Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/5
tarix08.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100447
1   2   3   4   5
OPTIK REZONATORNING ELEMENTAR

1. Optik rezonator
Lazer nurini generatsiyalashda aktiv muhit va uni uygʻotish usullarining o`rni beqiyos, biroq generatsiyalanayotgan nurlanishning xarakteristikalariga ushbu aktiv muhit joylashtirilgan rezonans sistemasi — optik rezonator katta ta'sir koʻrsatadi. Agar rezonator boʻlmasa aktiv muhit undan oʻtayotgan nurlanishni ixtiyoriy yoʻnalishda kuchaytirish qobiliyatiga ega bo`ladi.
Optik rezonatorning asosiy vazifasi aktiv muhitdan kuchayib chiqqan signalining bir qismini yana qayta kuchaytirish uchun aktiv muhitga qaytarish hisoblanadi (1-rasm).


1-rasm

Bu ko`p martalik qaytarish — majburiy nurlanish rezonator ichidagi yoʻqotishlardan ya'ni, katta bo`lmaguncha davom etadi. Shunday qilib, rezonator lazer nurini generatsiyalashda musbat teskari bog'lovchi vazifasini bajaradi. Ayni shu usul radiofizika elektr signali generatori ishlashini hosil qilishda kiritiladigan musbat teskari bog'lanish zanjiri asosida olingan.


Lazer nurining monoxromatlik, kogerentlik, intensivlikning kesim boʻyicha taqsimlanishi, chiqish quvvati, fokal dog’ning minimal o`lchami, spektri kabi eng asosiy parametrlari bevosita optik rezonator orqali aniqlanadi. Shuning uchun biz uning ishlash prinsipi bilan to`liq tanishib
Amaliyotda lazer yaratilgunicha mazerlar uchun yopiq hajmiy rezonatorlardan foydalanilgan. Ammo yopiq hajmiy rezonatorlarni optik diapazonda nurlanish hosil qilish uchun qoʻllab boʻlmaydi. Sababi, bu holatda rezonator hajmi ga proporsional boʻlib, aktiv muhit hajmini keskin cheklashga olib keladi va rezonatorning aslligi kamayadi.
Lazer sistemasida asosan ochiq optik rezonatorlardan keng foydalaniladi. Ochiq optik rezonator deganda yon tomonlari ochiq bo’lgan, ikki ko‘zgudan iborat sistemaga aytiladi (1-rasm). Shuning uchun uning, yon tomonidan damlash energiyasini aktiv muhitga berish mumkin. Buning uchun ularning hajmi to‘lqin uzunligidan juda katta bo‘lishi shart, ya’ni .
Ochiq optik rezonator qaytaruvchi ko‘zgulari sifatida kerakli spektral diapazonga mo‘ljallangan to‘liq yoki qisman qaytaruvchi ko‘zgular (metall yoki dielektrikli qaytaruvchi qoplamali), to‘la ichki qaytaruvchi prizmalar, difraksion panjara, kristalning yon yoqlari va boshqalardan foydalaniladi.
Ikkita qaytaruvchi ko‘zgular orasidagi bo‘shliq to‘liq yoki qisman aktiv muhit bilan to‘ldirilsa bunday rezonator “aktiv” optik rezonator, aks holda ya’ni aktiv muhit joylashtirilmasa “passiv” optik rezonator deyiladi. Odatda passiv optik rezonatorlamni nazariy jihatdan o‘rganish qulay hisoblanadi.
Optik rezonatorning umumiy holda quyidagi turlari mavjud: j
-yassi parallel rezonator;
-sferik rezonator;
-halqa rezonatori.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə