YaShil iqtisodiyoT



Yüklə 21,17 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü21,17 Kb.
#137857

2-MAЪRUZA “YaShIL IQTISODIYoT”GA O‘TIShNING ZARURIYaTI, TAMOYILLARI VA DASTAKLARI
REJA
2.1. Resurslarning cheklanganligi va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyati
2.2. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillari
2.3. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish siyosatining dastaklari

2.1. Resurslarning cheklanganligi va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyati
XX asrda dunyoning tashqi qiyofasi sezilarli darajada o‘zgarib ketdi. 1900 yilda dunyo aholisi 1,6 mlrd. kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 6 mlrd. kishidan oshdi, 2017 yilga kelib esa yer yuzidagi aholi soni 7,6 mlrd. kishini tashkil etmoqda. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi jahon bo‘yicha deyarli ikki marta oshib, kambag‘allik darajasi 3 martadan ko‘proqqa kamaydi. Fan-texnika borasida erishilayotgan yutuqlar ta'sirida iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasining keskin o‘sishi dunyo aholisi sonining jadal sur'atlarda ortishiga sabab bo‘ldi. Fan-texnika yutuqlari dunyo aholisi sonining o‘sish sur'atlariga nisbatan yuqori iqtisodiy rivojlanish sur'atlarini ta'minlab berdi. Jumladan, XX asr davomida dunyo aholisi 3,6 martaga o‘sgani holda, dunyo yalpi ichki mahsuloti miqdori 18 martadan ko‘proqqa ortgan.
Tahlillar ko‘rsatishicha, dunyo aholisining ko‘payishi va iqtisodiy o‘sishning muntazam ravishda atrof muhitga bo‘lgan yukning oshib borishiga olib keldi. So‘ngi yuz yillikdagi aholining soni va iqtisodiy faolligining oshishi hisobiga dunyo okeanining oksidlanish darajasi deyarli 1,2 martaga (2000 yilda 1900 yilga nisbatan) oshdi, tropik o‘rmonlarning yo‘qotilish darajasi 6 marta oshdi, uglerod oksidi chiqarilishi 1,5 martaga ko‘paydi33Dunyo aholisi iqtisodiy faolligining oshishi natijasida yuz berayotgan bunday iqlim o‘zgarishlari o‘rta muddatli istiqbolda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bo‘yicha agentlik fikriga ko‘ra, rivojlanish va ehtiyojlarni qondirish uchun sezilarli miqdordagi uglevodordlarni talab etuvchi jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy sohaning joriy holati o‘zgartirilmasa 2050 yilda 2030 yilga nisbatan insoniyat 5 mln. kishini yo‘qotishi mumkin34. Iqlim va global tabiiy tizimning o‘zgarishi inson hayotining barcha jihatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va mamlakatlar aholisi turmush darajasini yomonlashtiradi.
Tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanilmaslik natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish maqsadida rivojlanayotgan mintaqalar mamlakatlari o‘z ekologik tizimini, biologik xilma-xilligini va iqlimini yaxshilash uchun har yili 70-100 mlrd. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritishlari zarur. Shu bilan birgalikda rivojlanayotgan mintaqalarning investitsion salohiyati ancha past ekanligini e'tiborga olish zarur. Jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar ushbu mintaqalar uchun strategik muhim bo‘lgan (er osti boyliklarini ishlab chiqarish va qayta ishlash) sohalarga yo‘naltirilmoqda. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy qonunchiligi xo‘jalik sub'ektlarining ekologik yoki ijtimoiy javobgarligini ta'minlamaydi. Tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilish borasidagi bunday agressiv yondashuv butun zamonaviy sivilizatsiya uchun jiddiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
UNEP tadqiqotlariga ko‘ra jahon tabiiy UNEP tadqiqotlariga ko‘ra jahon tabiiy resurslaridan oqilona va samarali foydalanish kelgusi avlod uchun 2050 yilga qadar har yili 2 trln. dollar iqtisodiy foyda olish imkonini yaratadi. Bu davrda dunyo aholisi soni 28%ga, aholi jon boshiga resurslardan foydalanish darajasi esa 71%ga ortishi bashorat qilinmoqda. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha qat'iy choralar ishlab chiqilmas ekan, metallar, biyoqilg‘i, minerallar va boshqa resurslarning yillik iste'moli 85 mlrd. tonnadan 186 mlrd. tonnagacha ko‘payishi mumkin. Iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun sarflanayotgan investitsiyalar aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulot ulushining 3,7%ga qisqarishiga olib kelgani holda resurslardan samarali foydalanish amaliyotini joriy etish ushbu yo‘qotishni qoplab ketishi mumkin.
Mavjud vaziyatda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanishga o‘tkazishning eng optimal yechimi, deb hisoblash mumkin. Dunyoning deyarli barcha mintaqalarida qayta tiklanuvchi energetika (quyosh, shamol, gidroenargetika va bioenergetika) sektoridan foydalanish bilan bog‘liq sezilarli salohiyat mavjud. Jumladan, Xalqaro tiklanadigan energiya agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Kanada va AQSh tiklanadigan energiya resurslaridan mos ravishda 96 636 va 214 766 MVt energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni yaratdi. Rossiya o‘zining sezilarli darajadagi salohiyati va xilma-xil iqlimi bilan tiklanadigan energiya resurslaridan yiliga 51 747 MVt energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yarata oldi. Braziliya va Xitoy qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan mos ravishda yiliga 122 951 va 545 206 MVt energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni ishga tushirdi. Bu borada Afrika mutlaqo autsayder hisoblanadi. Jumladan, butun Afrika mintaqasi tiklanadigan energiya resurslaridan 38 192 MVt energiya ishlab chiqarish quvvatlariga ega36. Cheklangan resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, “sof texnologiyalar”ga nisbatan innovatsion yondashishni kuchaytirish, “yashil iqtisodiyot”ni shakllantirish muammolari xalqaro iqtisodiy, ekologik, investitsion forumlarda muntazam ravishda muhokama etib kelinmoqda. Jumladan, BMTning 2014 yilda taqdim etilgan “An Action Agenda for Sustainable Development” nomli hisobotida mamlakatlarning barqaror rivojlanish darajasini belgilab beruvchi quyidagi ko‘rsatkichlar keltirilgan37: iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik, atrof muhitni himoya qilish va saqlash, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash. Iqtisodiy o‘sish mamlakat barqaror rivojlanishining muhim jihati xisoblansa-da, bunda atrof muhit muvozanatining ta'minlanishi, ekologik muammolar keltirib chiqaruvchi omillarning bartaraf qilinishi, aholi daromadlari darajasidagi tengsizlik, tinchlik kabi ko‘plab omillar inobatga olinadi. UNEP va Iqlim o‘zgarishlari buyicha hukumatlararo komissiyasi tomonidan 2012 yilda chop etilgan “Tiklanadigan energiya manbalari va iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish” (“Renewable Energy Sources and Climate Change Mitigation”)38 maxsus hisobotida esa tiklanadigan energiya manbalari energiyaning boshqa turlariga nisbatan atrof-muhitga kamroq salbiy ta'sir“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga kabi xususiyatlarga bevosita bog‘liq holda ro‘y beradi. Shu sababli, o‘tish jarayoni uchun qulay (huquqiy infratuzilma, rag‘batlantiruvchi omillar va h.k.) muhit yaratish zarur. Agar milliy darajada qo‘llanilayotgan rag‘batlantirishuvchi omillar, jumladan, investitsiyalar va davlat xaridlari “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga yo‘naltirilsa, iqtisodiy tizimni “yashillashtirish” jarayoni yanada faollashadi.
2.2. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillari
Aksariyat mamlakatlar yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasida aniq maqsad va vazifalarni belgilab olishadi. Bu o‘rinda yashil iqtisodiyotga o‘tishdan maqsad nima degan savol tug‘iladi? BMT Yevropa iqtisodiyot qo‘mitasi mutaxassislarining ta'kidlashicha, “yashil iqtisodiyotga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga “yashil investitsiyalar”ni yo‘naltirishni rag‘batlantirish hisoblanadi. Ushbu investitsiyalar muhim iqtisodiy resurslar hisoblangan tabiiy kapital va ekotizimlardan nisbatan samarali usullar yordamida foydalanish yoki ularni tugab qolishi yoki degradatsiyalashuvi riski paydo bo‘lganda boshqa muqobil resurslar bilan almashtirishga yordam beradi. Investitsiyalar bir vaqtning o‘zida ijtimoiy adolat uchun sharoit yaratishi va fuqarolarga munosib ish o‘rinlarini barpo etishi zarur. Atrof-muhit muhofazasini kuchaytirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ijtimoiy integratsiyani chuqurlashtirish, iqtisodiy rivojlanishni yaxshilashkabi vazifalar “yashil iqtisodiyot”ning vazifalariga kiradi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish maqsadi va strategik vazifalari muayyan tamoyillarga asoslanishni taqozo etadi. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillari mazkur iqtisodiyot qanday bo‘lishi zarurligini belgilab beradi. “Yashil iqtisodiyot” tamoyillari “jigarrang iqtisodiyot” tamoyillariga nisbatan keng qamrovli bo‘lib, ular kuyidagilar:
Barqarorlik tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” barqarorlikni ta'minlash vositasi hisoblanadi. U barqaror rivojlanish o‘rnini bosa olmagan holda, uni ta'minlash usullaridan biri sanaladi. “Yashil iqtisodiyot” sog‘lom atrof-muhitga bog‘liq va barcha uchun farovonlik manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bunday siyosat barqaror rivojlanishning barcha (ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy) maqsadlarini qamrab oladi va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishish imkonini beruvchi aralash strategiyalarn ishlab chiqadi.
Adolatlilik tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” mamlakatlar va avlodlar o‘rtasida tenglik, adolatni qo‘llab-quvvatlaydi. U inson huquqlari, madaniy xilma-xillik, gender tengligini ta'minlashga ko‘maklashadi, bilimlar, ko‘nikmalar, tajribalar va har bir insonning ushbu sohaga qo‘shgan hissasini tan oladi. Tub aholining yer, hudud va resurslarga bo‘lgan huquqlari hurmat qilinadi.
Barcha uchun foydalanish imkoniyati tamoyili. Yashil iqtisodiyot barcha uchun farovonlik olib keladi va kambag‘allik darajasini pasaytiradi, barcha mamlakatlarda inson taraqqiyotining yuqori darajasiga erishish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va sog‘liqni saqlash, ta'lim, sanitariya, suv bilan ta'minlash, energiya va boshqa asosiy xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Ushbu tamoyil ayollar huquqlari va imkoniyatlarining kengayishiga ko‘maklashadi. “Yashil iqtisodiyot” barqarorlik asosida amalga oshirilsa rivojlanish huquqini qo‘llab-quvvatlaydi.
Sog‘lom sayyora tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” yo‘qotilgan bio xilma-xillikni tiklashga yordam beradi, tabiiy tizimlarga investitsiyalar yo‘naltiradi va yo‘q bo‘lib borayotganlarini qayta tiklaydi. “Yashil iqtisodiyot” ekotizimlar va bio xilma-xillikka bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu iqtisodiyot ekologik talablardan chetga chiqmaslik va barchani mazkur talablar bo‘yicha hamkorlik qilishga undaydi. Ekologik talablarga atrof-muhitni ifloslantirish, ekotizimlarni muhofaza etish, bio xilma-xillik va boshqa tabiiy resurslarni asrab qolish, tabiiy resurslar (suv, tabiiy gaz, foydali qazilma boyliklar)dan samarali va kelajak avlod ehtiyojlarini xavf ostigaxavf ostiga qo‘ymasdan oqilona foydalanish kabilar kiradi.
“Yashil iqtisodiyot” yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga qadar potentsial ta'sirini, iqtisodiy siyosatning ekologik oqibatlarini baholash, ekologik va ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlashga yordam beradi.
Ishtirok etish tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” shaffoflik, ilmiy tadqiqotlar va barcha manfaatdor tomonlar ishtirokiga asoslanganligi bois inklyuziv xarakterga ega. “Yashil iqtisodiyot” fuqarolarning barqaror rivojlanishni ta'minlashning barcha bosqichlarida to‘liq va samarali ishtirokini taqozo etadi.
Oqilona boshqarish va shaffoflik tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” ma'lumotlari shaffofligi bois uning miqyosini o‘lchash mumkin. “Yashil iqtisodiyot” ishlab chiqarish va bozorlar ustidan sog‘lom nazorat o‘rnatish imkonini beradi. Taraqqiyot natijalarini esa makro va mikro darajada miqdoriy jihatdan o‘lchash mumkin bo‘ladi. “Yashil iqtisodiyot” xalqaro hamkorlik qilishga ko‘maklashadi, xalqaro ma'suliyatni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlaydi va barchani inson huquqlari, tabiatni muhofaza qilishqo‘ymasdan oqilona foydalanish kabilar kiradi.
“Yashil iqtisodiyot” yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga qadar potentsial ta'sirini, iqtisodiy siyosatning ekologik oqibatlarini baholash, ekologik va ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlashga yordam beradi.
Ishtirok etish tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” shaffoflik, ilmiy tadqiqotlar va barcha manfaatdor tomonlar ishtirokiga asoslanganligi bois inklyuziv xarakterga ega. “Yashil iqtisodiyot” fuqarolarning barqaror rivojlanishni ta'minlashning barcha bosqichlarida to‘liq va samarali ishtirokini taqozo etadi.
Oqilona boshqarish va shaffoflik tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” ma'lumotlari shaffofligi bois uning miqyosini o‘lchash mumkin. “Yashil iqtisodiyot” ishlab chiqarish va bozorlar ustidan sog‘lom nazorat o‘rnatish imkonini beradi. Taraqqiyot natijalarini esa makro va mikro darajada miqdoriy jihatdan o‘lchash mumkin bo‘ladi. “Yashil iqtisodiyot” xalqaro hamkorlik qilishga ko‘maklashadi, xalqaro ma'suliyatni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlaydi va barchani inson huquqlari, tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlarga rioya qilishga chaqiradi.
Moslashuvchanlik tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” ijtimoiy himoya va atrof-muhit muhofazasi tizimining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Iqlim o‘zgarishlari va tabiiy ofatlarga tayyor turish, moslashishga yordam beradi. “Yashil iqtisodiyot” modeli har qanday mamlakatning madaniy, ijtimoiy va ekologik xususiyatlariga moslashishi mumkin.
Samaradorlik va yetarlilik tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini amalga oshiradi, resurslardan vasuvdan samarali, oqilona foydalanishga harakat qiladi. U ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik innovatsiyalarning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Avlodlar birdamligi tamoyili. “Yashil iqtisodiyot” amalda va istiqbolda investiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. U avlodlar o‘rtasida adolatni ta'minlashga, resurslarni saqlab qolishga va uzoq muddatli davrda aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi. “Yashil iqtisodiyot” moliya sektorini tartibga solish va unga ta'sir etish orqali iqtisodiyot sektorlari, yashil texnologiyalarga investitsiyalar sarflashni rag‘batlantiradi, global pul tizimining barqarorligini ta'minlydi.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy tamoyillardan tashqari alohida mamlakatlar uchun xos milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda yashil iqtisodiyotning milliy tamoyillari aksariyat mamlakatlar amaliyotiga tadbiq etilgan. Jumladan, UNEPning Buyuk Britaniya Milliy qo‘mitasi mamlakat uchun alohida yashil iqtisodiyot tamoyillarini ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu ro‘yhat 15 ta tamoyillardan iborat bo‘lib, mazmunan Kaolitsiya tamoyillari bilan to‘liq yoki qisman mos keladi. Shuningdek, ular bir-biridan farqli jihatlarga ega.
Boylikni teng taqsimlash. Boylikni mamlakat ichida va mamlakatlar o‘rtasida adolatli taqsimlashga ko‘maklashish, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi daromadlar jihatdan tabaqalanishgt qisqartirish, jahon resurslaridan foydalanishda iqtisodiy va ijtimoiy adolatli ta'minlashga erishish, yovvoyi tabiat uchun yetarli joy qoldirish.
Iqtisodiy adolatlilik. Umumiy, tabaqalashtirilgan ma'suliyat tamoyillariga amal qilish. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi rivojlanish tafovutlarini minimallashtirish, ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy qoloq mamlakatlarga moliyaviy va texnologik jihatdan yordam berish maqsadida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish.
Avlodlar o‘rtasida tenglik. Ekologik resurslar va ekotizimlar jiddiy nazorat qilinishi va muhofaza etilishi zarur. Ekologik aktivlarning kelgusi avlod uchun qiymatini oshirish va shu tariqa ularning istiqboldagi ehtiyojlarini adolatli qondirishni ta'minlash.
Ehtiyotkorlik tamoyili. Ilmiy noaniqlik atrof-muhit degradatsiyalashuvining oldini olish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga to‘sqinlik qilishi mumkin emas.
Rivojlanish huquqi. Insonning atrof-muhit bilan uyg‘unlikda rivojlanishi barqaror rivojlanishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida insonlar va jamiyat ijobiy ijtimoiy va ekologik natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish zarur.
Tashqi samaralar internalizatsiyasi. Yashil iqtisodiy siyosat maqsadi realmaqsadi real ijtimoiy va ekologik qadriyatlarni yaratishdan iborat bo‘lishi zarur. Ushbu maqsadga erishishda bozor narxlari real ijtimoiy va ekologik xarajatlar va daromadlarni aks ettirishi lozim. Shu tariqa “ifloslantiruvchi” atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashi lozim. Soliq jumladan, qazib chiqariladigan yoqilg‘i turlaridan intensiv foydalanish yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga olib kelishi mumkin. Insonlarning umumiy farovonligi va turmush sifati, atrof-muhit holati iqtisodiy rivojlanishning bosh maqsadi bo‘lishi zarur. Qolgan tamoyillar kaolitsiya tamoyillarini mazmunan to‘liq takrorlaydi: - barqaror rivojlanish, “yashil iqtisodiyot” va kambag‘allikka qarshi kurashni ta'minlash uchun strategik, muvofiqlashtirilgan va kompleks rejalashtirish; - axborot, ishtirok va hisobot berish; - gender tengligi; - bio xilma-xillikni saqlab qolish va atrof-muhitni muhofaza qilish.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning iqtisodiy dastaklarini quyidagicha guruhlash mumkin:
- ekologik soliqlar va yig‘imlar;
- utillashtirish dasturlari;
- ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar;
- mas'uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari;
- savdo ruxsatnomalari.
Ekologik soliqlar va yig‘imlar. Bu vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yoki iste'molchilar tomonidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar, chiqarib tashlangan chiqindilarning atrof-muhitni ifloslantirish darajasiga bog‘liq holda soliqlar yoki yig‘imlar undiriladi.
Utillashtirish dasturlari. Ushbu dasturda iste'molchilarga atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotni sotib olishda muayyan summani to‘lash va mahsulotni keyinchalik tegishli markazlarga qayta ishlash yoki yo‘q qilish uchun topshirganda to‘langan summani qaytarish taklif etiladi. Mazkur dasturlarning maqsadi atrof-muhitni ifloslantiruvchi chiqindilar41ni maqbul bo‘lmagan usullar bilan yo‘q qilishning oldini olishni rag‘batlantirish hisoblanadi. Jumladan, Norvegiyada avtomobillarning korpuslarini yo‘q qilishning majburiy tizimi amal qiladi. Mamlakatda yangi avtomobilь sotib olinganda 300 yevro miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi va eski avtomobilь yo‘q qilish markazlariga topshirilganda 350 yevro miqdorida mablag‘ qaytarib olinadi. Ushbu dastur utillashtirishi zarur bo‘lgan transport vositalarini qayta ishlash va materiallardan qayta foydalanish imkonini yaratadi.
Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar – bu hukumat tomonidan iste'molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (masalan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida to‘laydigan to‘lovlardir. Ushbu to‘lovlar ekotizim bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (jumladan, bio xilma-xillik42ni saqlab qolish) bilan bog‘liq holda to‘lanishi mumkin. Ushub iqtisodiy yondashuv fermerlar yoki yer egalari, o‘z yerlarini boshqaruvchilar va o‘z faoliyatlari natijasida iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini yumshatishga xizmat qiluvchilar ushbu faoliyatlari uchun to‘lovlar olishi, kim ushbu xizmatlardan manfaatdor bo‘lsa to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligiga asoslanadi.
2.3. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish siyosatining dastaklari
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish mamlakatlardan yuqorida qayd etilganidek muayyan tamoyillarga asoslanishi, strategiya yoki dasturlar doirasida maqsadli siyosat yuritishni taqozo etadi. “Yashil iqtisodiyot” doirasida amalga oshirilayotgan siyosat o‘z ta'sir dastaklariga ega bo‘lishi zarur. Jahon amaliyotida yashil iqtisodiy siyosat doirasida qo‘llanilayotgan dastaklarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ma'muriy; iqtisodiy; axborot Ma'muriy dastaklar. Korxonalarga atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida nimalarga rioya etish zarurligi qayd etiladigan me'yoriy-huquqiy cheklovlar ma'muriy dastaklar hisoblanadi. Ushbu dastaklar ayrim shaxslar tomonidan qoidalarga zid hatti-harakatlar qilinganda qo‘llaniladigan sanktsiyalar sifatida ishlatilishi mumkin. Sanoat uchun muayyan zaharli moddalarni ta'qiqlash ma'muriy dastak sifatida qo‘llanilishi mumkin. Qonunchilik orqali yuqori samaradorlikka ega standartlarni joriy qilish yordamida sanoat tarmoqlariga “yashil” investitsiyalarni yo‘naltirishni rag‘batlantirish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhitga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ekologik toza mahsulotlar bozorini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Ma'muriy usullar yordamida iqtisodiyot tarmoqlariga muayyan texnologiyalardan foydalanish talablarini joriy etish mumkin.
Ushbu dastaklar Yevropa mamlakatlarida keng miqyosda ommalashgan –
Iqtisodiy dastaklar. Iqtisodiy dastaklar, odatda, bozor dastaklari deb, yuritiladi va atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladi. Ushbu dastaklar narx mexanizmi va iqtisodiy sharoitlar, ayrim guruh iqtisodiy sub'ektlar faoliyatini o‘zgartirishga xizmat qiluvchi bozor munosabatlari orqali ishlaydi. Ular iste'molchilar va sanoat korxonalarini atrof-muhitga zarar keltiruvchi chiqindilarni chiqarish hajmini qisqartirishni iqtisodiy asoslash hamda atrof-muhit barqarorligini ta'minlovchi texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni rag‘batlantirshga xizmat qiladi.
Bozor va erkin narxlar atrof-muhit manfaatlarini“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning iqtisodiy dastaklarini quyidagicha guruhlash mumkin:
- ekologik soliqlar va yig‘imlar;
- utillashtirish dasturlari;
- ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar;
- mas'uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari;
- savdo ruxsatnomalari.
Ekologik soliqlar va yig‘imlar. Bu vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yoki iste'molchilar tomonidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar, chiqarib tashlangan chiqindilarning atrof-muhitni ifloslantirish darajasiga bog‘liq holda soliqlar yoki yig‘imlar undiriladi.
Utillashtirish dasturlari. Ushbu dasturda iste'molchilarga atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotni sotib olishda muayyan summani to‘lash va mahsulotni keyinchalik tegishli markazlarga qayta ishlash yoki yo‘q qilish uchun topshirganda to‘langan summani qaytarish taklif etiladi. Mazkur dasturlarning maqsadi atrof-muhitni ifloslantiruvchi chiqindilar41ni maqbul bo‘lmagan usullar bilan yo‘q qilishning oldini olishni rag‘batlantirish hisoblanadi. Jumladan, Norvegiyada avtomobillarning korpuslarini yo‘q qilishning majburiy tizimi amal qiladi. Mamlakatda yangi avtomobilь sotib olinganda 300 yevro miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi va eski avtomobilь yo‘q qilish markazlariga topshirilganda 350 yevro miqdorida mablag‘ qaytarib olinadi. Ushbu dastur utillashtirishi zarur bo‘lgan transport vositalarini qayta ishlash va materiallardan qayta foydalanish imkonini yaratadi.

Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar – bu hukumat tomonidan iste'molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (masalan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida to‘laydigan to‘lovlardir. Ushbu to‘lovlar ekotizim bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (jumladan, bio xilma-xillik42ni saqlab qolish) bilan bog‘liq holda to‘lanishi mumkin. Ushub iqtisodiy yondashuv fermerlar yoki yer egalari, o‘z yerlarini boshqaruvchilar va o‘z faoliyatlari natijasida iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini yumshatishga xizmat qiluvchilar ushbu faoliyatlari uchun to‘lovlar olishi, kim ushbu xizmatlardan manfaatdor bo‘lsa to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligiga asoslanadi. Mazkur kategoriya


Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar – bu hukumat tomonidan iste'molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (masalan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida to‘laydigan to‘lovlardir. Ushbu to‘lovlar ekotizim bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (jumladan, bio xilma-xillik42ni saqlab qolish) bilan bog‘liq holda to‘lanishi mumkin. Ushub iqtisodiy yondashuv fermerlar yoki yer egalari, o‘z yerlarini boshqaruvchilar va o‘z faoliyatlari natijasida iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini yumshatishga xizmat qiluvchilar ushbu faoliyatlari uchun to‘lovlar olishi, kim ushbu xizmatlardan manfaatdor bo‘lsa to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligiga asoslanadi. rag‘batlantirish orqali erishish hisoblanadi.
Axborot dastaklari. Axborot dastaklari iqtisodiy sub'ektlarni yashil iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog‘liq axborotlar bilan ta'minlashning muqobil uslublari yoki usullari to‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamoatchilikning suv va elektr energiyani tejashning muhimligi, atrof-muhit muhofazasini ta'minlash to‘g‘risida treninglar, ta'lim xizmatlari va boshqa axborotlar bilan ta'minlash darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir. Jumladan, aholini ma'lumotlar bilan ta'minlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar muayyan itimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar to‘g‘risida umumiy tushuncha darajasini oshirish va murakkab siyosiy muammolarning oldini olish imkonini berishi mumkin.
Yüklə 21,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə