Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

Axborot jamiyatning
moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi 
va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari 
asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
5. Turizmda axborot texnologiyalarining tasnifi. 
Avvallari turizmda axborot texnologiyalardan faqat ommoviy axborot 
vositalari hisoblangan radio va televediniyadan foydalanar edi. Endilikda 
kompyuter elektron hisoblash vositalari har xil axborot uzatish (internet GDS, 
CRS, E-mail) va qabul qilish texnologiyalarning rivojlanishi natijasida turizmga 
aloqador barcha tarmoqlar birlashadi. Natijada axborot texnologiyasidan 
foydalanish yuksak darajaga chiqib hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi. 
Banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa kredit institutlari bilan turizm 
industriyasi o‘rtasidagi aloqalar sifat jihatidan yangi pog‘onaga chiqadi. 
Zamonaviy turizmi undustriyasida olib borilayitgan faoliyatni kompyutersiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois turistik biznesning rivojlanishida axborot 
texnologiyalarni ta’siri juda yuqori. Turistik mahsulotni yaratishdagi faoliyatning 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, masalan, juda qisqa vaqt ichida bo‘sh transport 
vositalari haqida ma’lumot olish, mehmonxonadan nomerlarni tezkor bronlash, shu 
bilan birga turistik xizmatlarni rasmiylashtirish ishlarini avtomatlashtirish.


61 
Turizmda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari asosida yaratilgan axborot 
tizimlarini, ularning funksional imkoniyatlaridan kelibchiqqan holda quyidagilarga 
ajratish mumkin: 
-
Bronlash va bandlash tizimlari; 
-
Turistik virtual olam; 
-
Boshqaruv tizimlari ( masalan, moliyaviy menejment dasturiy ilovalari); 
-
Elektron tijorat; 
-
Geoaxborot tizimlari; 
-
Mehmonxonani boshqaruvidagi tizimlar; 
-
Internet doirasida turistik biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar; 
Hozirgi kunda yirik havo yo‘llari kompaniyalari kompyuterli band qilish 
tizimlariga 
(Galileo, 
Amadeus, 
Sabre, 
Worldspan 
va 
boshqalar) 
va 
kommunikatsiya tarmoqlariga egadirlar. Yirik turoperatorlar uchun turistik 
marshrutlarni tashkil qilish va funksional vazifalarni amalga oshirish uchun 
maxsus kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan. Sayyohlik agentliklari ham boshqa 
agentliklariga, havo yo‘llarining terminlariga va turoperatorlarning kompyuter 
tarmoqlariga bevosita bog‘langandir. 
Ko‘pgina mehmonxona guruhlari 
ham
investitsiya va menejment 
faoliyatlarida axborot texnologiyalaridan foydalanishmoqda. 
Turizm industriyasidagi har bir tarmoq hisob – kitob operatsiyalari bo‘yicha 
qarz kartochkalarini nazorat qiluvchi banklarning kompyuter tizimlariga va 
avtomatik to‘lov vositalariga bog‘langandir. Kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanuvchi turizm kompaniyalari va turizmdan tashqari moliya, bank sug‘urta 
kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro milliy va xalqaro darajadagi aloqalar yo‘lga 
qo‘yiladi. 
Axborot texnologiyasidan foydalanuvchi turizm tashkilotlari har qanday 
iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘ladi. O‘z vaqtida qo‘lga kiritgan 
ma’lumot band qilish va operatsion ishlarni amalga oshirishida keng qo‘llaniladi. 
Kompyuterli band qilish texnologiyalari potensial turist bilan turistik mahsulot 


62 
sotuvchi tashkilotlarni kommunikatsiya va axborot tizimi orqali uchrashtiradi. 
Kompyuter ekrani turistik mahsulotlarning narxini belgilovchi birja va sotuvchi 
vazifasini o‘taydi. Turistik mahsulot va xizmat taklif qiluvchi tarmoqlar, banklar, 
moliya tashkilotlari, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalari birjani 
tashkil qiladi. Turistik kompaniyalarni band qilish tizimlari birja markazida 
bog‘lanadi. Bank sug‘urta moliya tashkilotlari va kommunikatsiya tizimlari o‘z 
navbatida birjaning makazi va bu tizimning marketing tashkiloti hisoblanadi. 
Turizm birjasi esa kompyuterning ekrani va son ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ladi.
Yangi turizm industriyasining tarkibidagi bozor va birja ma’lumotlari 
qo‘yidagilardan tashkil topgan: 

Turizm markazlari va manzillari. 

Sayohat turlari va dasturlari. 

Havo yo‘llari transporti va uchish alternativlari. 

Mehmonxona va boshqa joylashuv imkoniyatlari. 

Har xil kema transportlari avtomobil ijarasi.

Dam olish xizmatlari, turlari va narxlari. 
Birja tizimiga bog‘langan va a’zo bo‘lgan firmalar hamda potensial turistlar 
barcha kerakli ma’lumotlarni kompyuter ekranida ko‘rish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Bunday birja turli xil tarmoqlar va mamlakatlar iqtisodiyotining global 
tarzda birlashuvi natijasida vujudga keladi.
Xalqaro birjada turist yuboruvchi va qabul qiluvchi markazlar o‘zaro 
aloqalarini axborot tizimlari orqali amalga oshiradilar. Bank va moliya tashkilotlari 
ma’lumotlar manbayi bo‘lgani uchun band qilish tizimlariga bog‘lanib birjaning 
markaziy tashkiloti hisoblanadi. Markazga bog‘liq har bir tashkilot: mehmonxona 
guruhlari turoperatorlar, sayohat agentliklari, havo yo‘li kompaniyalari, 
avtomobillarni ijariaga beruvchi tashkilotlar sotishga taklif qilgan mahsulotlarining 
narxlarini o‘ziga xos xususiyatlarini qabul qilish hamda jo‘natish vaqti va soati 
haqidagi barcha ma’lumotlarni markazga yuborib turishadi. Mazkur qarz 
kartochkalari va bankamatlar orqali birja markaziga kelib tushadigan to‘lovlardan 
har bir mijoz uchun servis haqini oladi. Bundan tashqari, mahsulotni sotib olingan 


63 
firmalarga to‘lov to‘langanda o‘zining kommision haqini ham ushlab qoladi. 
Bunday faoliyatining eng muhim tomoni shundaki, birja tizimini bank yoki moliya 
tashkiloti bajaradi. Bu esa, ko‘pgina turizm kompaniyalari uchun juda qo‘l keldi. 
Chunki tijorat operatsiyalarini amalga oshiruvchi har qanday tashkilot bank yoki 
moliya tashkilotlarisiz faoliyat yurita olmaydi. Natijada markaz yuksak daromad 
manbaiga ega bo‘ladi. Turizmda banklariga bog‘liq birja markazining yaratilishi va 
transmilliy kompaniyalarining birjaga a’zo yoki ta’sischi sifatida kirishi turizm 
industriyasining imkoniyatlarini kengaytirib yoki ta’sischi sifatida kirishi turizm 
industriyasining imkoniyatlarini kengaytirib, turizmda globallashuv jarayonini 
tezlashtiradi. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə