|
May 21 st 2022 215 mavzu: rаqаmli iqtisodiyotni rivojlаntirish omillаri rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'liInternational Conference on Developments in EducationInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
May 21
st
2022
219
Oʼnlab yillar davom etadigan oʼzgarishlar epidemiya taʼsiri tufayli bir yil ichida sodir boʼldi. Masalan,
Shveytsariya Markaziy banki «blokcheyn» texnologiyasiga ega elektron kronni bozorga olib chiqdi. Bagama
Markaziy banki ayni shu dasturni 2020 yilning oktyabr oyida joriy qilgan edi. Shuningdek, dunyodagi eng
yetakchi iqtisodiyotga ega davlatlardan biri boʼlgan Xitoy Markaziy banki moliya bozorlariga raqamli valyuta
chiqarishga hozirlik koʼrmoqda. Mazkur jarayon 2035 yilgacha yakunlanishi kutilmoqda. Koronavirus
sogʼliqni saqlash sohasida va iqtisodiyotda misli koʼrilmagan darajada va miqyosda inqirozni keltirib chiqardi,
karantinga oid taʼqiqlar va chegaralarning yopilishi iqtisodiy faoliyatni toʼxtatib qoʼydi va dunyo boʼylab
millionlab ishchilar ishsiz qoldi. 2020 yilda 34,3 million kishi oʼta qashshoqlik chegarasiga tushib qolishi
mumkinligi prognoz qilingan edi. Аfrika mamlakatlarida ushbu koʼrsatgich 56 foizga oʼsishi taʼkidlandi.
Pandemiya oqibatida, 2030 yilga qadar oʼta qashshoqlikda yashaydigan odamlar qatoriga yana 130 million
kishi qoʼshilishi ehtimoli ham kutilmoqda. Maʼlum boʼlishicha, dunyo mamlakatlari hukumatlari mazkur
iqtisodiy inqirozni minimallashtirish uchun dunyo yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foiziga teng katta
moliyaviy choralarni amalga oshiradi [4]. Аyni paytda «jahon iqtisodiyoti globallashuvi»ning mohiyatini
anglab yetish, uning alohida mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga koʼrsatadigan taʼsirini aniqlash va uning
ijobiy hamda salbiy jihatlariga milliy xoʼjaliklar «immuniteti»ni taʼminlash masalalari tobora dolzarb
ahamiyat kasb etayotganligini ham alohida taʼkidlash zarur.
Xulosa
Hozir butun dunyo boʼylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT vositalaridan
foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi boʼlgan kompaniyalarga kuchli
raqobat tugʼdirmoqda. Prognozlarga koʼra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano
va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bogʼliq boʼlishi kutilmoqda. Shu
munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot koʼlami ham ortib boradi, ishlab
chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy oʼzgarishlarni
boshdan kechiradi. Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yoʼliga bosqichma-bosqich chiqish
uchun asosiy shart va omillar sifatida koʼrsatilmoqda:
• axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal
xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar
kontseptsiyalarini tatbiq etish;
• yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz
avtomobillar va boshqalar singari);
• oʼziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik
uylarni barpo etishga oid gʼoyalarni amalga oshirish;
• autsorsing, oʼzini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil
shakllarini keng targʼib qilish;
• muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat
qiladigan professional tarmoqlarni yaratish.
Yuqoridagilarning barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va elektron xizmatlar
integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi.
Birinchi galda bu masala xizmatlar buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish,
kontragentlarni tanlash, elektron savdoni yuritish, toʼlovlar va boshqalarga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|