1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalar


O’zbekistondagi Respblikasidagi iqtisodiy islohotlar



Yüklə 69,83 Kb.
səhifə16/42
tarix29.11.2023
ölçüsü69,83 Kb.
#139487
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
tn

27. O’zbekistondagi Respblikasidagi iqtisodiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiyetukligigaerishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy modeli yaratildi (bu boradagi ma’lumotlar mazkur bobning 2-bandida bayon etildi). Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: mulkiy munosabatlarni isloh qilish; agrar islohotlar; moliya-kredit va narx-navo islohoti; boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; ijtimoiy islohotlar. Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. SHu sababli Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
28. Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan fuqarolarning davlatimiz Bosh qomusiga, huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga, Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi darajasiga munosabatini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalari ishtirokchilarning aksariyat qismi Konstitutsiyamizga O‘zbekiston mustaqilligining mustahkam huquqiy poydevori, huquq va erkinliklarning ishonchli kafolati sifatida qarashini ko‘rsatdi. Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.

Yüklə 69,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə