридской царевне Бибиханим, 
которая прославилась и получила признание в мире и считалась 
обладательницей большого опыта государственного управления. 
Ключевые слова:
Сарай Мулькханум, Чигатой, Казанхан, Амир 
Хусейн, Амир Темур, Бибиханум, Юнусхан, Туркон Хотун. 
Annotation:
The article deals with the Timurid princess Bibikhanim, who 
became famous and recognized in the world and was considered the owner of 
extensive experience in public administration. 
Key words:
Sarai Mulkhanum, Chigatoy, Kazankhan, Amir Hussein, 
Amir Temur, Bibikhanum, Yunuskhan, Turkon Khotun. 
Saroymulkxonim Chigʻatoy ulusiga mansub xonlardan biri, Qozonxonning 
qizi boʻlib, 1341-yilda tavallud topgan. Balogʻatga yetgach, Movarounnahr 
hukmdori Amir Qozogʻonning nabirasi Amir Husaynga turmushga chiqadi. 
1370-yilda, Amir Husayning Balx jangi vafotidan soʻng 26 yoshli 
Saroymulkxonimni Amir Temur nikohiga oladi. Yuksak insoniy fazilatlariga 
egaligi tufayli Saroymulkxonim, Amir Temur ahli ayollari –malikalarining 
ulugʻiga aylanadi, hamda «kattaxonim» yoxud «Bibixonim» mavqei berildi. U 
oʻz zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor ayoli va aql-zakovat 
sohibasi boʻlgan
1
.
Biroq turli sabablarga koʻra vayron etilgan.Sohibqiron farmoniga binoan, 
1399-1404-yillarda jomeʼ masjid qurib bitkazildi. Baʼzi rivoyatlarda Amir 
Temur masjidini dono va oqila xotini Saroymulkxonimga tuhfa qilgan, 
deyishadi. Shuning uchun boʻlsa kerak Amir Temur jomeʼ masjidi ham 
Bibixonim nomi bilan shuhrat topgandir. Temuriyzodalar tarbiyasi bevosita 
1
Boburnoma’’ nashriyot < Yangi Asr avlodi>.2018-y


180 
Bibixonim bilan bogʻliq. U Shohruh Mirzo, Mirzo Ulugʻbek, Muhammad 
Sulton, Xalil Sultonlarning ilm-maʼrifatni anglashida rahnamolik qilgan. 
Ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek sogʻlom oʻsishi, diniy va dunyoviy bilimlarni 
mukammal egallashida, Bibixonimning mehnati beqiyosdir
2

Sohibqiron Temurning oʻlimidan soʻng, Samarqand taxti, uning nabirasi 
Xalil Sultonga oʻtdi shu davrda Bibixonim ancha qiyinchiliklarga duch keladi. 
1409-yilda Samarqand taxtini Shohruh Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli Mirzo 
Ulugʻbek egallaganda sevikli buvisi Bibixonim hayotdan koʻz yumgan edi.
Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga kiritgach, 
«ko‘ragon» unvoniga musharraf bo‘ldi. Ko‘ragon iborasi mo‘g‘ulcha so‘z 
bo‘lib, «kuyov» degan ma’noni ifodalaydi. Zero, Saroy Mulk xonim mo‘g‘ul 
xonlaridan birining qizi bo‘lgani tufayli sohibqiron Amir Temur mo‘g‘ul 
xonining kuyovi, ya’ni «Amir Temur Ko‘ragon» nomini olgan edi.
Sohibqiron 
Amir Temur malika Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga kiritgunga qadar, 
haramida boshqa xotinlari ham bor edi. Lekin xon avlodiga mansub Saroy Mulk 
xonim haramdagi barcha malikalardan ulug‘rog‘i hisoblanib, «katta xonim» 
yoxud «Bibixonim» degan unvonga noil bo‘ladi. Albatta, bunday e’zozga 
musharraf bo‘lish uchun aql-zakovat, did-farosat, fikrlash doirasining ulkanligi 
bosh omil bo‘lgan. Zotan, tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Saroy 
Mulk xonim zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat 
sohibasi, husn-latofat bobida ham benaziri edi. Saroy Mulk xonim insonparvar, 
vatanni sevguvchi, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari 
bilan qatnashib turgan ayol edi Turkon xotun
-
Xorazmshoh Takish 
qipchoqlar bilan ittifoqqa kirib, ularni o’ziga og’dirish niyatida qipchoq xoni 
Jonkishining qizi Turkon Xotunga uylanadi. Bayot urug’idan bo’lgan Turkon 
Xotun Xorazmga turk qabilalari (uraniylar, qarluqlar, ug’roqlar, xalaj 
qabilalari)ni olib keladi va ularning qudratli homiysiga aylanadi.Hijriy 596 yil 
20 shavvol (1200 yil 3 avgust)da Gurganj aholisi, davlat a’yonlari va amirlari 
ishtirokida Xorazmshohlar davlati taxtiga Takish va Turkon Xotun o’g’li 
Qutbiddin Muhammad o’tirdi va u otasining Alouddin laqabini qabul qildi. 
Keyinroq esa Sanjar ikkinchi nomini oldi.
An-Nasaviy Turkon Xotun haqida 
quyidagicha tavsif qoldirgan: «Yuqorida aytib o’tilgan Turkon Xotun Bayavut 
toifasidan bo’lib, yemak urug’ining shoxobchasidandir. Qachonki, uning 
mavqei mustahkamlangandan so’ng «Xudovandi Jahon», ya’ni butun dunyo 
hukmdori laqabini olgan edi. U turkiy hukmdorlardan Jonkishining qizi bo’lib, 
El-Arslonning o’g’li Takish unga uylanadi. Takish o’lgandan so’ng davlat 
2
Fayziyev.T.Temuriylar shajarasi. “Fan”., 1995., 135-bet. 


181 
tepasiga kelgan o’g’li Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida onasi Turkon 
Xotunning obrusi ko’tarilib, davlat ishlarini ham boshqargan".Hatgo 
Xorazmshoh Muhammad mastligida onasi Turkon Xotunning xiyonati tufayli 
shayx Najmiddin Kubroning shogirdi shayx Majididdin Bag’dodiyni qatl qilish 
haqida farmon ham beradi. Bag’dodiyning qatl qildirilishi din ulamolarini 
Muhammaddan ixlosini qaytargan edi. Turkon Xotunning bunday nodonligi 
Xorazmshohlar davlatiga sonsiz kulfatlar keltirdi. Bundan tashqari, katta 
qudratga ega bo’lgan sarkardalarining ko’pchiligi qipchoqlardan bo’lgani bois, 
hukmdor onasiga yon berishga majbur edi.An-Nasaviy bunday yozadi: «Agar 
malikadan va sultondan bir ish haqida ikkita ko’rsatma kelsa, u holda ularning 
sanasiga qarar edilar va barcha mamlakatlarda keyingi sanaga amal 
qilardilar...»Turkon Xotun «Jahon hokimi» laqabiga ham ega edi, uning 
farmonlaridagi shaxsiy muhri — tug’risida: «Ismat ud-dunyo vad-din Ulug’ 
Turkon malika niso al-olamiyn» (Dunyo va uning pokdomoni, Ulug’ Turkon, 
olam ayollarining malikasi) deb bitilgan edi. U «I’tasamtu billahi» («Faqat 
Allohdan himoya kutaman») deyilgan so’zlarni bosh shior qilib olgan. U o’z 
shiorini o’g’li shiorining yoniga qo’yar edi..Gurganj shahrida Turkon 
Xotunning qarindoshlaridan sultonning turkiy qo’shiniga tegishli nufuzli 
a’yonlargina (boshliq o’rnida) edilar, jumladan, Xumor Ag’u — hojib 
sipohsolor (lashkarboshi), Buka Pahlavon, Ali Marg’ini va boshqalar.
1220 yili 
Xorazm mo’g’ullar tomonidan istilo qilingach, Sulton Alouddin Xazar 
dengizidagi Abiskin orollaridan biriga qochishga majbur bo’ldi.Noshukr malika 
Ilol shahri Mozandaronga etgach, yo’lboshlovchini ham qatl qildiradi. Chingiz 
lashkarlari Turkon Xotun izidan borib, Ilol shahrini qamal qilib, ko’p o’tmay 
uni ham bosib oladi.
3
Malika Xorazmshohning butun harami, bolalari bilan 
asirga tushadi. Mo’g’ullar shoh bolalarini o’ldirib, haram ayollarini xotin qilib 
oladilar, Turkon Xotun esa Chingizxon qarorgohiga jo’natiladi. Turkon 
Xotunning asirlikdagi ahvoli juda ayanchli edi, u Chingizxonning dasturxonida 
qolgan sarqiti bilan ovqatlanardi. Bir paytlar har qanday farmoyishi darhol 
bajarilgan malikai jahon Turkon Xotun 1233 yili xoru zorlikda vafot etadi. 
Qutlugnigorxonim-— fargʻona viloyati hukmdori umarshayx mirzoning 
toʻngʻich xotini. Uning otasi Yunusxon Chingizxonning 2-oʻgʻli Chigʻatoyxon 
naslidan boʻlgan, onasi Eson Davlat begim tuman beklaridan Sher Xonibekning 
qizi edi. Yunusxon Eson Davlat begimdan 3 qiz koʻrgan. Q.N. oʻrtancha qiz 
boʻlgan. Q.N. Umarshayx mirzoga uzatilgach, undan bir qiz (Xonzodabegim) 
va bir oʻgʻil (Zahiriddin Muhammad Bobur) koʻrgan. Dono, oqila, mehribon va 
vafodor bu ayol Boburning Temuriylar saltanatini inqirozdan saq-lab qolish 
3
Jalolidin Manguberdi’’ Maqsud Shayxzoda 


182 
maqsadidagi harakatlarida madadkor boʻlgan, darbadarlik vaqtlarida hamrohlik 
qilgan. Bobur Kobulni qoʻlga kiritgandan soʻng, 5—6 oy oʻtgach, Q.N. ich 
terlama kasaliga chalinadi va dunyodan koʻz yumadi. U Ulugʻbek tomonidan 
qurilgan.
“Boburnoma”da oqila, mudabbira onalar qanday tasvirlangan?Shonli 
tariximizdan ma’lumki, valiahd shahzoda, malikalaru podshohlarni nafaqat 
hayotga, balki mamlakatni boshqarishga tayyorlashda, umuman, millat 
tarbiyasida zukko, farosatli, ilmli onalarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Onalarga 
hamisha yaratuvchi sifatida qaralgan va e’zozlangan.O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy 
xodimi, filologiya fanlari nomzodi Burobiya Rajabovadan shoh va shoir 
Zahiriddin Muhammad Boburning muhtasham “Boburnoma” memuarida ona
mudabbira ena, bunyodkor malikalarning tasviri haqidagi savollarimizga javob 
oldik— O‘rganishimcha, Temuriylar Uyg‘onish davrida saroy ayollarida 
ijtimoiy faollik o‘sgan. Bunyodkorlikni o‘zlariga sharaf deb bilgan 
malikalarning davlat ishlaridagi faolligi himmat va ehsoni bilan belgilangan. 
Ular mamlakatning obodligi, farovonligi yo‘lida hamda aql va qo‘l 
ixtirolarining mamlakat bo‘ylab yoyilishida saxiy mulkdorlar qatorida pul 
tikib, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurdirgan, suv chiqargan, bog‘lar barpo 
qilgan.Bobur Temuriylar Renessansi davrining murakkab saroy hayotiga ham 
ahamiyatqaratgan. Ancha yangi gaplar aytgan.“Boburnoma”da yozilgan muhim 
ma’lumotlardan biri bu – onasi haqidagi xabarlardir. Bobur onasi Qutlug‘ 
Nigorxonimni “Boburnoma”da o‘ndan ortiq ma’lumotlarda tilga oladi. 
4
Gulbadanbegim- (1522, Kobul -1603, Dexli) — Amir Temur avlodidan, 
Markaziy Osiyoda oʻrta asrlarda yagona ayol-tarixchi
.
Zahiriddin Muhammad 
Boburning qizi. Onasi Dildor begim. Gulbadan begim otasi Bobur podshohning 
farmoniga ko'ra katta onasi ya'ni Humoyun Mirzoning onasi - Mohim begim 
qoʻlida tarbiyalangan. U 1529-yilda Agraga borgan. Yoshligidan adabiyot va 
tarixga qiziqqan. Zamonasining barcha bilimlaridan boxabar boʻlgan, fors tilini 
mukammal oʻzlashtirgan, "Boburnoma"ni mutolaa qilgan. Umrining oxirigacha 
asosan Hindistonda yashagan, Makkada boʻlgan (1575—82). Akbar buyrugʻiga 
koʻra Bobur va akasi Humoyun haqida "Humoyunnoma" asarini yaratgan. 
Asarda 15-asrning oxiri — 16-asrning oʻrtalarida Movarounnaxr, Afgʻoniston 
va Hindiston hududlarida roʻy bergan voqealar bayon qilinadi.Gulbadan begim 
o‘z asarida saroy ahlining hayot tarzi, shuningdek, tarixiy asarlarda 
uchramaydigan Bobur podshoh xonadonining nozik xususiyatlari, oilaviy 
sharoitlari, to‘y va aza bilan bog‘liq udumlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, kiyim-
kechak turlari kabi jihozlar haqida mufassal hikoya qiladi. Unda 
4
O’zbekiston adabiyoti san’ati’’2008-yil. 


183 
"Boburnoma"da 
tasvirlangan 
voqealarning 
davomi 
qalamga 
olingan, 
shuningdek, "Boburnoma"ga kirmagan baʼzi voqea-hodisalar aks etgan... 
Asarning 83 varakdan iborat yagona qoʻlyozma nusxasi Angliyaning Britaniya 
muzeyida saqlanadi. Unda voqea tugallanmagan, ingliz sharqshunosi Charlz 
Ryo oʻz katalogida uning qisqa tavsifini bergan. Ingliz olimasi A.S. Beverij 
ingliz tiliga (London, 1902), S. Azimjonova oʻzbekchaga (Toshkent, 1959) 
tarjima qilib, forscha asl nusxasi va izohlari bilan nashr ettirganlar. Tarixchi 
olim Abulfazl Allomiy "Akbarnoma" asarini yaratishda "Humoyunnoma"dan 
keng foydalangan. 
Xulosa o‘rinida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, o’rta asrda sharq 
davlatlarida ayolarning davlat boshqaruvida ayollar erkaklar bn tengma teng 
boshqarishga harakat qilganini korsatishimiz mumkin.Sharq malikalarning 
davlat boshqaruvida faol siyosat olib borilganini biz Bibixonim misolida 
ko’rishimiz mumkin.Qutlugnigorxonimga kelsak u turmush o’rtog’I vafot etgan 
bolsa hamu ayol boshi bn o’zining farzandi hisoblangan Boburni davkatni 
boshqarishda katta o’rin egallangan.Gulbadanbegim Boburning qizi bolib u 
otasiining ishini davom ettiradi 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Boburnoma’’ nashriyot “Yangi asr avlodi”. 2018. 
2. “O’zbekiston adabiyoti san’ati’’ 2008-yil. 
3. “Jalolidin manguberdi’’ AN-Nasaviy’ 2017. 
4. “Jalolidin Manguberdi’’ Maqsud Shayxzoda 2010. 
5. O’zMe.Birinchi jild.Toshkent.2000-y 
6. Fayziyev.T.Temuriylar shajarasi.1995-y. 
 

Yüklə 48,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə