Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 6,41 Mb.
səhifə2/25
tarix01.06.2023
ölçüsü6,41 Mb.
#114963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
black sheet 2

Ilmiy jihatdan yangilik.


Bitiruv isһining tuzilishi va tarkibi. Quyida yozilgan ilmiy ish kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati va ilovadan tashkil topgan.



  1. BOB. BIOSIGNALLARNING TURLARI

1.1 Biosignallarning turkumlanishi
Har bir tirik organizm o’ziga xos ko’plab tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Misol uchun, inson tanasi asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, muskul tizimi va boshqa tizimlarni o’z ichiga oladi. Har bir tizim ko’plab fiziologik jarayonlarni bajaruvchi quyi tizimlardan iborat. Masalan, yurak-qon tomir tizimining vazifalari quyidagi fiziologik jarayonlardan: oziq moddalar, kislorod va garmonlarni butun tanadagi hujayralarga yetkazib berish, tanani begona mikroblar va toksinlardan himoya qilish va tana harorati nazorat qilishdan iborat.
Bugungi zamonaviy kunda ko’pgina tibbiy tadqiqotlar bemor organizmidagi funksional o’zgarishlarni doimiy nazorat qilishni, undan olingan ma’lumotlatni qayd qilish va qayta ishlashni hamda davolanish jarayoni strategiyasini shakllantirish uchun to’plangan katta miqdordagi ma’lumotlar oqimini tahlil qilishni talab qiladi. Tabiiyki, bu jarayonni inson omili orqali amalga oshirilsa, turli sabablarga ko’ra xatoliklar yuzaga kelish mumkin. Buni bartaraf etish maqsadida, fizioligik jarayonlarni tahlil qilishda zamonaviy texnikalar yordamida ishlov berishga qulay shaklga keltirilgan signallardan foydalaniladi va bu turdagi signallarni biologik signallar yoki biosignallar deb ataladi. “Bio” va ”signal” so’zlarini tirik mavjudotlarda mavjud bo’lgan har qanday signal deb ham tarjima qilish mumkin. Ushbu signal ham signalning boshqa turlari singari ma’lumotlarni o’z ichida saqlaydi [1].
Ilk biosignallar bemorlarning holatini baholash maqsadida qo’llanilgan turli usullar natijasida paydo bo’lgan(1.1-rasm).

  • Ko’rish. Oddiy ko’z orqali bemorni to’liq tasavvur qilish. Bunda shifokor bemor tanasining xususiyatlarini, ovqatlanish holatiniva teri rangini baholashi mumkin. (1.1-rasm. a)

  • Paypaslash. Teri ostidagi organlarning o'lchamini, shaklini, qattiqligini yoki joylashishini aniqlash uchun tananing sirtini qo'llar bilan his qilishni o'z ichiga oladi.(1.1-rasm. b)

Ko'pincha, qisman torayish uchun terining yuzasiga yoki yuzaki arteriyaga ozgina bosim o'tkazish mexanik o'zgarishlarni oson kuzatishni osonlashtiradi.

1.1-rasm. Ko’rish(a), paypaslash(b),urish(c) va eshitish(d) orqali signallarni qabul qilish jarayonlari



  • Urish. Bu barmoq yoki bolg'aning qisqa, o'tkir zarbalari bilan tanani to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita urishni o'z ichiga olgan jarayondir. (1-rasm. c) Urish jarayonida ishlab chiqarilgan tovushlar turli xil ichki organlarning kattaligi va holatini aniqlashda, ko'krak va qorin bo'shlig'idagi suyuqlik yoki havoni lokalizatsiya qilishda va o'pkaning ayrim kasalliklarini tashxislashda yordam beradi.

  • Eshitish. Bunda shifokor patologiyalarni yoki salomatlik holatini aniqlash uchun ichki tana tovushlarini tinglaydi (1.1-rasm. d).

Tana tovushlari yurak klapanlarining yopilishi tufayli paydo bo’ladigan yurak tovushlaridan yoki shoxlangan havo yo'llarida havoning harakati tufayli paydo bo’ladigan o'pka tovushlaridan iborat bo'lishi mumkin.
Biosignallarni yurak urishi yoki mushak qisqarishi kabi fiziologik jarayonning real-vaqtdagi yozuvi deyishimiz ham mumkin. Ushbu biologik jarayonlar paytida yuzaga keladigan elektr, kimyoviy va mexanik faollik ko'pincha o'lchash va tahlil qilish mumkin bo'lgan ko’plab signallarni ishlab chiqaradi. Bu signallarning turlari sanoqsizdir. Ularning barchasini tasniflovchi yagona parametr mavjud emas. Quyidagi rasmda ularning 3 xil parametrlariga ko’ra tasniflanishi tasvirlangan (1.2-rasm)[2].


1.2-rasm. Biosignallarning mavjudligi(a), dinamik(b) va kelib chiqishi(c) bo'yicha yurak urish tezligi , nafas olish tezligi va qo'shimcha ma'lumotlarga ko'ra mumkin bo'lgan tasniflari.
Quyida biosignallarning kelib chiqishiga ko’ra turlari bilan chuqurroq tanishib chiqamiz:

Yüklə 6,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə