28
sohasidagi zamonaviy biznes aloqa
kanallari va vositalariga, axborotlarni uzatish
va qabul qilishdagi sifat ko‘rsatkichlariga jiddiy qaraydi. Bu borada axborotni
uzatish tezligi va uning xavfsizligi hozirgi kunda muhim omillardan hisoblanadi.
Shu bois kompyuter texnologiyalaridan unumli
foydalanilgan holda biznes
natijalari samarali bo‘ladi, ya’ni bundagi yutuqlar axborot texnologiyalarining
imkoniyatlaridan foydalanish darajasini belgilab qo‘yiladi.
Axborot
xizmati
turizm
infratuzilmasida
turistlarga
ham,
uning
tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda
sayohat vaqtida o‘zi boradigan joy haqida o‘sha
mamlakat yoki boradigan
hududning qonun-qoidalari, odatlari, mehmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha
ma’lumotlarga,
shuningdek, o‘sha joyning xaritasiga, transport magistrallari
sxemasiga muhtoj bo‘ladi. Sayohat va turistlarning
sarguzashtlari haqidagi
ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat
turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish
qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning muhim
bir jihatidir. Hozirgi zamon turistining Internet, faks va boshqa zamonaviy texnika
vositalaridan foydalanishiga talab turizm infratuzilmasining qay darajada
ekanligidan yana bir nishonadir.
Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan,
turistik xizmatlar, turistik markazlar haqidagi ma’lumotlar
joylashgan millionlab
saytlarga ega bo‘lgan Internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistik agentliklarni
tanlash, hattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham
oldindan tayinlab qo‘yishi mumkin.