Mavzuning dolzarbligi Asosiy qism O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish


O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg’otadi



Yüklə 174 Kb.
səhifə3/7
tarix02.04.2023
ölçüsü174 Kb.
#104010
1   2   3   4   5   6   7
O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Reja

O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg’otadi, lug’at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi.
O‘yinchoq bolalarda – ma’naviy-axloqiy tuyg’ularni (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg’otadi. O‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv – o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigienik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi.
Pedagogik talab. O‘yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi; jamiyatimiz g’oyasi nuqtai nazariga mos kelishi, g’oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O‘yinchoq bolada olijanob tuyg’ularni uyg’otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg’ular uyg’otishi, ijobiy, axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg’otishi kerak. Obrazli o‘yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
O‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko‘p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o‘yinchoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi:
Gigienik talablar. O‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo‘yoq va bezaklarning har tomonlama uyg’unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O‘yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to‘la mos kelmog’i lozim.
To‘g’ri tanlangan o‘yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.
- O‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg’usini uyg’otadi va ijobiy his-tuyg’ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg’ularni shakllantirishda qo‘g’irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g’irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o‘yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg’otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan halq o‘yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.

Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə