Mehmondostlik xizmatlarini korsatuvchi mexmonhona korhonalarning tashkiliy tizimi Reja: I. Kirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/12
tarix22.03.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mehmondostlik xizmatlarini korsatuvchi mexmonhona korhonalarning tashkiliy tizimi

M.Q.Pardayev, J.I.Isroilov

Raqobat maydoni - u halol-pokiza yashash, g‘alaba qilish uchun kurash maydonidir. Bu maydonda har bir tadbir-kor raqibining, ya’ni raqobatchining sha’niga, nufuziga tegmagan holda o‘zining tovari (ish, xizmati)ni haridorgir qilib o‘z iqtisodiyotini tiklab, tovarining ham,
o‘zining ham raqobatbardoshligini ta’minlashga erishmog‘i lozim.

E.N.Xodjayev, R.T.Yunusova, E.Radjabov, M.To‘raqulov, I.Olloyorov, Y.Abdullayev, Sh.Musayeva, B.Abdukarimov

Raqobat g‘oliblar va yengilganlarning o‘zaro musobaqasi shakli bo‘lib, u bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o‘rtasida ro‘y beradi...bu esa ular orasida qarama-qarshilik paydo bo‘lishiga, ishbilarmonlarning o‘z oldiga qo‘ygan vazi-fasiga boshqalar manfaatiga zarar yetkazmagan holda erishishga olib keladi.

Mamlakatimiz va xorij iqtisodchi olimlarning fikrlari tahlil qilinib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: “raqobat” - bu iste’molchilar manfaati uchun zaruriy bozor elementi bo‘lib, uni o‘rganish bozorda o‘tkaziladigan tadqiqotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki bu tadqiqotlar mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini boshqarishni tashkil etishda asos bo‘ladigan strategiya va taktikani ishlab chiqish, texnik daraja va sifatni oshirishda to‘g‘ri yo‘l tanlash masalalarini hal qilishga yordam beradi.


Mehmonxona xizmatlarining raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari
“Raqobatbardoshlik” raqobatning natijaviy mahsuli bo‘lib, iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda mehmonxona sohasida tezda va qisqa muddatlarda yuzaga keladi. Shuning
uchun, mehmonxona sohasida raqobatdan cho‘chimaslik, ikkilanmaslik talab qilinadi, chunki birinchidan, turizm bozoridagi raqobat natijalari bo‘yicha qisqa vaqtda bo‘lajak rejaning maqsadi va vazifasini belgilab olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, mehmonxonadagi xizmatlar sifatini iqtisodiyotning moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohalariga tenglashtirganda qisqa vaqtda yaxshilash, oshirish mumkin. Shuningdek, yangi turistik xizmatlarning reklamasini ham tezlikda turizm bozoriga taklif qilish imkoniyatlari ham mavjud bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy muvaffaqiyati ularning qanchalik raqobat qonuni va uning ko‘rinishlarini o‘rganganlari, raqobat kurashiga tayyor ekanliklariga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirda “raqobatbardoshlik” atamasi ishlab chiqaruvchilar, xususan xizmat ko‘rsatuvchilar, tadbirkorlar orasida kam ishlatilmoqda. Bu ichki bozorda raqobat darajasining pastligidan va xizmat ko‘rsatishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ulushi kamligini bildiradi. O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotida bosqichma-bosqich integrallashuvi korxonalar raqobatbardoshligini oshirish muammosining dolzarbligini belgilamoqda. Hozirgi paytda “raqobatbardoshlik” mohiyatini chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini ko‘rib chiqamiz (2.3-jadval):
2.2- jadval. Raqobatbardoshlik atamasiga turli mualliflarning ta’riflari




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə