Mazkur o‘quv dasturi doirasida talabalar O‘zbekistonda va jahonda sport



Yüklə 384,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix30.05.2023
ölçüsü384,95 Kb.
#114435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qul

borish usuliyati. 
Tayyorgarlikning maqsadi va vazifalari. Umumiy va maxsus jismoniy 
tayyorgarlik. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda kuch va tezlik qobiliyatini, 
umumiy va tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik, epchillik va chaqqonlik sifatlarini 
takomillashtirishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazish. 
18-Mavzu: Texnik usullarni takomillashtirib borish usuliyati. 
 
Turli daraja va shakldagi gandbolchilarning o’yinlar o’tkazish yo’li bilan 
uyushtiriladigan texnik tayyorgarlik xususiyatlari.
O’zbek gandbolchilari o’yin texnikasini yanada takomillashtirishning asosiy 
vazifalari va yo’llari. Texnik usullarni takomillashtirish uchun o’quv 
mashg’ulotlarini tashkil etish. 
19-Mavzu: Taktik usullarni takomillashtirib borish usuliyati.
Ratsional tarzda qo’llaniladigan taktikaning alomatlari va shartlari. Taktik 
tafakkur va uning tarkibiy qismlari: axborotlarni tezda idrok etib, ularni baholay 
olish va qayta ishlab chiqish qobiliyati, raqibning harakatlarini bashorat qilib
oldindan bila olish, taktik qarorlar va taktik mahoratning optimal variantlarini topa 
bilish salohiyati. Taktika samaradorligini baholash. O’zbek va chet el 
jamoalarining taktikasi. O’yin taktikasining yanada takomillashtirish yo’llari. 
Taktik usullarni takomillashtirish uchun o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va 
o’tkazish.

20-Mavzu: O‘yin tayyorgarligi.
O’quv mashg’ulot jarayonida o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni 
o’quv mashg’ulot o’yinlarida qo’llash. O’rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish va 
o’tkazish. Musobaqalarda ishtirok etish.
21-Mavzu:
Psixologik tayyorgarlik. 
Sport mahoratini vujudga kelishida va uni takomillashuvida ruhiy sifatlarning 
(xotira, diqqat, hissiyot, tafakkur, iroda, ong va h.) o’rni va ahamiyati. Sezish va 
his qilish tuyg’ulari.
Ko’rish doirasining hajmi: ko’rish “o’tkir” ligi va “chuqur” ligi; ko’z bilan 
uzoq-yaqinni chamalash aniqligi; harakatni his qilish; sport turiga xos maxsus 
hissiyotlar va h. Harakatlarni idrok qilish. Sportchilar faoliyatida tafakkurni o’rni. 
Emotsional holatlarni tafsiloti. Irodaviy sifatlar va ularni izohi. Jamoali sport 


turlariga mansub bo’lgan sportchilar faoliyatining mashg’ulot va musobaqalarda 
o’zaro psixologik xususiyatlari.
Musobaqalarda qatnashishda shug’ullanuvchilar ruhiy holatini va irodaviy 
sifatlarini mukammallashtiruvchi (mustahkamlovchi) zaruriy shartlar. 

Yüklə 384,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə