Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

4. Axborot texnologiyasi 
Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari 
axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot 
texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga 
tayanadi.
Inson turli a’zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok 
etadi, xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Umuman, insonning kundalik 
hayoti va faoliyati turli xil axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish 
bilan bog‘liq. Hozirgi kunda axborotni qayta ishlovchi universal vosita sifatida 
kompyuterlar xizmat qilmoqda. Ushbu ishlarni kompyuterda amalga oshirish 
uchun axborot texnologiyalari qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyasi
(AT) – bu obyekt, jarayon yoki hodisaning holati 
haqida yangi sifat axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va 
uzatish 
vosita 
va 
uslublari 
jamlanmasidan 
foydalanadigan 
jarayondir.


57 
“Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda (Toshkent sh., 2003 yil 11 dekabr) esa 
“Axborot texnologiyasi –axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va 
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
jarayonlar”, – deb ta’rif berilgan. Bu ikkala ta’rifning bir-biridan deyarli farqi 
yo‘qdir.
Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini 
qamrab olgan, uning rivojlanish bosqichlari hisoblash texnikasi rivojlanish 
bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir.

Ma’lumki, turli texnologiyalarni moddiy zaxiralarga qo

llab, turli mahsulotlarni 
olish mumkin. Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun texnologiya komponentlari 
Moddiy 
Axborot 
Xom-ashyo 
va 
materiallarni 
tayyorlash 
Ma’lumotlar yoki boshlang

ich axborotni 
yig

ish 
Moddiy 
mahsulotni 
ishlab 
chiqarish 
Ma’lumotlarni qayta ishlash va sernatija 
axborot olish 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
iste’molchilarga sotish 
Sernatija axborotni uning asosida qarorlar 
qabul qilish uchun foydalanuvchiga uzatish 
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot zaxiralaridan foydalanishning eng 
muhim jarayonlaridan biridir. 
3-rasm.
 
Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash 
texnologiyasi analogi sifatida
.
Hozirgi paytga kelib, u bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o

tdi, ulardan 
har birining almashinuvi asosan fan-texnika rivojlanishi, axborotni qayta 
ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo

lishi bilan belgilanadi. Hozirgi 
jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyalarining asosiy texnik vositasi bo

lib 
shaxsiy kompyuter xizmat qilyapti, u texnologik jarayonlar konsepsiyasini ko

rish 
va undan foydalanishga ham, sernatija axborot tizimiga ham muhim ta’sir 
Moddiy ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi 
Axborot 
texnologiyasi 
Moddiy
zahiralar 
Mah-
sulot 
Ma’lu-
motlar 
Axborot 
mahsuloti 


58 
ko

rsatadi. Shaxsiy kompyuterning axborot sohasiga tadbiq etilishi va aloqaning 
telekommunikasiya 
vositalarida 
qo

llanilishi 
axborot 
texnologiyalari 
rivojlanishida, buning natijasida «yangi», «kompyuterli», yoki «zamonaviy» 
sinonimlaridan birini qo

shish hisobiga nomining o

zgarishida yangi bosqichni 
belgilab berdi. 
4-rasmda ajratib ko

rsatilgan narsa ma’lum ma’noda shartlidir, chunki bu 
zamonaviy ATlardan ko

pi axborotning boshqa turlarini ham qo

llab-
quvvatlashga imkon beradi. Jumladan, matnli prosessorlarda sodda hisob-
kitoblarni bajarish imkoniyati ko

zda tutilgan, jadvalli prosessorlar nafaqat 
raqamli, balki matnli axborotni ham qayta ishlashi mumkin, shuningdek grafika 
generasiyasining maxsus apparatiga ega. Biroq har bitta bunday texnologiyalar 
bari bir ko

p jihatdan muayyan turdagi axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan. 
4-rasm.
 
Qayta ishlanadigan axborot tipiga bog

liq holdagi zamonaviy AT 
tasnifi 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə