''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/33
tarix13.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#86959
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

Xulosa va takliflar 

 

Kurs ishimdan olgan hulosalarim shuki: mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari 



tizimining  tuzilishi  ulardan  har  birining  funktsional  vazifasini  aniqlashga 

asoslanish  lozim.  Ko’rsatkichlarni  tasniflashni  mezoni  -  mehnat  natijalarini 

ifodalash usulidir.  

Mehnat  unumdorligini  aniqlash  vazifasi,  uning  tizimini  yaratish,  o’rganish 

muhim yo’nalish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini o’lchash usullari ko’p omilli, 

vektorli va mezonli sifatida tasniflanadi. 

Mehnat unumdorligi rivojlanib boruvchi ko’rsatkich bo’lganligi sababli 

omillar va zahiralarni o’rganish dolzarb muammoga aylandi. Mehnat 

unumdorligini oshirish zahiralar tizimini  yaratish eng muhim yo’nalishdir. 

Mehnat  unumdorligi  darajasi  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi, u to’g’ri va teskari ko’rsatkichlar 

yordamida  baholanadi.  To’g’ri  mehnat  unumdorligi  ko’rsatkichi  –  vaqt  birligida 

ishlab  chiqargan  mahsulot  miqdorini  ifodalaydi.  Teskari  mehnat  unumdorligi 

ko’rsatkichi,  mehnat  talabchanligi  –  mahsulot  birligiga  sarf  etilgan  ish  vaqti 

birligini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlar orasida teskari bog’liqlik mavjud. 



 Mehnat  unumdorligi  darajasini  o’rganish  muammosi,  iqtisodchi-statistiklar 

orasida diskussiya hisoblanib, juda ko’p fikr va mulohazalar bildirilmoqda.  G’arb 

statistikasida unumdorlik ko’rsatkichlari tizimi ishlab chiqarish nazariyasi asosida 

tashkil  etiladi  va  bu  nazariyaga  ko’ra  mehnat  unumdorligi,  unumdorlikning 

xususiy ko’rsatkichi sifatida qaraladi, chunki sarflangan jonli mehnat, faqat ishlab 

chiqarish  omillaridan  biri  sifatida  qaralib,  texnik  taraqqiyot  etishi  sari  uning 

ahamiyati kamayib boradi va shuning uchun mahsulot yaratishda ishtirok etadigan 

ishlab chiqarish omillarini ham hisobga olish lozim. 

Xalqaro statistikada unumdorlik hisob-kitobida, mahsulot ko’rsatkichi 

sifatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish, pirovard mahsulot, sof mahsulot, yalpi 

qo’shilgan qiymat, sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlaridan foydalanish 

mumkinligi ko’riladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi indeks usuli yordamida 

o’rganilib, bu usul nafaqat mehnat unumdorligi o’zgarishini ko’rsatib, balki turli 

xil omillar ta’sirini ham aks ettiradi. Mehnat unumdorligi bozor sharoitida natijaviy 

ko’rsatkichni oshirishning asosiy omili bo’lib hisoblanadi. 

 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə