Mazkur o‘quv dasturi doirasida talabalar O‘zbekistonda va jahonda sport


-Mavzu: O‘yin taktikasini qismlarga bo‘lib takomillashtirish



Yüklə 384,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix30.05.2023
ölçüsü384,95 Kb.
#114435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qul

8-Mavzu: O‘yin taktikasini qismlarga bo‘lib takomillashtirish. 
Tayyorgarlikning maqsad va vazifalari. Taktik jihatdan tayyorlashning uslub 
va vositalari. Taktik tayyorgarlikning bosqichlari. O’yin taktikasiga yakka, guruh 
va jamoa taktik harakatlariga takomillashtirish va uni takomillashtirishga 
qaratilgan taktik tayyorgarlik mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish 
uslubiyati. Malakalar taktikasini mukamallashtiruvchi, barqarorlashtiruvchi omillar 
va shartsharoitlar. Malakalar taktikasiga takomillashtirish va uni takomillashtirish 
jarayonining psixofiziologik asoslari. Mashg’ulot jarayonining har xil bosqich va 
davrlarida taktik tayyorgarlikning mohiyati va mazmuni. 
9-Mavzu:
Yakka, guruh va jamoa taktik harakatlariga
takomillashtirish uslubiyati. 
Yakka, guruh va jamoaning taktik harakatlari musobaqa jarayonining o’rta 
ahamiyatli tarkibiy qismidir. Hujum va himoyada yakka, guruh, jamoa taktik 
harakatlari va ularga takomillashtirish tartibi. 
10-Mavzu: O‘yin texnikasini takomillashtirish.
Texnika to‘g‘risida umumiy tushuncha. O‘yin texnikasi bilan jismoniy 
tayyorgarlikning o‘zaro bog‘liqligi. Texnik usullarni takomillashtirish jarayonini 
boshqarish va texnikani samaradorligini belgilovchi omillar. 
11-Mavzu: Darvozabon o‘yin texnikasi va taktikasini 
takomillashtirish. 
 
Darvozabonning darvozada turish holati. Darvozabonning siljish harakatlari. 
To’pni ilish texnikasi. To’pni uzatish texnikasi. Darvozabonning harakat 
reaksiyasini 
rivojlantirish. 
Darvozabonning 
taktik 
harakat 
malakalarini 
rivojlantirish. 
12-Mavzu: O‘yin taktikasi. Xujum va himoyadagi individual taktika 
harakatlarini takomillashtirish. 
 
Taktika o’yinning asosi, uning mazmuni sifatida. O’yin strategiyasi, uslubi, 
ritmi, sur’ati, o’ziga xos usullari to’g’risidagi umumiy tushunchalar.
 
Texnik-taktik 


mahorat. Ratsional taktika alomatlari. Taktik tafakkur va uning nimalardan tashkil 
topishi: axborotni tez idrok etish va miyada zudlik bilan ishlab chiqish 
qobiliyatiga, raqib harakatlarini bashorat qilib oldindan bilib olish mahorati, taktik 
qarorlarning optimal variantlarini topa olish.
Mohirona taktika - muvaffakiyat garovi. Xujum va himoyada kurash o’yin 
taktikasini rivojlantirishni harakatga keltiruvchi asosiy kuch. Evropa va osiyo 
gandbolchilari o’yin taktikasining tipik belgilari.
Xujum taktikasi. Xujum vaqtidagi harakatlar - individual, guruh hamda butun 
jamoa bilan bajariladigan harakatlar. Xujum vaktidagi individual taktika.
To’psiz qilinadigan harakatlar: ochiq maydonga chiqish, raqibni chalg’itish, 
son jihatdan ustunlik vaziyatini vujudga keltirish. To’p bilan qilinadigan harakatlar 
(tayyorgarlik, to’pni olib yurish, to’p bilan raqibni aylanib o’tish, fint qilish, ya’ni 
raqibni aldab o’tish, to’pni sherikka uzatish, darvozaga otish).
Himoya taktikasi. Raqiblar xujumini qaytarib, uni neytrallashtirish himoyada 
ko’rsatiladigan o’yinning butun jamoa bilan bajariladigan usuli. Individual taktik 
pozitsiya tanlash - bu himoyada muvaffakiyatli harakat qilishning asosi. To’p bilan 
va to’psiz kelaetgan qarshi qo’llaniladigan harakatlar. Sheriklarni straxovka qilish. 
Darvozaga otilgan to’pga yuqoridan, pastdan, yondan to’siq qo’yish, oldinga 
chiqish va hokazo.

Yüklə 384,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə