Maxsus pedagogika


IIBOB. ALALIYA NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BOLALAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA LOGOPЕDIK RITMIKANING AHAMIYATI



Yüklə 168,96 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü168,96 Kb.
#140126
1   2   3   4   5   6
Alalik bolalar bilan logopedik ishlarni olib boorish jarayonida logoritmik mashqlarning ahamiyati

IIBOB. ALALIYA NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BOLALAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA LOGOPЕDIK RITMIKANING AHAMIYATI
2.1. Alaliya nutq kamchiligiga ega bolalarning harakat, sеnsor, emotsional-irodaviy va ixtiyoriy xulqining buzilishi
Alaliya — tibbiy psixologik pedagogik muammo. Logopediya sohasiga, bola shaxsi va nutq rivojlanishiga yo‘naltirilgan korreksion ta ’sir usullari va tamoyillarini aniqlash kiradi. Sistemali uzoq davom etuvchi logopedik ishlar q ato r hollarda bolalarning nutqiy m uloqoti uchun yetarli vositalarni beradi, ayrim hollarda esa — elementlar nutqnigina. Nutqiy nuqsonni tabiatiga ko‘ra bu muam momotor va sensor alaliya ko‘rinishiga ko‘ra differensial hal etiladi. Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e ’tiborni qaratadi. Nutq va shaxsiyat ustidan bir butun har tomonlama tizimli ish olib boriladi. Bunda ontogenezda nutqiy funksiyalar rivojlanishi qonuniyatlari hisobga olinadi. Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni to‘ldirishga va maxsus dastur bo‘yicha maktab ta ’limiga tayyorlashga yo‘naltiriadi yoki u maktab ta’limiga qo‘shimcha ravishda parallel olib boriladi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini o‘zlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali logopedik ish, agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan o‘tkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har tomonlama o‘tkazilsagina amalga oshadi.
Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni aniqlanadi. Olib boriladigan ishlar nutqiy faoliyat mexanizmlarini shakllantirishga 212 qaratiladi: motiv, aloqa bog‘lash maqsadi, bayonning ichki dasturi, uning leksik-grammatik vositalarini tanlash grammatik tuzilishi shakllantiriladi. Nutqiy tajribani boyitish uchun bilimlardan ongli foydalanish uquvi rivojlantiriladi, nutqiy operatsiyalarni modellashtirishni egallash uquvi orttiriladi. L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.Ya. Galperin va boshqa tadqiqotchilar tomonidan faoliyatning kelib chiquvchi umumiy nazariyasi va uning genetik kelib chiquvchi shakli singari tashqi predmetli faoliyat haqidagi qoidalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqotchilar ishlarida tashqi jarayonlardan ichki aqliy harakatlarning kelib chiqishi haqida, tashqi qurilishning o'zgarishi orqali psixik faoliyatni shakllantirishning faol boshqaruvchi jarayoni haqida fikrlar mavjud. Shundan kelib chiqib, ish jarayonida predmetli-amaliy faoliyatning korreksion imkoniyatlari qo‘llaniladi. Metodik usullarni standartlash mum kin emas: nutqiy va didaktik materiallarni tanlash, uning ketma-ketligini belgilash. Faqat nutqiy rivojlanmaganlik xossalari hisobga olinmasdan, balki har bir bola shaxsiyatining xususiyatlari ham , uning qiziqishlari, kom pensator imkoniyatlari ham e ’tiborga olinadi. Tarbiyaviy ta’sir bilan bola xarakteridagi nevrotik qatlam bartaraf etiladi, ongli maqsad sari yo‘nalgan shaxsiyatni tarbiyalash bo'yicha ish olib boriladi. Bolani travmalovchi atrof - muhitdagi ta ’sirlar yo‘qotiladi, nutqiy rivojlanmaganlikka bolaning to'g‘ri munosabati va uni bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan ishga to'g'ri munosabati ishlanadi. Faqat nutq rivojlanishi ko‘zda tutilmay, balki bolaning nutqiy bo'Imagan faoliyati ham shakllantiriladi. Nutq sensor rivojlanish va umum harakatli imkoniyatlar kompleksida mukammallashadi. Mayda qo‘l motorikasi rivojlanishiga e’tibor qaratiladi: chiziq tortishga, bo'yashga, shtrixlashga o'rgatiladi, tugunchalar bog'lashga, mozaykalar va geometrik materiallardan naqshlar chizish o‘rgatiladi va h.k.
Agar bolalar qo‘l barmoqlari harakati rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan ham orqada qolishligi isbotlangan. Qo‘l harakatlarini mashq qildirish jarayonida nutq holati mukammallashadi. Ishning boshlang'ich bosqichlarida nutqning psixofiziologik asosiari shakllantiriladi, bolada muloqotga ehtiyoj hissi uyg'otiladi. Bolada motivatsion bayon qilishning asosini shakllantirish, nutqiy va psixik faollikni rivojlantirish, taqlid faoliyati va aks ettiruvchi nutq funksiyalarini shakllantirish muhimdir. Faoliyat motivini tarbiyalash va bayon qilish dasturini tashkil qilish muhim baza yaratadi; alaliyali bolalarda o'zi shakllana olmaydigan, nutq rivojlanishi uchun vositalar qatori. Bu qatorlarning asosiysi, predikativ tizimni rivojlantirish va grammatik qurilish elementlarini egallash hisoblanadi. Faqatgina nutqiy buzilishlargina bartaraf etilmay, nutqiy bo‘lmagan kamchiliklar bartaraf etiladi, tahlil, tarkib jarayoniari rivojlantiriladi, nutqiy rivojlanish uchun muhim sanalgan diqqat, idrok, umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari ham shakllantiriladi. Bu buyumlarni shakli, rangi kattaligiga ko‘ra farqlashga va nomlashga o'‘rgatiladi. Tevarak-atrofga munosabati bo'yicha predmet holatini ajratish va nomlashga o‘rgatish olib boriladi (tepada, o ‘rtada va h.k.). K o‘ruv idroki va fazoviy solishtirishning shakllanmaganligini bartaraf etishda, vaqt va fazoviy tasaw urlarni shakllantirishda bolaning fazoda faol ko‘chishi bilan, qayta saflanish, yo‘nalishli yurish va h.k.li o‘yinlardan foydalaniladi. Figura detallarini farqlash bo‘yicha ish olib boriladi. Ko‘p miqdordagi elementlari bo‘lgan murakkab figuralar tahlil qilinadi, konstruktorlash qobiliyati va konstruksiyalarni fahmlash rivojlantiriladi. Analiz, sintez operatsiyalari, nutqiy bo‘lmagan materialni umumlashtirish (solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish, predmetlarning o‘xshashligi va farqini ajratish, belgilari bo'yicha taqqoslash — rang, kattalik, shakl), o‘rnatilgan sabab-oqibatning o‘zaro munosabatlari nutq shakllanishi uchun muhim shart-sharoit yaratadi. Nutqni rivojlantirish uchun ritmika va logaritmika usullaridan foydalanish samarali natija beradi.
Musiqa, so‘z va harakatlar turli mashqlarda uyg ‘un lashib , harakat va nutq -harakat faoliyatini shakllantiradi, bolalarning ritmik, nutqiy va shaxsiyat rivojlanishidagi uzilishlarni to'ldirishni ta’minlaydi. Nutqni rivojlantirish uchun bola uchun qulay darajadagi muloqot amaliyoti muhimdir: mazmunli kontekst bilan birlashmagan (savollarni tushunish, ularga batafsil javob berish) jumlalar bilan, alohida so‘zlar bilan o‘tkaziluvchi operatsiyalar (ko‘rsat, qaytar, nom la) bola uchun emotsional va semantik ahamiyatli bo'lgan vaziyatlar fonidagi mazmunli kontekst bilan qo‘shiIgan iborali material bilan (o‘yinchoqni so'rash, mashg‘ulot turini tanlash va h.k.), tanish rasmlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar, dialogik so'ng monologik nutqdan foydalanib o‘tkaziluvchi o‘yinlar bilan va h.k.lar. Asta-sekin leksik-grammatik materal hajmi va murakkabligi oshib boradi. Nutqni to‘g‘rilash ishlari amaliy predmetli faoliyat bilan bog'liq va unga tayanadi. Bola o‘z harakatlarini tushunish shakllantiriladi (men o'tiryapman, chopayapman, sakrayapman). Bola nutqining rivojlanishi imkoniyatlariga ko‘ra, bajarilayotgan ish yuzasidan bog‘langan va to ‘g‘ri tushuntirish (nutqi) hisobot rivojlantirib boriladi. Logoped bolalarda faol diqqati, tushunishni tarbiyalab borish bilan birgalikda, bolaning jumlani oxirigacha eshitishga, leksik-grammatik shakllami tushunishga, savol mohiyatini tushunishga (Nima yemoqdamiz? Nima bilan yemoqdamiz va va h.k.) o‘rgatib boradi. Bolalarda leksik-grammatik shakllarni qollash, intonatsiya ustidan ongli kuzatuvchanlik tarbiyalandi, flektiv munosabatlarni tushunish mustahkamlanadi, turli xil birikmalarda so‘zlar aloqasi, so'z va grammatik strukturalar ketma-ketligi tarbiyalanadi. Ish jarayoniga turli analizatorlar eshitish, ko'rish, taktil analizatorini jalb etish muhim. Bola buyum nomini eshitishi, kuzatib ko‘rishi, imoishora bilan ko‘rsatib berishi, nomlashi zarur. Buning natijasida bola ongida qo‘shimcha bog'lan ishlar yuzaga keladi, nutqiy material mustahkamlanadi.
Ko‘pgina analizatorlar faoliyatiga tayanib, taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yishdan foydalaniladi. I.P. Pavlov bularni differensirovkalar shakllanishining asosiy uslublari sifatida tavsiya qilgan. Ishda qo‘shimcha tayanch tahlili va hisoblaridan foydalaniladi, shu jumladan, ramziylik va modellashtirish. Ko‘pincha ishning o‘yin shaklidan foydalaniladi, chunki u qiziqishni uyg‘otadi, muloqotga ehtiyoj tug'diradi, nutqiy taqlidni, m otorikaning rivojlanishiga yordam beradi, ta’siming emotsionalligini ta ’minlaydi, biroq o‘yinda ham bir qator hollarda bunday bolalami maxsus o'rgatishga to ‘g‘ri keladi, chunki ularda o‘yin harakatlari shakllanmagan bo‘lishi mumkin. Mashg'ulotlarning samaradorligi ko'rgazmali qurollarning mavjudligi va ulardan to'g'ri foydalanishga bog'liq. Olib borilayotgan ishning bosqichlaridan qat’i nazar, ta’sir butun nutq tizimiga qaratiladi: lug'atini aniqlash va boyitish, frazali va bog'langan nutqni shakllantirish, tovush talaffuzini korreksiyalash. Shuningdek, har bir bosqichning maxsus vazifalari va o'ziga xos ish mazmuni aniqlanadi. Birinchi bosqichda olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy faollikni tarbiyalash, passiv va faol lug'atni shakllantirish. Dialog, sodda, katta bo'Imagan hikoya ustida ish olib boriladi. Nutqiy faoliyatning psixofiziologik asoslari va vaziyatli muloqotning birlamchi ko'nikmalari shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda lug'at va jumla tuzilishini murakkablashtirish asosida frazali nutqi shakllantiriladi. Gaplardan foydalanish ularni grammatik jihozlash, dialog va hikoya ustida ish olib boriladi. Uchinchi bosqichda mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi. Barcha bosqichlarda nutqiy faoliyatning hamma tomonlari shakllantiriladi. Bolalar amaliy mashqlar yordamida so'zlarni gapda bog'liqligini tushunishga va ularni nutqida to'g'ri qo'llashga o'rganadilar. Nutqiy uquvlarni shakllantirishda — morfologik, grammatik , fonematik um umlashmalar va qarama-qarsiliklar — mexanik mashqlarni yaqinlashtirmasdan, aloqalar, mazmunni anglash uchun analizga katta e’tibor qaratish, kuzatishga o‘rgatish, tahlil qilish va turli darajadagi nutq materialini umumlashtirish muhim.
Asta-sekin nutqda harakat, sifat, predmet va uning elementlarining xossalari, munosabat va aloqalarni belgilash yo‘li orqali nutqiy bayon qilishlaming intellektuallashuvi darajasi oshadi. Ko‘rgazmali vaziyatlarda bolalar tomonidan buyum, harakatlar ajratib olinadi va shu asosida so‘z shakllari taqqoslanadi, turli yangi gaplar tuziladi. Lug‘at bilan ishlashning turli usullaridan foydalaniladi: nutqiy va asl holidagi predmetlar, harakatlar, rasmlar, vaziyatlarni namoyishi. Lug'at bilan ishlashning ko‘rinishiari: predmetlarni harakatlarga mos tarzda tanlash (kim yuguryapti, uchayapti), butun qismlarini nomlash (eshik, chiroq, g‘ildirak). Bir o‘zakli so‘zlarni tanlash (bog‘-bog‘bon), ta’rif bo‘yicha predmetlarni topish antonim, sinonimlarni, kichraytirish-erkalash so‘zlar tarkibini tanlash. Mavzular o'yinchoqlar, mevalar, sabzavotlar va h. k. lug‘at egallash bilan birgalikda so'zning ma’lum grammatik shaklidan foydalanishni o‘rgatib boriladi (ko‘plik va birlik, shaxs va son). Predmetlar bilan harakatlarni bajara turib bolalar ularni nutqlashtiradilar: sut ichyapman, sutni idishga quyyapman va h.k.
Ularda savollarga javob berish va savol berish uquvi tarbiyalanadi. So‘z bo‘yicha gap o‘ylab topish, tayanch so‘zlar, seriyali rasmlar bo‘yicha gap tuzadilar, predm etlar haqida savollar va topishmoqlar tuzish, ikki yoki undan ortiq predmetlarni taqqoslab ta’rif berish uquvi shakllantiriladi. Javob variantlarining xilma-xilligi boyitiladi, bu so‘zga mos keluvchi muhim grammatik shaklni faol tanlashga yordam beradi, so'zga va nutq ifodalash vositalariga qiziqishni tarbiyalaydi. Grammatik malakalarni shakllantirishda turli ko‘rinishdagi mashqlardan foydalaniladi: so'z birikmalarini ko‘chirish, taqlid qiluvchi, almashtiruvchi va o‘zgaruvchi mashqlar. Bunday mashqlar kommunikativ xarakterga ega, ular muloqot jarayoniga yaqindirlar. Grammatik tuzilishni mustahkamlash uchun asta-sekin gaplarning turli modeli qayta ishlanadi: bosh kelishik va moslashtirilgan fe’l (Vali o ‘tiribdi); bosh kelishik, moslashtirilgan fe’l va to‘g‘ri qo‘shimcha (Bola kitob o ‘qiyapti); bosh kelishik, moslashgan fe’l va ikki bog‘liq kelishik (Ona qizchaga kitobni berdi — tushum va jo'nalish kelishigi) va h.k. Turgan gapki, bolaga grammatika bo‘yicha hech qanday ma’lum otlar berilmaydi, ish faqat birmuncha doimiy so‘z o ‘zgartirish, so‘z hosil qilish va gap tuzish modellari bilan amaliy tanishtirishni ko'zda tutadi. Istalgan grammatik kategoriya ustidan olib boriladigan umumiy ish tartibi quyidagicha: bola logoped ma’lum modelni qanday tuzyapganini ko‘radi va kuzatadi, so‘ng taqlid qiluvchi nutqiy faoliyatga kirishadi.
Bunda ajratilgan grammatik shaklni va bog'langan nutqdagi grammatik shaklni qo‘llaydi. Impressiv agrammatizm bartaraf etishda shaxsiy nutqdagi agrammatizm tekislanib boradi. Bolalar tom onidan grammatikani o‘zlashtirish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga egadir, chunki tushun chalarning shakllanishi mavhumlashtirish va umumlashtirishga olib keluvchi analiz va sintezning alohida shakllariga asoslanib amalga oshadi. Grammatik tushunchalar mavhumligi bilan xarakterlanadi, chunki oldinda alohida so'zlar va gaplar ko‘rinmay, ular asosida yotuvchi hosil bo'lish, uyg'unlashuv va o ‘zgarishlar ko'rinadi. Grammatik qurilishni egallash, Iug'atni boyitish va nutq birligi sifatida gaplarni amaliy o ‘zlashtirish bilan bir vaqtning o ‘zida olib boriladi.
Grammatik qurilishni o ‘zlashtirish — bu eshitish bo‘yicha differensatsiya (ajratish, qismlarga ajratish va birlashtirish) va nutqda ma’lum elementlar (qo‘shimchalar, ko‘makchilar va h.k. ) qachon va qanday foydalanilishi haqidagi nutqiy tasavvurlarni eslab qolish. Suhbatlar, predmet va harakatlarni kuzatishlar, o‘yinlar, verbal na'munalarga tayanish va hokazolardan foydalaniladi. Didaktik materiallar, pedagogning nutqiy materiallari, mashqlarni tashkil qilish, bolalar amaliy muloqotini rivojlantirish maqsadida qo‘llanuvchi maishiy vaziyatlami tanlash, o ‘yinda nutqiy muloqot va boshqalar nutq o'rgatish vositalari hisoblanadi. Olib boriladigan ishning asosiy vazifasi — bolada muloqot jarayoni va vositalarini shakllantirish. Shaxslararo muloqot — dialogdan sekinasta monolog nutqga o‘tiladi. Nutqiy muloqot tashabbusi asta-sekin logopeddan bolaga o‘tadi. Nutqiy amaliyot ongli farqlash, morfologik elementlarni ajratish, umumlashtirish va sintaktik konstruksiyalar bo'yicha ishlarda oldindan ta’minlanadi. Bola diqqati mazmun va jaranglashning o'zgarishiga qaratiladi: qo‘Ini sila—qo‘l bilan sila, qalamni chiz — qalam bilan chiz.
Gap ustida ishlashda asosiy fikr, mantiqiy urg‘u ajratiladi, uni o ‘rnini o‘zgartirish qo‘llanadi, vazifalar savol-javobni ko‘zlaydi, gaplarning tarqalishi va qayta qurilishini nazarda tutadi. Sinonim izatsiya usulidan foydalana turib boshqacharoq aytish, aynan bir fikrni boshqa til vositalari bilan ifodalash taklif qilinadi. Bunday mashqlar bolada nutq hissini tarbiyalaydi, lug‘at zaxirasi faollashuvini ta’minlaydi, grammatik-sintaktik modellarni mustahkamlaydi. Bog'langan nutq ustida olib boriladigan ish faoliyat motivini shakllantirish va bayon qilishning mukammal dasturini tashkil qilishdan boshlanadi. Bayon qilish rejasi sifatida sujetli rasmlar seriyasi, ramzlik, epizodlar yoki alohida predmetlar ifodalangan almashtiriluvchi rasmlardan foydalanadilar. Bolalar rasmlarni kerakli ketma-ketlikda qo'yib chiqadilar, alohida epizodlar bo'yicha berilgan savollat javob beradilar, tayanch so'zlar bo'yicha avval logoped yordamida, so'ng mustaqil hikoya tuzadilar. Mustaqil monologik nutq shakllanishida bolalarning yaxlit matnni ham, alohida gaplarni ham tuzish uquvi mustahkamlanadi. Alaliyali bolalarni savodga o'rgatish nisbatan erta boshlanadi, bu ularning nutqiy imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’qilgan va yozilgan material ko'proq mustahkamlanadi, nutqiy faoliyat shakllanishi ta’minlanadi. Savodga o'rgatish, so'z va iboralarning tuzilishini o'zlashtirishda bolaga yaqindan yordam beradi. U o'qish va yozish orqali o'z nutqini nazorat qiladi va tuzatib boradi. Bunday bolalarni savodga o ‘rgatish uzoq muddatni va maxsus usullar qo'llanilishini talab etadi. Yozma nutqni egallashda ikkilamchi disgrafiya va disleksiya yuzaga keladi. Maktab yoshidagi alaliyali bolalar uchun og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalar uchun mo‘ljallangan maktablar sharoitida amalga oshiriladigan, maxsus tashkil etilgan ta ’lim shakli talab qilinadi. O‘quvchilarni ona tiliga o ‘rgatish maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Maxsus maktablarda bolalarni o'qitish va tarbiyalash ta’minlanadi, xususan, nutq rivojlanishida chuqur orqada qolish ularning og‘zaki muloqotini chegaralaydi va bilim asoslarini egallashda jiddiy to ‘siq hosil qiladi. Nutq rivojlanmaganligining yengil darajasida bolalar ta’lim olishlari m um kin, xususan, ommaviy maktablarda m a’lum qiyinchiliklar bilan va parallel ravishda logopedik punktda shug'ullanishlari mumkin. Logopedik mashg‘ulotlarda bolalar nutqi rivojlanishi orasidagi uzilishlar to'ldiriladi, ular nutqining muloqot va umumlashtiruvchi funksiyalarining takomillashuvi ustida ish olib boriladi. Modomiki, ayrim o'quvchilarda o'qishdagi qiyinchiliklar va omadsiz vaziyatlar tufayli ayrim hollarda o‘qishga nisbatan salbiy munosabat yuzaga kelar ekan, logopedik mashg‘ulotlarda ularning bilish faolligini va o‘qish faoliyatini rivojlantirish rag‘batlantiriladi. Bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlash maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va tibbiy muassasalar tom onidan amalga oshiriladi. Har bir muassasada bolalar nutqini shakllam tirishga yo‘naltirilgan, tibbiy-pedagogik xodimlaming kelishilgan ishi olib boriladi, yagona nutqiy tartib o'matiladi. Tarbiyachilar logopedik ishga tayyorgarlik olib boradilar yoki uni mustahkamlaydilar (tushunchalarni shakllantirish, lug‘atni boyitish, nutqiy muomalani rivojlantirish va aniqlash, bog‘langan nutqni rivojlantirish va h.k. ).
Bolalar logopedik mashg‘ulotlarda deyarli so‘z hosil qilish va so‘z o‘zgartirish namunalarini, gap va bog‘langan matn tuzishni egallab oladilar, ularda fonematik idrok va tovush tahlili shakllanadi. Ko‘pgina alaliyali bolalar birinchi yordamni bolalar poliklinikasi va psixonevrologik dispanserlarning logopedlaridan oladilar. Birmuncha og‘ir bolalarni nutqga o‘rgatish statsionar sharoitida muvaffaqiyatli olib boriladi. Bu yerda yaxlit tibbiy-psixologo-pedagogik tadbirlar kompleksini maqsadga muvofiq amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bu tadbirlar alaliyali bolalar shaxsi va nutqi rivojlanishiga, logoped, tarbiyachi, shifokor ishida aloqani ta’minlashga yo‘naltirilgan. Logopedik ishlar bolani sistemali ravishda maxsus davolash ishlari olib borilganda samarali hisoblanadi. Bunday bolalar nutqi rivojlanishining kuchli manbayi, ularning normal gapiruvchi odam lar bilan muloqoti hisoblanadi. Muloqot yagona omil hisoblanmasa ham , bolalarning bilish imkoniyatlari va muloqot faolligining yuqori rivojlanishi asosidagi muloqot jarayonida nutq shakllanishi birm uncha samarali bo'liad i. Ish asosan guruhlarda amalga oshiriladi, bbunda bolalar taqlidchanligidan foydalaniladi, emotsional muhit yaratiladi, bolalarda jam oatchilik ishi malakasi shakllanadi, bu oldinda turgan maktab ta ’limi va ijtimoiy adaptatsiya uchun muhimdir. Bolalarning shaxsiy va nutqiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda ish individual tuziladi. Ishning differensirlashgan usullari korreksion ta ’sirni birm uncha natijali qiladi. Bolalar, hatto , bir-biriga nisbatan bir xildagi ta’lim -tarbiya sharoitlarida ham nutqiy malakalarni notekis egallaydilar. Turli bolalarda nutqiy materialni o‘zlashtirishning notekis tempi aniqlangan. Mualliflar alaliyani bartaraf etishning turli xil muddatlarini aytadilar: ayrimlar bir necha oyni yetarli deb hisoblaydilar (Libm ann, 1924), boshqalar ish yillar davomida olib borilishi kerak va kechishi belgilanmagan deb taxmin qiladilar (M.V. Bogdanov-Berezovskiy, 1909). V. K. Orfinskaya va L.V. Melexova fikricha, ishni boshlash va davomiyligi muddati masalasi har bir holatda alohida hal qilinishi lozim, bunda nutqiy rivojlanmaganlik xarakteri va darajasidan, bolaning individual xususiyatlari va boshqa omillardan kelib chiqiladi. 3—4 yoshlar ish boshlash uchun qulay hisoblanadi. Bunda, bolada bilimlarga intilish paydo bo'ladi va bu ishda faollik, onglilik, qiziquvchanlik, tanqidchilik uchun muhimdir. Alaliyada ijobiy dinamika quyidagi omillami hisobga olganda namoyon bo'ladi: nuqsonni erta aniqlash, ikkilamchi buzilishlarning o‘z vaqtida oldini olish, me’yordagi ontogenezni hisobga olish, nutqning barcha tarkibiy qismlariga sistemali ta ’sir etish, bolalarga differensial yondashish, sensor — intellektual va effektiv — iroda sohasiga ta ’sir etish bilan birga nutqni shakllantirish, nutqiy jarayonlar, tafakkur va bilim faolligini shakllantirishning bir butunligi als etadi.


Yüklə 168,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə