1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


O’zbekiston Respublikasida siyosiy o’zgarishlar



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə14/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
tn

24. O’zbekiston Respublikasida siyosiy o’zgarishlar.
Dunyo mamlakatlaridagi erkinlikka doir e’lon qilgan yangi hisobotida O’zbekistonda rejim avtoritar qolayotganini ta’kidlaydi. Avtoritar rejim qonunlar, hokimiyat bo’g’inlari, fuqarolik institutlari ham yagona rahbarga, O’zbekiston misolida prezident Shavkat Mirziyoyevga bo’ysunishi va xizmat qilishini anglatadi. Bunday rejimda prezident hokimiyatni raqobatsiz boshqaradi, muxoliflar siyosiy maydonga kiritilmaydi. Sharhlovchilar bu tashxis O’zbekistonda muxolafatsiz o’tgan parlament saylovlari jarayonida isbotlaganini aytishadi, yaqinlashayotgan navbatdagi prezidentlik saylovlari davomida esa avtoritar rejim yanada yaqqol namoyon bo’lishi ehtimol qilinadi."Ozodlik uyi" nazarida O’zbekistonda parlament ham, sud huquq tizimi ham markaziy hokimiyat ixtiyoridagi vosita, islohotlar tepadan berilgan ko’rsatma asosida qilinadi, mamlakatdagi matbuot hamon keskin nazorat va bosim ostida. Hukumatning islohotlarga, yangilanishga doir chaqiriqlariga qaramasdan qamoqxonalarda hamon ko’plab diniy va siyosiy motivlar bilan qamalgan mahbuslar qolmoqda, deyiladi hisobotda. 195 mamlakatdagi siyosiy erkinlikni o’rgangan xalqaro tashkilot O’zbekistondagi vaziyatni mavjud 100 balli tizimdan o’nga baholaydi, mamlakat erkin emas degan xulosa beradi. Qiyos uchun qo’shni Turkmanistondagi vaziyat 2 ballga baholangan, O’zbekistonda siyosiy huquqlarning 40 dan 2 tasi, fuqarolik huquqlarini 60 dan 8 tasiga amal qilinayotgani ta’kidlanadi. Siyosiy erkiniklar darajasida Turkmanistondan nisbiy farq qilish, Tojikiston (9 ball) bilan deyarli tenglik, Qirg’iziston (39 ball), Qozog’istondagi (23 ball) vaziyatdan orqada bo’lish yangi O’zbekiston shiori bilan qudratga kelgan Shavkat Mirziyoyevning haqiqatda o’zgarishlarga, ayniqsa siyosiy islohotlarga moyil emasligidan ham darakdek O’zbekiston hukumati inson huquqlari, siyosiy erkinliklarga doir bu hisobotga hozircha biror munosabat bildirmagan. Ammo mamlakatda siyosiy erkinliklar cheklangani, siyosiy muxolafatga ruxsat berilmayotganiga doir qarashlarni hukumat rasmiylari, prezident Mirziyoyev tomonidan ham izohlab o’tilgan.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə